• Ijtimoiy qarovsizlik
  • Ijtimoiy-huquqiy yordam
  • Sosium
  • Axmamat jumayev, surayyo sharipova




    Download 464,23 Kb.
    bet114/118
    Sana03.02.2024
    Hajmi464,23 Kb.
    #151051
    1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   118
    Bog'liq
    Axmamat jumayev, surayyo sharipova

    Ijtimoiy texnologiya — turli ijtimoiy muammolarni yechish va aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlashda ijtimoiy ishchilar va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasalari tomonidan qo‘llaniladigan vosita, metod va ta’sirlar majmuasi. Ijtimoiy pedagog faoliyatining zahirasida to‘rt turdagi ijtimoiy texnologiyani kuzatish mumkin: ijtimoiy ishga tegishli, ijtimoiy-psixologik, ijtimoiy-tibbiy, ijtimoiy- pedagogik.


  • Ijtimoiy qarovsizlik — ijtimoiy xislatlar, ehtiyojlar, qadriyatlarning rivojlanmasligiga, bo‘sh ijtimoiy refleksiyaga, ijtimoiy rollarni egallashda qiyinchiliklarga olib keluvchi omillarning oqibati.


  • Ijtimoiy harakat — turli ijtimoiy guruhlarning umumiy maqsad sari qaratilgan birgalikdagi xatti-harakatlari.


  • Ijtimoiy hudud - bola ko‘z o‘ngida har kuni sodir bo‘ladigan harakatlar, ijtimoiy munosabatlar, transport, narsa- buyumlarning qiyofaviy majmuasi.


  • Ijtimoiy-huquqiy yordam - inson va bola huquqlariga amal qilishga, bu huquqlarni amalga oshirishga, bolalarni oilaviy, mehnat, fuqarolik masalalari bo‘yicha huquqiy tarbiyalashga qaratilgan yordam.


  • Ko‘rsatma (ustanovka) — muayyan xulq-atvor, tasavvurni boshdan kechirishga tayyor bo‘lish. Ko‘rsatmalar faoliyatning barqaror kechishini belgilab berishadi. Agar shaxsiy ko‘rsatmalar kasbiy faoliyatning tavsifini belgilab bersa, ijtimoiy ko‘rsatmalar mutaxassisning mijoz bilan o‘zaro munosabati usullariga oydinlik kiritadi.


  • Sosium — insonning ijtimoiy atrof-muxiti, hamjamiyati.


  • Submadaniyat — muayyan insonlar guruhining hayot tarziga ta’sir qiluvchi ijtimoiy-psixologik belgilar (me’yor, qadriyat, steriotip, did) majmuasi.


  • Tayanch shaxs — insonning asosiy hayotiy intilishlarini belgilab beruvchi tabiiy andoza. Tayanch intilishlar hammada bir xil bo‘ladi, biroq ularning namoyon bo‘lishi genetik va tashqi omillarga bog‘liq.



  • Download 464,23 Kb.
  • 1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   118




    Download 464,23 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axmamat jumayev, surayyo sharipova

    Download 464,23 Kb.