|
Mavzu: Yong`in xavfsizligi qoidalari. Yong’inning oldini olish uni o’chirishdan oson!
|
bet | 1/14 | Sana | 28.07.2023 | Hajmi | 129.67 Kb. | | #77504 |
Bog'liq Yong`in xavfsizligi 2-mavzu mustaqillikka erishish arafasida o‘zbekistondagi ijtimo, апоьтеапкоьыаь, autoref-problema-kulturnykh-istokov-i-ideino-khudozhestvennykh-vzaimosvyazei-esteticheskogo-ideala-v, психодиагностика 2 курс мажмуа 2022, Psixologiya fanining maqsadi va vazifalari, ayollar k.t.o\'q.am.ishchi o\'quv.das.intizor
Mavzu: Yong`in xavfsizligi qoidalari.
Yong’inning oldini olish uni o’chirishdan oson!
Yong’inni oldini olish uchun quyidagi qoidalarga rioya qiling:
Yonuvchi narsa va suyuqliklar olovdan va isitish asboblaridan uzoqda saqlanishi kerak;
Nosoz elektr asboblaridan foydalanish mumkin emas;
Bir nechta elektr asboblari vilkalarini bir razetkaga birdaniga tiqma;
Gugurt o’yinchoq emas, buni doimo yodda tut;
Yong’in sodir bo’lib qolsa uydan tez chiqishga halaqit bermasligi uchun zina maydonchalari, balkon ortiqcha buyumlardan xoli bo’lishi kerak;
Transport vositalarida ham yong’in xavfsizligi qoidalariga amal qil;
Transport vositalarida yonuvchan moddalarni olib yurish taqiqlanadi, yengil alangalanuvchan suyuqliklarni yo’lovchilar ko’p vagonda tashish juda xavfli;
Uyda iloji bo’lsa ixcham o’t o’chirgich hamda telefon oldida avariya xizmatlari telefon raqamlari ko’rsatilgan qo’llanma osig’liq turishi lozim.
Yong’in chiqqan hollarda:
Darhol o’t o’chirish xizmati 101 raqamiga xabar bering;
Mavjud bo’lgan vositalar (o’t o’chirgich, suv, qum, qalin yopqichlar) yordamida yong’inni o’chirishga urinib ko’ring;
Yonayotgan xonaga havo kirishini chekla (derazalarni va eshiklarni zarurat bo’lmasa ochma), quyuq tutun bo’lganda zudlik bilan xonani tark et va eshikni mahkam yoping;
Xonadan chiqayotganingda ko’zlaringni va nafas olish organlarini tutundan respirator, paxta dokali niqob, ho’llangan latta yoki sochiq bilan himoya qiling.
Evakuatsiya qilish yo’llari:
Zinapoyalar, tutash balkonlardan;
Tashqi yong’in narvonlari;
Yo’laklar;
Baland imoratlarda balkonlardagi pastki qavatlarga tushadigan evakuatsiya lyuklaridan foydalanish mumkin.
|
| |