Kriptotizimlarga qo’yilgan talablar




Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/30
Sana20.12.2023
Hajmi1,18 Mb.
#124517
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30
Bog'liq
Muxammadaliyev Oyatillo Tezis, Yil ayoli ma\'lumot
Kriptotizimlarga qo’yilgan talablar 
 
Ma’lumotlarni kriptografik akslantirish jarayoni dasturiy va apparatli amalga 
oshirilishi mumkin. Apparatli ta’minot qimmat, ammo u sermahsullik, oddiylik
himoyalanganlik kabi afzalliklarga ega. Dasturiy ta’minot foydalanishga qulayligi 
uchun ko’proq amaliy hisoblanadi. 
Amalga oshirish usullariga bog’liq bo’lmagan holda axborotni himoyalashning 
zamonaviy kriptografik tizimlariga quyidagi umumiy talablar qo’yiladi: 

shifrlash algoritmini bilish shifrmatn kriptobardoshliligini tushirib yubormasligi 
lozim. Barcha kriptotizimlar bu talabga javob berishi kerak; 

shifrlangan xabarning biror qismi va unga mos ochiq matn asosida kalitni 
aniqlash uchun zarur bo’lgan amallar soni mumkin bo’lgan umumiy kalitlarga 
sarflanadigan amallar sonidan kam bo’lmasligi kerak; 

shifrlangan matndan ochiq matnni hosil qilish uchun mumkin bo’lgan kalitlar 
to’plamini to’la ko’rib chiqish amallari soni qat’iy past ko’rsatkichga ega bo’lishi 
va zamonaviy kompyuterlar imkoniyatlari chegarasidan chiqib ketishi kerak; 

shifrlash algoritmini bilish himoyaga ta’sir qilmasligi kerak; 

kalitdagi yoki boshlang’ich ochiq matndagi kichik o’zgarishlar shifrlangan 
matnni tubdan o’zgartirib yuborishi kerak; 

shifrlash algoritmining tarkibiy elementlari o’zgarmas bo’lishi lozim; 

shifrlash jarayonida qo’shilgan qo’shimcha bitlar shifrmatnda bir butunligini 
saqlashi va yetarlicha yashirilgan bo’lishi talab etiladi; 

shifrmatn uzunligi ochiq matn uzunligiga teng bo’lishi kerak; 

shifrlash jarayonida ketma-ket qo’llaniladigan kalitlar o’rtasida o’zaro oddiy va 
oson bog’liqlik bo’lmasligi kerak; 

mumkin bo’lgan kalitlar to’plamidagi ixtiyoriy kalit, shifrmatnning 
kriptobardoshliligini ta’minlashi kerak; 

algoritm ham dasturiy, ham apparatli realizatsiyaga qulay, va kalit uzunligining 
o’zgarishi, shifrlash algoritmining sifatini pasaytirmasligi kerak. 


- 23 - 

Download 1,18 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30




Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish