Badiiy grafika fakulteti




Download 7.77 Mb.
bet37/37
Sana21.06.2021
Hajmi7.77 Mb.
#15154
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
X U L O S A
Kashtado’zlik san’atining nodir namunalari hozirgi kunda jahondagi ko’plab muzeylarda, shaxsiy kollekstiyalarda saqlanib kelinmoqda. Peterburg, Samarqand, Buxoro, Moskvadagi Sharq madaniyati muzeylarida, G’arbiy Evropa, jumladan Berlin xalqshunoslik muzeyi shular jumlasidandir. Bu kashtalar 19 asr oxirlarida O’zbekistondan olib ketilgan. O’zbek kashtasi yaxshi o’rganilmagan va ular haqida juda oz ma’lumot bor.

19 asr oxirida Stokgolmda F. R. Martinning O’rta Osiyo hunarmandchilik san’ati asarlaridan yig’gan kollekstiyasining ko’rgazmasi bo’ldi. Bessertning Berlin xalqshunoslik muzeyida saqlanuvchi turli xalqlarning naqshlariga bag’ishlangan albomda Buxoro, Nurota, Shaxrisabzning 30 ta kashta detallari 3 rangli jadvalda berilgan.

Hozirgi kunda Buxoro kashtachilik san’atining asl namunalari rus davlat muzeyida (Leningrad), Sharq madaniyati muzeyida (Moskva), Tojikiston O’lkashunoslik muzeyida (Dushanbe), Tojikiston Fanlar Akademiyasi muzeyida, O’zbekiston xalqlari tarixi muzeyida(Toshkent), O’zbekiston madaniyat va san’at tarixi Respublika muzeyida (Samarqand), tarixiy o’lkashunoslik muzeylarida (Buxoro), O’zbekiston Respublikasi dekorativ amaliy san’at muzeylarida (Toshkent) saqlanmoqda.

O’zbek xonadonining asosiy bezaklaridan biri - kashtadir. Ayniqsa, bayram, to’y, marosim paytlarida ular o’zbek xonadonida alohida ahamiyat kasb etadi. Kashtadagi katta gullar xonaga to’g’ri nisbatda joylantiriladi va uzoqdan yaxshi ko’rinishi ham e’tiborga olinadi. Qorong’iroq uylarda joylashtirilgan rango-rang ipak kashtalar tovlanib turadi va insonga estetik ruh bag’ishlaydi. Kelin tushadigan xonaning devorlarida bo’sh joy qoldirilmaydi.Xuddi shu xususiyat boshqa millat va elatlardan farqlanadi. ”Takiyapo’sh“ Nurotada, ”bolinpo’sh“ Buxoroda, ”yostiqpo’sh“ Samarqand va Shaxrisabzda yuritiladi. Bular taxmonga (rax) yig’ilgan ko’rpa- yostiqlarni yopib qo’yadi. Taxmon uyning to’rida bo’ladi.

Kashtachilik kishilarga estetik zavq bag’ishlaydi, uylarni bezatishdagi ahamiyati bilangina emas, balki asrlar davomida shakllangan odat va rasm-rusmlar sababli ham xalq orasida keng tarqalgan edi. Yirik kashtalar: So’zana, takiyapo’sh, joynamoz - inson, ayniqsa xotin-qizlar hayotidagi quvonchlik xodisalar bilan bog’liq bo’lgan. Ularni asosan kelin tomon atab tikar va beriladigan qiz sepining majburiy hamda asosiy qismini tashkil qiladi. Yosh kelin-kuyovlarga qadim-qadimdan saqlanib kelayotgan odatga ko’ra, kashta gullariga “yomon ko’zdan saqlovchi” tumorchalar qo’shib tikilgan. Bitgan kashtaga atayin ayrim joylari chala qoldiriladi. Bu esa o’ziga xos ramziylikni bildiradi, ya’ni farzandlar davom ettirishi, hayotining bog’liqligi, avloddan-avlodga o’tishi yoki to’y ketidan to’y kelsin va kashtalar tikilaversin, qizim omon bo’lib, boshimiz xursandchilikdan chiqmasin degan ezgu niyatlari bildiradi.

Kashtachilik san’atiga ayollar o’zlarining kelajaklari, bolalari va o’z baxtlari haqidagi orzu-umidlarini, tabiatga bo’lgan muhabbatlarini va go’zallikka intilishlarini singdiradilar. Bunday kashtaning noyob san’at sifatida yaratilishi tomoshabinning baxri-dilini, insonparvarlik, hayot va tabiatni sevish, ruhiy ozuqa olishdek insonda mehr uyg’otadi.

Har bir oilada kashta tikish odat bo’lib, qizlar yoshligidan o’rgatilib boriladi. Ular o’zlariga onalardan chala qoldirilgan kashtalarni tikib davom ettirganlar va o’zlari ham yangi kashtalar tikkanlar. Shofirkon va Nurotaning badiiy kashtalari bilan tanishar ekanman, naqshlari va ranglari o’xshashligiga qaramasdan, ikkita bir xildagi so’zanani topa olmayman. Har bir buyum o’zicha noyob. 20 asr davomida uydagi an’anaviy chevarlik shaklida rivoj topib kelayotgan kashtado’zlik ma’lum bir sabablarga ko’ra ommalashuv doirasi susayib, asosan respublikaning qishloq-tumanlari bilan chegaralanib qolmoqda. Chevarlar an’anaviy naqshlarni takrorlagan holda, ularga umumlashtirilgan shakldagi yangi tasviriy mavzularni tatbiq qilishmoqda. Shofirkonlik chevarlar Zuhro Olloberdieva, Oliya Nurullaeva, Muhtarama Rasulova, Muhabbat Qo’chqorova, nurotalik chevarlar Bozorova Iqbol, To’raqulova Ruxsoraoylar o’ziga xos so’zanalar bilan mashhur bo’lgan chevarlardir.

Hozirgi kunda Shofirkon tumanida milliy kashtachilikni rivojlantirish maqsadida kashtachi Zuxro Obloberdieva tomonidan kasb-hunar maktabi ish olib bormoqda. Bu erda milliy hunarmandchiligimizning kashtachilik, zardo’zlik, bo’z tikuvchilik, rang tasvir, kosibchilik guruhlari ochilib, xalqimizda qadim-qadim zamonlardan beri asrab-avaylab kelingan xalq hunarmandchiligi sirlarini o’rgatishmoqda.

Qo’li gul ustalardan bo’lmish Zuxro Obloberdieva 1953 yil 5 martda Buxoro viloyati Shofirkon tumani Urganji qishlog’ida kashtachilar oilasida tavallud topgan. 1962 – 1972 yillarda Shofirkon tumanining Hamza maktabida tahsil olgan. 1972 yilda Buxoro Pedagogika bilim yurti Badiiy Grafika fakultetiga o’qishga qabul qilindi. O’qishni bitirgandan so’ng 1976 yilda Shofirkon tumani Al-Buxoriy maktabida rasm va chizmachilik o’qituvchisi bo’lib ishga kirdi. 1985-90 yillarda Nizomiy Pedagogika Universiteti Badiiy Grafika fakultetini o’qib tugatdi. Zuxro Obloberdieva 1990 yildan boshlab kashtachilik bilan shug’ullana boshladi. 1994 yildan viloyat ko’riklariga qatnasha boshladi. 1996-97 yillarda Qozoqiston – Olma-ota, Bishkek savdo yarmarkalarida qatnashib kelgan.

1997 yil fevralda Hindistonda joylashgan Haydarobod shaxridagi Daskar universitetining tabiiy bo’yoqlar bo’yicha fakultetini 1 yil mobaynida tugatib keldi. Hindiston ustozlaridan ipakni tabiiy bo’yoqlarda bo’yash sirini o’rgandi. Zuxro Obloberdieva ko’pgina davlatlarning ko’rgazmalarida qatnashib kelgan. Shulardan, 1998 yilda Yaponiya, Franstiya, 1999 yilda Germaniya mamlakatlarida bo’lib kelgan.2002 yilda «Tashabbus» tanlovida eng yaxshi tadbirkor ayol nominastiyasi g’olibi bo’ldi. 2003-2005 yillarda Yaponiya, Franstiya, Germaniya, Qozoqiston mamlakatlarining ko’rgazmalarida qatnashib keldi.

2007-2009 yillarda Gulnora Karimova tomonidan o’tkazilgan «Artbazar»festivaliga qatnashib kelgan. O’zbekiston Respublikasi Badiiy Akademiyasining «Eng nafis san’at» ko’rik tanlovi g’olibi.2009 yil may oyida o’tkazilgan «Buxoro Ipak va ziravorlar» festivalida faol ishtirok etib keldi.

2002 yilda Viloyat hokimi topshirig’i bilan Shofirkonda 6 yillik shartnoma bilan kashtachilik maktabi joriy etildi. Uning rahbari etib Zuxro Obloberdieva tayinlandi. 2009yilgacha Zuxro Obloberdieva 700ga yaqin shogird tayyorladi. Zuxro Obloberdieva kashtachilik san’atida to’rtinchi avlod vakili hisoblanib, u kishigacha Zubayda Obidova, Nusratbibi Obidova, Zulayho Boboevalar ijod qilib kelishgan. Hozirgi kunda Zuxro Obloberdieva beshinchi avlod vakillari bo’lmish o’z qizlari Nigora hamda Dilafruz Rahimovalarga o’z san’ati sir-asrorlarini o’rgatib kelmoqda.

Xulosa qilib aytganda, Shofirkon hamda Nurota kashtachiligini o’rganish asosida quyidagi xulosalarni chiqardim. Xalqning fikri va his-tuyg’ularini, voqelikni to’g’ri tushunish kashta va so’zanalardagi mukammal obrazlarda ifodalangan. Tadqiqotchi V. S. Voronovning xalq san’atiga bergan xarakteristikasini bu san’atga ham tatbiq etish mumkin. “Bu – ortiqcha so’z, bekorchi jumlalari bo’lmagan aniq, qat’iy va ajoyib nutqdir”.¹

Barcha badiiy vositalar naqsh tuzilishi va uning dekorativ talqini, rang jihatdan hal etilishi, buyumning tikilishi va tikuv uslubi bir-biriga juda bog’liqdir. Ularning biri ikkinchisini to’ldiradi, boyitadi va har jihatdan ajoyib qismlari bir-biriga uzviy bo’lgan dekorativ badiiy asar yaratishga xizmat qiladi.

Chevarlarning zo’r badiiy didi, bezaklarni matoga o’z o’rnini topib joylashtirishda ham ko’rinadi. Ular gazlamani haddan tashqari bezab tashlamaydilar, shu bilan birga, bekorchi joy ham bo’sh qoldirilmaydi. Shu sababli fon va bezaklar bir-biriga uzviy joylashadi va ajoyib manzara kashf etadi. Kashta bezaklari orasidagi fonning o’zi ham pannoda go’yo qo’shimcha bezakday ko’rinadi. Fonning bunday aktiv roli O’rta Osiyo xalqlari dekorativ san’atiga umuman xos narsadir.

Asosan simmetrik bo’lgan so’zana bezaklari ko’pincha qat’iy geometrik simmetriyadan bir oz chetga chiqadi.Masalan, pannoning to’rtala burchagi har doim ham bir xil bo’lmaydi: uning bir bo’lagida qo’shimcha kichik bezaklar bo’lishi mumkin, boshqa bo’lagidagi bezaklar esa unga uncha hamohang bo’lmaydi. Bezaklarning bunday erkin joylashtirilishi o’simliksimon chiziqlarning tabiiy ritmi kabi kashtalarga alohida joziba beradi.Har bir gulni har safar erkin chiziqlarda berishga urinishda ham bu jonlilik, joziba sezilib turadi. Shakllari jihatidan sodda bo’lgan bezaklar ko’pincha bir xil chiziqlarga ega bo’ladi. Shuning uchun bezaklarning rang-barangligi ikkita bir xil detalning turlicha ishlanishi natijasida hosil qilinadi. Kashta asosiy badiiy vosita bo’lgan ipaklar, shuningdek, tikuv uslubi asosida amalga oshiriladi. Kashta uslubi asarning badiiyligiga bevosita ta’sir etadi. Matodagi choklarning o’zi ham rangli ipak bilan birga kuchli dekorativ ta’sirchanlikni oshiradi. Bunda kashta tikish mahoratigina emas, balki badiiy did, nafosat, ipaklarning yaxshi yigirilganligi, rangi va sifati ham ahamiyatga ega.

19 asrdagi eng yaxshi kashta namunalarining o’chmas jozibasi va o’ziga xosligi ularning uzviy joylashtirilgan gullar ritmida, har bir kashta kompozistiyasini kutilmaganda yangicha hal etilishida, yorqin, hayotbaxshranglarning uyg’unlashishi va mahorat bilan tikilishidadir. Yuzlab, minglab so’zanalarni tomosha qilganda ham, ikkita aynan bir xil asar uchratilmaydi. Ularning har biri o’zicha mustaqil bo’ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO’YXATI





  1. Tursunaliev K. Tyubeteyka - odin iz izlyublennix golovnix uborov narodov Uzbekistana. T., Fan, 1990. 123 str.

  2. Umarbekova D. Xudojestvennaya visshivka Uzbekistana. Vneshtorgizdat, 1988. 8 str.

  3. O’zbekiston xalq san’ati. Albom. G’. G’ulom nashriyoti, 1979. 234 bet.

  4. O’zbekiston san’ati (1991- 2001yillar) Akademik A. Hakimov tahriri ostida. M. Sharq. 2001, 240 bet.

  5. Faxretdinova D. A. Dekorativno-prikladnoe iskusstvo Uzbekistana. T. Izd. G. Gulyama, 1972. 161 str.

  6. Fransis M., Pinner. Syuzane Uzbekistana. Tekstil i jizn kochevix i osedlix uzbekskix plemen Stentralnoy Azii. Izd. D. Lindal i G. Knorra, Bazel 1975. 67str. (na angl yazike)

  7. Xudojestvennaya kultura Sredney Azii. 9-13 veka. T. Izd. Lit. I iskusstva, 1983, 208 str.

  8. Chepelevestkaya G. L. O’ zbekiston so’zanasi. T. Goslitizdat, 1961. 160 bet.

  9. Shishkin V. A. Varaxsha. Izd. Akademii Nauk SSSR. M. 1963. 244 str.

  10. Yanay. Y. Syuzane Sredneaziatskiy vishivki. (Katalog vistavki Xaarest-muzey) Tel- Aviv, 1988. 210 str.

  11. Zoxidov P. Me’mor san’ati. G’. G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. T., 1978. 102 bet.

  12. Almeev R. V. Buxara – gorod muzey. T. Fan 1999-128 str.

  13. Veynmarn B. Iskusstvo Sredney Azii.M. L. Iskusstvo. 1940.192 str.

  14. Dombrovskiy G. So’zani – vishivki iz Sredney Azii (Nasledniki shelkogo puti Uzbekistan - Germaniya) Shtutgart, 1995. 263-279 str.

  15. Eremenko T. I. Sehrli igna T. 1990. 154 bet.

  16. Izobrazitelnoe i prikladnoe iskusstvo. T. «Fan» 1990. 257 str.

  17. Pisarchik A. K. Djiyak. Sovet O’zbekistoni xalq dekorativ san’ati. O’zFA T. 1954. 176 bet.

  18. Rassudova R. Uzbekskiy xudojestvenniy shov. T, Xudojestvennaya literatura UzSSR 1961- 135 str.

  19. Klimova N. T. Ruchnaya i mashinnaya vishivka. M. 1980- 174 str.

  20. Morozova A. S. O’ zbekistonda yo’rmado’zlik. T. 1960-88 bet.

  21. Suxareva O. Vishivka. Narodnoe dekorativnoe iskusstvo sovetskogo Uzbekistana. T. Izd. Akademiy nauk RUz. 1954. 176 str

  22. Suxareva O. Pozdnefeodalniy gorod Buxara, konsta 19-nachalo 20 veka T.1962. 192 str.

  23. Tursunaliev K. Katalog vishivok Uzbekistana 19- 20 v. Fan, 1976.128 str.

  24. Rempel L. I. Arxitekturniy ornament Uzbekistana.T, Goslitizdat, 1961. 606 str.

  25. Pugachenkova G. A, Rempel L. I. Istoriya iskusstv Uzbekistana s drevneyshix vremen do seredini 19 v.M. Iskusstvo, 1965. 688 str.

  26. Qosimov Q. Naqqoshlik. Toshkent 1982 y. 26-30 betlar

  27. Barotova Sh. O’zbek so’zanalari. San’at. 1998. № 1-3. 36-38 betlar.

  28. Gyul E. Buxoro so’zanalarida Hirot naqshlari. San’at. 2000. № 2.26-27 betlar.

  29. Gyul E. K probleme genezisa kompozistiy syuzane Nafosat (sb. statey) T. 2001. 21-27 str.

  30. Gyul E. O’zbekiston badiiy to’qimachiligida ranglar jilosi.San’at.2008. № 3-4. 37-38 betlar.

  31. Jumaev K. Xudojestvennaya vishivka v konste 19 nachalo 20 vv. Lokalnie osobennosti i regionalnie svyazi. Sbornik Pamyatniki istorii i kulturi Buxari. Vip. №4. 31-43 str.

  32. Jumaev K. 19 asr oxiri 20 asr Buxoro badiiy kashtachilik muzeyi. Buxoro madaniyat tarixidan. To’plam. № 7. 121-127 betlar.

  33. www.google.uz

  34. www.google.ru

  35. www.ziyonet.uz

  36. www.tdpu.uz














Download 7.77 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Download 7.77 Mb.