Naqsh namunalarini va kompozitsiya tuzishning quyidagi




Download 7.77 Mb.
bet13/37
Sana21.06.2021
Hajmi7.77 Mb.
#15154
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37
Naqsh namunalarini va kompozitsiya tuzishning quyidagi

asosiy qonuniyatlariga rioya qilish kerak:

1. Chiziladigan naqsh kompozitsiyasini shakl, o’lcham va taqsimlarini mo’ljalga olish.

2. Kompozitsiyaning yakka, yoki qo’sh banddan iborat bo’lishligini nazarda tutgan holda tanob (yasovchi) elementi shakllarini joylashtirish.

3. Kompozitsiyaga novda, barg, gul, shobarg va boshqa naqsh kompozitsiyasini kiritib mukamallashtirish.

4. Naqsh bandini bofta, shkufta kompozitsiyasi bilan bog’lab boyitish.

5. Kompozitsiyaning asosiy shaklini umumlashtirib, shu naqshni nomlash.

6. Kompozitsiyaning ma’no va maqsadini hisobga olgan holda, rang tuslarini aniqlash va h.z.

Naqsh kompozitsiyalarini tuzish jarayonlarida simmetriya, assimetriya, ritm, muvozanat, elementlarning o’zaro birikuvi, turlanishi kabi qoidalarga rioya etish bilan birga, tabiat go’zalligini chuqurroq his etish, badiiy va ijodiy qobiliyatning rivojlanishi ham shakllanib boradi.


Bezakning simmetrik tuzilishi. Assimetriya-kompozitsiyada simmetrik qonun-qoidalarining muvozanatini buzilishidir.

Stilizatsiya - tabiatdagi o’simlik va boshqalarning tasviri, rangi, shakli va uzilishini badiiy usulda umumlashtirishdir. Naqshni tuzishda geometrik shakllar (uchburchak, kvadrat, yulduzcha, aylana va hokazolar) dan shuningdek, to’lqinsimon, siniq chiziqlar, spirallardan, o’simliklar (barglar, shoxlar, daraxtlar) dan, jonivorlar dunyosi (hashoratlar, qushlar, baliqlar, hayvonlar) tasviridan foydalanish mumkin. Naqshda geometrik shakllar bilan tabiatdagi o’simliklar qo’shilgan bo’ladi.

Kashta bezaklariga simmetrik, ya’ni asosiy chiziqlar, shakllar, ranglarning gorizontal yoki vertikal simmetriya o’qiga nisbatan qonuniy joylanishi xarakterlidir. Gul bitta, shuningdek, ikkita yoki bir necha simmetriya o’qiga nisbatan tuzilishi mumkin.

Kashtada gul ko’pincha yopiq yuzada, ya’ni qandaydir geometrik shakl bilan chegaralangan yuzada tuziladi. Bu kvadrat yoki to’g’ri to’rtburchak shaklidagi dasturxon, so’zana, palak, zardevor, kirpich, choyshab, belbog’, yostiq ustiga yopiladigan jildi, dastro’mol va hokazolar bo’lishi mumkin. Buyum shakliga va kashtado’zning mo’ljaliga qarab kashta gulning shakli va joy o’zgarishi, masalan, dasturxon, dastro’mollarning burchaklariga yoki o’rtasiga kashta tikilishi mumkin. Burchakdagi kashta gullarining tuzilishi har xil bo’ladi.

Bezakda bargli va gulli novdalar burchakdan chap va o’ng tomonga yo’nalgan. Hamma bezaklarda aytilgan o’simliklarga o’xshashlik saqlanib, gul va barglari yangi shaklga kiradi.Ularda tabiatda uchraydigan kamchiliklar: burishgan yoki singan barglar, buralgan gulbarglar, singan yoki zichlashgan shoxchalar yo’q. Bunday novdani ko’rish uchun barglarni surib tekislash, ulardan bir qismini uzib tashlash kerak. Rassom ham kashta bezagini yaratishda xuddi shunday qiladi. Gul va barglarning aniq shakllari rassom o’ylaganicha itoat etib, yangicha yo’l yoki yuzani to’ldiradi.

Bunday bezaklarda gullar, barglar va mevalar bir - biriga halaqit bermaydi, bir-birini ustiga o’tmaydi. Buyumni bezak elementlari shunday joylashtiriladiki, ular orasidagi bo’sh joylari bir tekisda taqsimlanib, bezakning bir qismi bo’lib qoladi. Kashta uchun xalq orasida tarqalgan bezaklar va rassomlar yaratgan rasmlardan foydalanish tavsiya etiladi. Rasmlarning ba’zi qismlarini ixtiyoriy ravishda kompozitsiyalash ham mumkin, lekin tabiatni kuzatib, bezaklarni buyum yuzasiga joylashtirishni ham o’ylab topish yanada qiziqarliroqdir.

Bizgacha yetib kelgan kashtachilik namunalarini sinchiklab o’rganib chiqilsa, shunday xulosaga kelish mumkinki, kashta naqshlari qadim-qadim zamonlardan, eramizdan oldingi davrlardan takomillashib, uyg’unlashib, boyitib kelingan va shu bilan birga asosiy yo’nalish va naqshlarning turli xillari saqlanib qolgan.

Kashta naqshlarida kishilarning tabiat hodisalari, hayot haqidagi tasavvurlari aks ettirilgan. O’zbek kashtasining naqshlar obrazida bu yashnab, gullab turgan bog’ timsollarini ko’ramiz. Ayrim nusxalarida hayvonotlar shaki va buyumlar (oftoba, choynak, ko’za) shunday tasvirlanadiki, ularni umumiy ko’rinishlaridan asli shaklini ajratib bo’lmaydi, balki ular o’simliksimon qiyofaga kirib, kashtaning umumiy uslubi bilan bog’lanib, uzviylashib ketadi. Kashta tikish uchun kashta guli, naqsh kompozitsiyasi bo’lishi zarur.

Naqsh - arabcha tasvir, gul, degan ma’noni anglatadi. Kashtado’zlik san’atida har bir millatning o’ziga xos eng ko’p qo’llaydigan naqshlari bo’ladi.

O’zbek milliy kashtalarida o’simliksimon, geometric, hamda stillashtirilgan gul naqshlari ko’p bol’sa, rus kashtalarida geometric shakllar, qush va mevalar, gullar ko’p tasvirlanadi, qozoq va qirg’iz kashtachiligida esa ko’proq hayvonlar, shox va tuyoqlarni eslatuvchi elementlar tasvirlanadi. O’zbek millati qadimdan dehqonchilikni, yerni juda qadrlagan millatlardan biri bo’lgan. Shu sabab har bir qishloq aholisi daraxt, gul, o’simlik va hayvonot olamini asrab-avaylaydi va ardoqlaydi. Bunday tabiatga bo’lgan mehr albatta o’zbek kashtalarida o’z aksini topgandir. Tabiatdagi lolaqizg’aldoqlar, boychechaklarning chaman bo’lib ochilishi har qanday inson qalbiga qanchalik zavq baxsh etishi tasavvur qilish qiyin emas. Balki ana shunday go’zallik bog’lar, gullar kashtaga ko’chishi tabiiy bir holdir.

Kashtachi rassom tabiat manzarasidagi gul va barglarga qarab rasm chiza oladi, so’ngra uni naqsh kompozitsiyasiga aylantiradi. Yaratilgan naqsh bilan amaliy san’at buyumlari bezatiladi, shu sababli u buyumning ajralmas qismi bo’lib, o’sha buyumning shakliga, vazifasiga va qanday materialdan tikilishiga bog’liq bo’ladi. Rasmni naqshga aylantirishda uning (guli) xarakterli belgilari tanlanadi. O’simlik, qush motivlarini aniq ko’rsatishga intilmay, faqat asosiy chiziqlarigina bo’rttirib chiziladi. Biror buyumni tikishdan oldin uning badiiy yechimini o’ylab ko’rish, bezakning undagi ayrim bo’laklarini buyum yuzasiga qanday joylashtirishni, elementlarning nisbatlarini, qanday rangdagi iplar bilan tikishni, ya’ni kompozitsiya tushunchasiga kiradigan hamma narsani aniqlab olish kerak. Kompozitsiya xarakteri ko’proq ritmga, naqshdagi alohida elementlarga bog’liq bo’lib, bu kompozitsiyaning ifodali bo’lishiga, aniq idrok etilishiga yordam beradi.

Kompozitsiya - lotincha “Kompositio” so’zidan olingan bo’lib, to’qish, tuzish, bir-biriga solishtirish, naqshning g’oyasi, xarakteri vazifasiga muvofiq, uyg’un hamda mutanosib joylashtirish degan ma’noni anglatadi.

Ritm - naqsh kompozitsiyasinnig ma’lum bir qismi, ma’lum bir masofada doimiy ravishda bir tekisda takrorlanib kelishi bo’lib, naqshdagi harakatning uzluksiz va go’zal ko’rinishini ta’minlaydi.

Simmetriya - grekcha so’zgan olingan bo’lib, o’lchovlarning bir-biriga mutanosibligi tushuniladi.

Asimmetriya - kompozitsiyada simmetrik qonunlar muvozanatining buzilishidir.

Stilizatsiya - tabiatdagi o’simlik va boshqalarning tasviri, rangi, shakli va tuzilishini badiiy usulda umumlashtirish, soddalashtirishdir.

Naqshni tuzishda geometric shakllar (uchburchak, kvadrat, aylana va h.k.) dan shuningdek, to’lqinsimon siniq chiziqlar, o’simliklar (burglar, shoxlar, daraxtlar) dan jonivorlar dunyosi (hasharotlar, qushlar, baliqlar, hayvonlar) tasviridan foydalanish mumkin. Naqshda geometrik shakllar bilan tabiatdagi o’simliklar qo’shiladi. Kashta bezaklariga simmetrik, ta’ni asosiy chiziqlar – shakllar, ranglarning gorizonlat yoki vertikal simmetyriya o’qiga nisbatan qonuniy joylanishi xarakterlidir. Gul bitta yoki ikkita va bir necha simmetriya o’qiga nisbatan tuzilishi mumkin.





Download 7.77 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37




Download 7.77 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Naqsh namunalarini va kompozitsiya tuzishning quyidagi

Download 7.77 Mb.