Ta’lim muassasalari vazifalari




Download 464,23 Kb.
bet31/118
Sana03.02.2024
Hajmi464,23 Kb.
#151051
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   118
Bog'liq
Axmamat jumayev, surayyo sharipova

Ta’lim muassasalari vazifalari

Bolalarni ma’naviy barkamol va jismonan sog‘lom bo‘lishlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy muhitni yaratish;


  • -yoshlarimizni ma’naviy yangilanish va islohotlar jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirish, ularning kuch va salohiyatlarini ijtimoiy hamkorlik va millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik kabi ezgu maqsadlarga hizmat qildirish;


  • -ta’lim muassasalarda yosh avlodning yoshiga mos ravishda milliy mafkuraviy g‘oyalarni deferension singdirishning dasturi asosida uzluksiz tarzda olib borish;


  • -o‘quvchi-yoshlar ongiga qayta ishlab chiqilgan, moderinizasiya qilingan o‘quv dastur, darsliklar, qo‘llanmadagi badiiy adabiyotladagi g‘oyalarni zamon talablari asosida singdirish;


  • -bolalarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlariga tizimli yondashishni tashkil etish (maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim);


  • -yoshlarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish, istiqlol g‘oyalari va milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash;


  • -o‘quvchi-yoshlarning sport turlari bilan shug‘ullanishlariga yordam berish, ularning bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri tashkil etish;


  • -bolalarga ta’lim berishni ilg‘or pedagogik texnologiyalar, zamonaviy o‘quv-uslubiy dasturlar asosida tashkil etish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini jahon andozalariga mos ravishda boshqarish;


  • -o‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlari tahlilidan, iqtisodiy va ijtimoiy muhitdan kelib chiqib, ularni turli sohalar bo‘yicha kasb-hunarga yo‘naltirish va ta’limda tabaqalashtirilgan yondashuvni joriy etish;


  • -tarbiyasi og‘ir, qarovchisiz qolgan bolalarning ota-onalari bilan ishlash, oilalarga pedagogik yordam berish;


Mazkur kurs bevosita pedagogika va psixologiya fakultetlarining o‘quv rejalariga kiritilgan. Sosiologiya fani pedagogika uchun qimmatli baza yoki material tayyorlab bera oladi. Ammo pedagoglar uchun o‘sha jamiyatdagi hodisa, jarayonlar va munosabatlarning inson ongiga, insonlarning ma’naviy hayotiga, odob-axloq me’yorlariga bo‘lgan ta’siri muhimroqdir. Shuning uchun ham uni ijtimoiy hayot pedagogikasi, jamiyat va jamoa tarbiyasi, kundalik hayot tarbiyasi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Fan faoliyatning bir sohasi sifatida yangi ob’yektiv bilim va ko‘nikmalarni yaratadi. Insonning rivojlanishi juda qiyin va murakkab jarayon hisoblanadi. Rivojlanish har qanday tirik organizmga, shu jumladan insonga ham xosdir. Rivojlanish tashqi va ichki faktorlar ta’siri ostida bo‘ladi.

Tashqi faktorlarga: Insonni o‘rab turgan tabiiy va ijtimoiy muhit, bolalarda ma’lum shaxsiy jihatlarni shakllashtirishga qaratilgan maqsadli yo‘naltirilgan faoliyat kiradi.

Ichki faktorlarga: biologik faktorlar kiradi. Insonning rivojlanishiga ta’sir qiladigan faktorlar boshqariladigan va boshqarilmaydigan bo‘ladi. Bolaning rivojlanishi jarayonida turli faoliyatlarga duch keladi: o‘yin, o‘qish, mehnat, sport va boshqalar, turli kishilar bilan muloqotda bo‘ladi: ota-onasi, aka-ukasi, qarindoshlari, do‘stlari va boshqalar bilan.

Turli faoliyatlarda turli insonlar bilan muloqotga kirishish natijasida bolada ijtimoiy ko‘nikmalar hosil bo‘la boshlaydi. Bolaning normal rivojlanishi uchun muloqotning ahamiyati juda kattadir.



Download 464,23 Kb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   118




Download 464,23 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta’lim muassasalari vazifalari

Download 464,23 Kb.