Badiiy grafika fakulteti




Download 7.77 Mb.
bet31/37
Sana21.06.2021
Hajmi7.77 Mb.
#15154
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37
Kashtado’zning ish o’rni:

1. Asbob va moslamalar qo’yiladigan stol ustidagi ishga yorug’lik chap tomondan tushadigan holatda turishi kerak. Agar stolda quticha bo’lsa, unda ip maxsus xaltada, asboblar qutichada, kashta gulli shaffof qog’ozi paketda saqlanishi kerak;

2. Kashtado’zning gavda holatiga ahamiyat berib, bukchaymay, boshni juda past egmasdan o’tirish kerak;

3. Ish vaqtida gavda biroz oldinga engashgan bo’lishi, ko’z bilan ish o’rtasidagi oraliq 25-30 sm dan oshmasligi lozim.

4. Chambarakning tagiga taxtacha, kitob va hokazolarni qo’yib balandroq o’rnatiladi;

5. Stulning suyanchig’iga suyanish mumkin bo’ladigan qilib, stolga yaqinroq surib qo’yiladi;

6. Ish vaqtida qo’lni to’g’ri qo’yish katta ahamiyatga ega;

7. Chap qo’l chambarak tagida bo’lib, o’ng qo’l chambarak ustida bo’lishi kerak.

Siyrak gazlamaga va to’rga baxyasimon suv chokli kashta tikishda o’ng qo’lda ignani uning uch tomoni bilan kashtaning teskari tomonidan o’tkaziladi. Ignaning uchli tomonini chap qo’lda tutib, uning ko’z tomoni bilan kashtaning o’ng tomoniga chiqariladi. O’ng qo’l bilan ip tortib qo’yiladi. Zich gazlamalarga kashta tikishda, kashtaning o’ngiga ignani uning uchki tomoni bilan chiqariladi.



Download 7.77 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37




Download 7.77 Mb.