Badiiy grafika fakulteti




Download 7.77 Mb.
bet30/37
Sana21.06.2021
Hajmi7.77 Mb.
#15154
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   37
Kashta - turli rangdagi ipak, mulina, zar ip bilan igna, ilmoqli bigizda har xil matoga gul tikishdir. Kashta har xil kiyimlarga, ro’zg’or buyumlariga tikiladi. Kashtachilikda mato, kigiz, charm, karton, zig’ir, jun, ipak, sun’iy iplar, zar iplar, mayin sim, xom charmdan tayyorlangan tasmalar, munchoq, marjon, metall pulakcha, qimmatbaho tabiiy va sun’iy toshlar, shishadan yasalgan munchoqlar va boshqa materiallar ishlatiladi.

Mening bajargan bitiruv malakaviy ishimning mavzusi “Inter’yerni bezash uchun kompozitsion panno bajarish”. (Kashtachilik misolida) bo’lib, u ikki bobdan iborat. Ishim ikki qismdan iborat bo’lib, bular nazariy va amaliy qismlardir.

Bitiruv malakaviy ishimning nazariy qismi ikki bobdan tashkil topgan bo’lib, I - bobida kirish qismi, kashtachilikning tarixi va o’ziga xos tomonlari, kashtachilik san’atining turlari, kashtachilikda naqshlarning turlari va kashta tikishda naqsh tanlash haqida keng ma’lumot berilgan.

Bitiruv malakaviy ishimning II - bobida kashtachilikda buyum turlari, kashtachilikda bezatilgan o’zbek do’ppilari, O’zbekistondagi kashtachilik maktablari, Nurota kashtachilik maktabining tahlili, ustoz va shogirdlar ijodi, hamda kashtachilikda inter’yerni bezash uchun kompozitsion panno bajarish texnologiyasi haqida so’z yuritilgan.

So’ngida ish xulosalangan, ilovalar bilan boyitilgan va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati berilgan.

Men bitiruv malakaviy ishimning nazariy qismini yozishda ko’pgina adabiyotlardan va internet saytlaridan foydalandim.



Bunda menga ilmiy rahbarim yaqindan ko’maklashdilar, doimiy ravishda o’z maslahatlarini berib bordilar.

Bitiruv malakaviy ishimning amaliy qismida inter’yerni bezash uchun kashtachilikda panno bajardim. Eng avvalo men bo’lajak pannoning eskizi ustida izlandim. Bunda men so’zana va palaklarning naqshlarini va ularning ma’nolarini o’rgandim. Kashtachilik uslubida panno bajarish uchun anchagina naqsh eskizlarini tuzdim. Eskiz tayyor bo’lganidan so’ng, uni bo’z matosiga chizishni boshladim. Unda stillashtirilgan gullar va barglar, anor, bodom naqshlari aks etgan. Bo’z uch bo’lakdan iborat bo’lganligi sababli, har bir bo’lakning naqsh elementlari alohida - alohida chiziladi.

Naqsh elementlarini chizishda ularninh simmetriyasi buzilmasligi kerak. Naqsh kompozitsiya ustidagi ishlar yakuniga yetganidan so’ng, kashta tikish jarayoni boshlanadi. Naqsh nusxasi har xil materiallarga, har xil yo’llar bilan tushiriladi. Masalan, nusxa ko’chiriladigan qog’ozlar axta, yorug’lik yordamida, naqsh chizilgan qog’ozni material ustidan ko’klab chiqiladi, keyin bu qog’ozlar yirtib olinadi. Kashtaga iplar rangini moslab tanlash kashtado’zdan katta mahorat hamda did talab qiladi. To’g’ri tanlangan ip kashtaning jozibador chiqishiga sabab bo’ladi.
Kashta tikishdan oldin albatta iplarning rangini oldindan tanlash kerak bo’ladi. Men inter’yerni bezash uchun pannoni iroqi uslubida tikdim, chunki bu uslub Buxoro kashtachilik maktabiga xos choklardan biridir. Kashta tikishda o’ziga xos ish qurollaridan foydalandim, bular turli xil hajmlidagi kashtachilik ignalari, to’g’nag’ich, angishvona, qaychi, chambarak hamda har - xil rangli ipak kashta iplaridir.

Chambaraklar hamma kashtalarga ham ishlatilavermaydi. Ip va ignani kashta tikiladigan matoning qalinligiga mos qilib tanladim. Naqsh kompozitsiyasini tikish jarayonida albatta bir nechta ignalarga ipni o’tkazib qo’yish maqsadga muvofiqdir. Ip tugagandan so’ng yangi igna olib tikilaveradi, ipni qirqish uchun o’tkir uchli 10-12 sm uzunlikdagi qaychilar ishlatiladi. Tikish qulay bo’lishi uchun, ip 50-60 sm dan uzun bo’lmasligi lozim, kashta chambarakda tikilsa, angishvona qo’llanilmaydi.

Bizga ma’lumki, qo’lda kashta tikishning ikki turi bor, bular matoning arqoq hamda o’rim iplarini sanab kashta tikish, hamda matoga naqsh kompozitsiyasini, tasvir konturini chizib, erkin kashta tikish. Men bu pannoni tikishda matoga naqsh kompozitsiyasini, gullarni, tasvir konturini chizib, erkin kashta tikdim.

Erkin kashta tikishda har qanday matoga tikilaveradi, tushirilgan tasvir chiziqlari asosida tikiladi. Kashta tikishni boshlaganda naqshlar cheti, ya’ni konturi oldin tikib chiqildi va keyin ichi to’ldirildi.

Kashta tikilayotgan mato tizza ustiga erkin tashlab qo’yilib tikiladi. Yirik buyumlar (so’zana, takiyapo’sh, gulko’rpa, choyshab, palak va boshqalar) kompozitsiya va naqsh chizilgach, bir necha taxtaga ajratilib, kashtado’zlik qilingach, qaytib birlashtirib tikiladi. Bunda har bir bo’lak boshqa-boshqa chevar tomonidan tikilishi mumkin, ammo ip ranglari va uslub chizmada belgilab olinadi va umumiy ranglar gammasi saqlangan bo’ladi.



Eng muhim masalalardan biri, avvalo kashtado’zning ish o’rniga katta e’tibor berish va qulayliklar yaratishdir. Kashta tikish qulay bo’lishi, charchatmasligi uchun, ish o’rnini to’g’ri tashkil etish, mehnat qilishning muayyan qoidalariga rioya etish kerak.



Download 7.77 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   37




Download 7.77 Mb.