Badiiy grafika fakulteti




Download 7.77 Mb.
bet26/37
Sana21.06.2021
Hajmi7.77 Mb.
#15154
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37
Xorazm do’ppilari
Xorazmda do’ppilarni “takya”, “toki”, “teyxa”» deb ataydilar. Xorazm uslubida tayyorlanadigan do’ppilarning tepasi yassi bo’lib, duxoba, shoyi va zarbof matolardan tayyorlanadi. Xorazm do’ppilarining “zartakya”, “kozma takya”, “papakli takya” (popukli), “monatli takya” (tangali) kabi nomlar bilan mashhur bo’lgan turlari mavjud. Ularning shakli asoson dumaloq, ba’zilariga qog’oz yoki paxtadan piltalab tayyorlangan bo’lsa, ba’zilariga qalin qog’oz to’shama qo’yib tayyorlangan. Do’ppilar asosan chetdan keltiriladigan “farangi”, “parcha” kabi gazmollardan tayyorlangan. Astariga maxalliy paxta mato ishlatilgan. Kizagiga ipakdan tayyorlangan chalma jiyak tutilgan. Jiyakning birlashgan joyiga popuk qadab bezatilgan. Popuklar jiyakning eniga, do’ppilarning xiliga qarab uzun va kalta qilib qadalgan.

Xorazm takyalari boshqa viloyatlarning do’ppilardan tayyorlanish usuli jihatidan ajralib turadi. Do’ppilar turli zargarlik taqinchoq, bezak buyumlari, turli tabiiy zumrad, yoqut, feruza, aqiq, marvarid kabi toshlar qadab bezatiladi. Naqshlar bilan ishlov berilgan nafis manglaydizgilar, tumor uchun g’ilof va boshqa xil zargarlik bezak buyumlari shular jumlasidandir. Tarixiy manbalar Xorazm teyxalarining juda qadimiy bosh kiyim ekanligini ko’rsatadi.







Download 7.77 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37




Download 7.77 Mb.