|
Axborotni himoyalashning texnik usullari va vositalari
|
bet | 3/4 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 0,63 Mb. | | #159238 |
Bog'liq AHTU 1-amaliyIjtimoiy xavfsizlik. Zamonaviy axborot – kommunikatsiyalar texnologiya-larining milliy iqtisod barcha tarmoqlarida keng qoʻllanishi inson psixologiyasi va jamoa ongiga «yashirin» ta‘sir koʻrsatish vositalarining samaradorligini yuksaltirib yubordi.
Ekologik xavfsizlik. Ekologik xavfsizlik – global masshtabdagi muammodir. «Ekologik toza», energiya va resurs tejaydigan, chiqindisiz texnologiyalarga oʻtish faqat milliy iqtisodni axborotlashtirish hisobiga qayta qurish asosidagina yoʻlga qoʻyish mumkin.
Xavfsizlikning asosiy yoʻnalishlari.
Axborotning himoyasi deb, boshqarish va ishlab chiqarish faoliyatining axborot xavfsizligini ta‘minlovchi va tashkilot axborot zaxiralarining yaxlitliligi, ishonchliligi, foydalanish osonligi va maxfiyligini ta‘minlovchi qat‘iy reglamentlangan dinamik texnologik jarayonga aytiladi. Axborotning egasiga, foydalanuvchisiga va boshqa shaxsga zarar yetkazmoqchi boʻlgan nohuquqiy muomaladan har qanday hujjatlashtirilgan, ya‘ni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi rekvizitlari qoʻyilgan holda moddiy jismda qayd etilgan axborot himoyalanishi kerak.
Axborot xavfsizligi nuqtai nazaridan axborotni quyidagicha turkumlash mumkin:
maxfiylik — aniq bir axborotga fakat tegishli shaxslar doirasigina kirishi mumkinligi, ya‘ni foydalanilishi qonuniy hujjatlarga muvofik cheklab qoʻyilib, hujjatlashtirilganligi kafolati. Bu bandning buzilishi oʻg‗irlik yoki axborotni oshkor qilish, deyiladi;
konfidensiallik — inshonchliligi, tarqatilishi mumkin emasligi, maxfiyligi kafolati;
20 yaxlitlik — axborot boshlang‗ich koʻrinishda ekanligi, ya‘ni uni saqlash va uzatishda ruxsat etilmagan oʻzgarishlar qilinmaganligi kafolati; bu bandning buzilishi axborotni soxtalashtirish deyiladi;
Axborotni hayotiy davri
autentifikatsiya — axborot zaxirasi egasi deb e‘lon qilingan shaxs xaqiqatan xam axborotning egasi ekanligiga beriladigan kafolat; bu bandning buzilishi xabar muallifini soxtalashtirish deyiladi;
|
| |