|
Axborotni himoyalashning texnik usullari va vositalari
|
bet | 4/4 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 0,63 Mb. | | #159238 |
Bog'liq AHTU 1-amaliyapellyatsiya qilishlik — yetarlicha murakkab kategoriya, lekin elektron biznesda keng qoʻllaniladi. Kerak boʻlganda xabarning muallifi kimligini isbotlash mumkinligi kafolati. Yuqoridagidek, axborot tizimiga nisbatan quyidagicha tasnifni keltirish mumkin:
ishonchlilik — tizim meyoriy va g‗ayri tabiiy xollarda rejalashtirilganidek oʻzini tutishlik kafolati;
aniqlilik — hamma buyruqlarni aniq va toʻliq bajarish kafolati;
tizimga kirishni nazorat qilish — turli shaxs guruhlari axborot manbalariga har xil kirishga egaligi va bunday kirishga cheklashlar doim bajarilishlik kafolati;
nazorat qilinishi — istalgan paytda dastur majmuasining xoxlagan qismini toʻliq tekshirish mumkinligi kafolati; identifikatsiyalashni nazorat qilish — hozir tizimga ulangan mijoz aniq oʻzini kim deb atagan boʻlsa, aniq oʻsha ekanligining kafolati;
qasddan buzilishlarga toʻsqinlik — oldindan kelishilgan me‘yorlar chegarasida qasddan xato kiritilgan ma‘lumotlarga nisbatan tizimning oldindan 21 kelishilgan xolda oʻzini tutishi.
Axborotni himoyalashning maqsadlari quyidagilardan iborat:
- axborotning kelishuvsiz chiqib ketishi, oʻg‗irlanishi, yoʻqotilishi, oʻzgar-tirilishi, soxtalashtirilishlarning oldini olish;
- shaxs, jamiyat, davlat xavfsizliligiga boʻlgan xavf – xatarning oldini olish; - axborotni yuq qilish, oʻzgartirish, soxtalashtirish, nusxa koʻchirish, toʻsiqlash boʻyicha ruxsat etilmagan harakatlarning oldini olish;
- hujjatlashtirilgan axborotning miqdori sifatida huquqiy tartibini ta‘minlovchi, axborot zaxirasi va axborot tizimiga har qanday noqonuniy aralashuvlarning koʻrinishlarining oldini olish;
- axborot tizimida mavjud boʻlgan shaxsiy ma‘lumotlarning shaxsiy maxfiyligini va konfidensialligini saqlovchi fuqarolarning konstitutsion huquqlarini himoyalash; - davlat sirini, qonunchilikka mos hujjatlashtirilgan axborotning konfidensialligini saqlash; - axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta‘minlovchi vositalarni yaratish, ishlab chiqish va qoʻllashda sub‘ektlarning huquqlarini ta‘minlash.
Tarmoq xavfsizligini nazorat qilish vositalari
Zamonaviy axborot - kommunikatsiyalar texnologiyalarining yutuqlari himoya uslublarining bir qator zaruriy instrumental vositalarini yaratish imkonini berdi. Axborotlarni himoyalovchi instrumental vositalar deganda dasturlash, dasturiy - apparatli va apparatli vositalar tushuniladi. Ularning funksional toʻldirilishi xavfsizlik xizmatlari oldiga qoʻyilgan axborotlarni himoyalash masalalarini yechishda samaralidir. Hozirgi kunda tarmoq xavfsizligini nazorat qilish texnik vositalarining juda keng spektri ishlab chiqarilgan.
|
| |