• 3.1. Bolaning ilk ijtimoiylashuv davri.
  • - МАВЗУ: БОЛАНИНГ СОЦИУМДА РИВОЖЛАНИШИ




    Download 464,23 Kb.
    bet27/118
    Sana03.02.2024
    Hajmi464,23 Kb.
    #151051
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   118
    Bog'liq
    Axmamat jumayev, surayyo sharipova

    3 - МАВЗУ: БОЛАНИНГ СОЦИУМДА РИВОЖЛАНИШИ


    Asosiy tayanch tushunchalar: Bola, bolaning ilk ijtimoiylashuv davri, faoliyat, muloqot va anglash, Sosium (yaqin muhit)” tushunchasi, ijtimoiy maqom, ijtimoiy moslashuv tushunchalari.

    3.1. Bolaning ilk ijtimoiylashuv davri. Bolaning xulq – atvor mexanizmlarini o‘zlashtirishi uning ijtimoiy munosabatlarga muvaffaqiyatli moslashuvini ta’minlaydi. “Ijtimoiy moslashuv” deganda shaxsning ijtimoiy muhit sharoitlariga ko‘nikishi tushuniladi.
    Режа
    1. Боланинг илк ижтимоийлашув даври.


    2. “Социум (яқин муҳит) тушунчаси, ижтимоий мақом, ижтимоий мослашув тушунчалари.


    3. Боланинг ижтимоийлашувида оила, таълим-тарбия муассасалари, маданият, дин, маҳалланинг ўрни.


    4. Миллий менталитет ва унинг ижтимоийлашувда тутган ўрни. омилларнинг таъсири.



    Ijtimoiy moslashuv bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvining sharti va natijasi hisoblanib, asosan, uch yo‘nalishda olib boriladi: faoliyat, muloqot va anglash.

    Faoliyat sohasida bolada faoliyat turlrining kengayishi, faoliyatning zaruriy shakl va vositalarini qo‘lga kiritishi, muomala doirasiing kengayishi, uning mazmunini chuqurlashishi, jamiyatda qabul qilingan xulq - atvor me’yorlarni o‘zlashtirishi sodir bo‘ladi. Anglash sohasida o‘z “Men”i obrazini shakllantirish, o‘zining ijtimoiy mansublik va ijtimoiy o‘rnini anglash ro‘y beradi. Bu jarayonlarning barchasini tarbiya tartibga soladi. Ijtimoiy pedagogika o‘z nomiga ko‘ra sosium, ya’ni jamiyat bilan shug‘ullanadi. Shu bois uni jamiyat tarbiyasi ham deyish mumkin. Jamiyat tarbiyasi deganda «Inson - inson» tizimi ichida olib boriladigan tarbiya tushuniladi. Ya’ni, bevosita insonlararo munosabatlar jarayonidagi tarbiyaviy ta’sir, shuningdek, ijtimoiy institutlar faoliyatining (xayriya jamg‘armalari, tashkilotlar, jamiyatlar va assosiasiyalar) tarbiyaviy ta’siri nazarda tutiladi.

    Bolaning ilk ijtimoiylashuv davrini oladigan bo‘lsak, yoki bolani shaxs deb oladigan bo‘lsak, ijtimoiy tarbiya insonparvaligi shaxsni majburlashga emas, unga yordam berishga qaratilganligi, har bir shaxsning o‘zligini anglashi, inson sifatida betakrorligi, yagonaligiga ishonish, o‘z hayotiga mas’ul bo‘lish, boshqalar xatti-harakatini muhokamasiz qabul qilish, tang vaziyatda qolganlarni qo‘llab-quvvatlash va yordam berishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Ijtimoiy pedagogikaning jamoatchilik mohiyati xavf ostida qolgan odamga madad qo‘lini cho‘zish, oila va bolaga o‘z hayot yo‘lini topishda ko‘maklashish, o‘z qobiliyati va istagidan kelib chiqib rivojlanishiga imkon berishdan iborat. Shuningdek, har bir insonga axloqiy munosabatlar o‘rnatishdagi intilishlariga yordam berish ham ijtimoiy pedagogika vazifalaridan biridir. Ijtimoiy pedagogika funksiyalarini o‘rganar ekanmiz, bunda bir qator talablar mavjudligini ko‘rish mumkin. Ularning ayrimlari ustida to‘xtalamiz.

    Bola (o‘smir)ni, uning ahvoli, oila, maktab, hovlidagi guruhlar bilan munosabati, ziddiyatli vaziyatda o‘zini tutishi kabilarni o‘rganish tang ahvolda qolgan bolaga ko‘maklashish, inqirozdan chiqish variantlari, yo‘llarini topish, qiyin vaziyatda qo‘llab-quvvatlash bolani o‘rab turgan va unga ta’sir o‘tkazuvchi turli ijtimoiy muhit ijtimoiy tarbiyasi holatini tahlil qilish kabilar kiradi.

    Bola (o‘smir) faoliyatini (o‘zini) tarbiyalash, bilim olish, o‘z hayoti va xatti-harakatlarini mustaqil shakllantirish layoqatiga yo‘naltirish bola (o‘smir) huquqlari muhofazalanishiga taalluqli va uning muammolarini hal etish maqsadida faoliyat yurituvchi tashkilot va turli mutaxassislar birlashuvi, muvofiqlashuvi bilan shug‘ullanish, ijtimoiy tarbiyaning turli muammolarini tadqiq etishni tashkil qilish; ijtimoiy pedagoglar, jamoalar, turli pedagogik markazlar faoliyatini tahlil qilishdan iborat.

    Ijtimoiy pedagogika fanining asosiy vazifasi ijtimoiy tarbiya muammolarini o‘rganish hisoblanadi.

    Ijtimoiy pedagogika fanining amaliy vazifalarini ko‘rib chiqamiz. Bunda ijtimoiy pedagog har bir bolaning yosh va o‘ziga xos xususiyatlarni e’tiborga olishi talab etiladi.

    1. Bola (o‘smir) ongida yaxshilik va adolat tushunchasiga sobitlikni tarbiyalash, borliqni, ijodni sevishga o‘rgatib, o‘zaro tushunish hissini uyg‘otish;

    2. Inqirozli vaziyatdan mustaqil chiqib keta olish maqsadini qo‘yish, odamlar bilan muloqot qilishni o‘rganish va hayotda o‘z maqsad va mazmunini aniqlash yo‘llarini ko‘rsatish;

    3. Tevarak-olam, inson va uning mukammalligi, jismoniy va ma’naviy xususiyatlarini, jamiyatdagi huquq va burchlarini anglashga intilishni rivojlantirish;

    4. O‘z sha’ni, mustaqilligi va o‘ziga ishonch kabi tuyg‘ularni rivojlantirish;

    5. Bola (o‘smir) da maktab, ish, oila va tengdoshlari jamoasida, katta-kichik guruhlarda odamlar bilan muloqot o‘rnatish istagi va qobiliyatini kuchaytirish. Shu o‘rinda ijtimoiy pedagogdan o‘z tarbiyalanuvchilarining yosh xususiyatlariga oid yuksak bilim talab etiladi. Shuningdek, bolaga uni o‘rab turgan muhit, ijtimoiy munosabatlarning ma’naviy huquqiy me’yorlariga tayanib, jamiyat, odamlar va shaxslararo ziddiyatlarni bahamjihat hal etishni o‘rgatish ham muhim ahamiyat kasb etadi.

    Jamiyat o‘zining qurilishiga ko‘ra turli xildagi o‘zaro bog‘langan va o‘zaro ta’sir etuvchi ijtimoiy institutlarga ega. Ijtimoiy institut-insonlar jamiyatdagi hayotining tarixan murakkab shaklda tashkil etilganligi va tartibga solinganligini o‘rganadi. Xuddi ana shular orqali bola jamiyat me’yorlari va ahloq qoidalarini o‘zlashtiradi. Shunday ijtimoiy institutlarni ijtimoiylashgan institut deb nomlash mumkin va bularga oila, ta’lim – tarbiya muassasalari, madaniyat va din, mahalla kabilar kiradi.




    Download 464,23 Kb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   118




    Download 464,23 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - МАВЗУ: БОЛАНИНГ СОЦИУМДА РИВОЖЛАНИШИ

    Download 464,23 Kb.