A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT
INSTITUTI
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi
“FANDAGI YANGILIKLAR, FANNI O‘QITISHNING
DOLZARB MASALALARI”
moduli bo‘yicha
KIMYO DARSLARIDA XALARO TDQIQOTLAR TOPSHRIQLARIDAN
FOYDALANISH
“KIMYO DARSLARIDA XALARO TDQIQOTLAR TOPSHRIQLARIDAN
FOYDALANISH”
o‘quv kursining
“Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi” mavzusidan ma’ruza matni
Ma’ruzasi: Xasanova Sevara Gʻiyosiddinovna
Toshkent 2021
2-Mavzu: Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi
Reja
1.
Hamkorlikda ta’lim texnologiyasining asosiy xususiyatlari.
2.
Hamkorlikda oʻqitish texnologiyasining kimyo fanida qoʻllanilishi.
3.
Kimyo fanini o‘qitishda hamkorlik ta’lim texnologiyalarining o‘ziga
xos xususiyatlarini anglagan holda, ulardan samarali foydalanish.
Hamkorlikda ta’lim texnologiyasining asosiy g‘oyasi o‘quvchilarning o‘quv
topshiriqlarini birgalikda, hamkorlikda bajarib, o‘quv-tarbiya maqsadiga erishishdir.
Mazkur texnologiya o‘quvchilarda darslik, ilmiy-ommabop adabiyotlar ustida
mustaqil va ijodiy ishlash, o‘z fikrini bayon etish, asoslash va isbotlash, mantiqiy
fikr yuritish ko‘nikmalarini tarkib toptirish, o‘quv bahsi va munozaralarda faol
qatnashish, ongli intizomni vujudga keltirishga zamin yaratadi.
O‘qituvchi hamkorlikda o‘qitish texnologiyasining nazariy asoslarini,
metodlaridan foydalanish yo‘llarini, o‘quvchilarning mustaqil ishlarini, o‘quv bahsi
va munozaralarni samarali tashkil etish yo‘llarini egallagan bo‘lishi lozim. Shuni
qayd etish kerakki, hamkorlikda o‘qitish texnologiyasining bir qancha(komandada
o‘qitish, kichik guruhlarda hamkorlikda o‘qitish, “Zigzag” yoki “Arra”, “Birgalikda
o‘qiymiz”, kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish) metodlari mavjud.
Mazkur metodlardan kimyo darslarida muvaffaqiyatli foydalanish uchun
o‘quvchilarda darslik ustida mustaqil ishlash ko‘nikmalari, sinf jamoasi o‘rtasida
o‘zaro hamkorlik, hamjihatlik bo‘lishi zarur. O‘qituvchi o‘quvchilarda yuqorida
qayd etilgan jihatlarni vujudga keltirishi uchun, avvalo, kichik guruhlarda
hamkorlikda ishlash metodidan foydalanishi maqsadga muvofiq. Chunki bu
metodda o‘qituvchi avval yangi mavzuni ko‘rgazmali qurollar vositasida, rejaga
asosan bayon qiladi, so‘ngra yangi mavzu yuzasidan o‘quvchilarning hamkorlikda
bajaradigan mustaqil ishlarini tashkil etadi.
Kichik guruhlarda hamkorlikda o‘qitish metodi (R. Slavin, 1986).
Bu metodda kichik guruhlar 4 nafar o‘quvchidan tashkil topadi. O‘qituvchi avval
mavzuni tushuntiradi, so‘ngra o‘quvchilarning mustaqil ishlari tashkil etiladi.
O‘quvchilarga berilgan o‘quv topshiriqlari to‘rtta qismga ajratilib, har bir o‘quvchi
topshiriqning ma’lum qismini bajaradi. Topshiriq yakunida har bir o‘quvchi o‘zi
bajargan qism yuzasidan fikr yuritib, o‘rtoqlarini o‘qitadi, so‘ngra guruh a’zolari
tomonidan topshiriq yuzasidan umumiy xulosa chiqariladi.
Hamkorlik pedagogikasi XXasrning 80-yillarida rivojlana boshladi va
ta’limdagi koʻpgina innovatsion jarayonlarni hayotga chorladi. Bu texnologiya
negizida taniqli rus va chet el pedagoglarining tajribasi yotadi. Ular K.D.Ushinskiy,
N.P.Pirogov, L.N.Tolstoy, J.J.Russo, Ya.Korchak, K.Rodjers, E.Bern, S.T.Shatskiy,
V.A.Suxomlinskiy va boshqalardir. Mumtoz pedagogik qarashlar nuqtai nazaridan
oʻqituvchipedagogik jarayonning subyekti, oʻquvchi esa obyekti, deb hisoblanadi.
Hamkorlik pedagogikasida esa oʻquvchi oʻz oʻquv faoliyatining subyekti tarzida
qaraladi. Bunda oʻqituvchiva oʻquvchi pedagogik jarayonning subyektlari sifatida
tenglashib, hamkorlik pedagogikasi jarayoni tashkil boʻladi. Ular oʻzaro hamkor,
hamfikr, hamdoʻst, hamijodkor, hamishtirokchi, hamdard va hamboshqaruvchi
tarzida faoliyat yuritadilar. Hamkorlik munosabatlari oʻqituvchilar orasida,
ma’muriyat bilan, oʻquvchilar va oʻqituvchilar jamoalari bilan, rahbarlar, ota-onalar
va keng jamoatchilik orasida ham oʻrnatiladi. Hamkorlik pedagogikasi oʻquvchining
ta’lim-tarbiya olish motivlarini rivojlantirib borish orqali hamda oʻquv-tarbiya
jarayonini insonparvarlashtirish tamoyillarini amalga tatbiq qilgan holda yuqori sifat
va samaradorlikka erishishni ta’minlaydi. Hamkorlik pedagogikasi –ta’lim
beruvchilar va ta’lim oluvchilarning uzaro muloqotiga asoslangan shaklda ta’lim
berishga yoʻnaltirilgan tizim. Hamkorlik pedagogikasi oʻquvchining ta’lim-tarbiya
olish motivlarini rivojlantirib borish orqali hamda oʻquvtarbiya jarayonini
insonparvarlashtirish tamoyillarini amalga tatbiq qilgan holda yuqori sifat va
samaradorlikka erishishni ta’minlaydi. Hamkorlik pedagogikasi 4 ta asosiy
yoʻnalish boʻyichaamalga oshiriladi: − shaxsga inson, shaxs sifatida yondashuv; −
dialektik faollashtiruvchi va rivojlantiruvchi majmua; − tarbiya konsepsiyasi; −
atrof-muhitni ta’lim-tarbiyaga moslash; Jamiyat har bir fuqaroning ta’lim-tarbiya va
bilim olishini ijtimoiy zaruriyat, deb hisoblaydi. Atrof-muhitni, ya’ni jamiyatni
pedagogizatsiyalash har bir fuqaroning ta’lim-tarbiya olishi zarurligini ifodalaydi.
Chunki ta’lim-tarbiya samaradorligi, ya’ni ijobiy natijasi jamiyat taraqqiyotini
ta’minlovchi omillaridan biri sanaladi. Shuning uchun hamhozirgi kunda
mamlakatimizda jamiyatni pedagoglashtirish ijtimoiy buyurtma sifatida jadal
sur’atlar bilan amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda biz ulkan pedagogik merosga
egamiz. Hamkorlik pedagogikasi bu merosda “Ustoz-shogird” an’anasi koʻrinishida
ifodalangan. Unga koʻra, ustoz shogirdiga kuchaytirilgan tarzda ta’lim va tarbiya
beradi. Tarixdan ma’lumki, bu jarayonda ota-ona yoki katta yoshli oila a’zolari
ta’lim jarayoniga aralashmagan. Natijada ustoz va shogird oʻrtasida oʻzaro ishonch
va sadoqat tarkib topgan. Shu sababli manbalarda ustoz va shogirdga nisbatan bir
talay talablar qoʻyilgan. 226 Sharq mutafakkirlari va allomalarining
ijodiymeroslarida oʻqituvchitarbiyachi mahorati, ustoz-shogird an’analariga ham
alohida oʻrin berilgan. Abu Nasr Farobiy ustoz-murabbiyga Shunday talab qoʻyadi:
“Ustoz shogirdlariga qattiq zulm ham haddan tashqari koʻngilchanlik qilmasligi
lozim”. Chunki ortiqcha zulm shogirdda ustozga nisbatan nafrat uyg‘otadi, ustoz
juda ham yumshoq koʻngil boʻlsa, shogird uni mensimay qoʻyadi va hattoki u
beradigan bilimdan sovib qolishi mumkin. Sharq mumtoz madaniyatining butun
dunyoga mashhur namoyandalaridan biri Sa’diy Sheroziy ta’lim-tarbiyada
muallimning talabchan, bilim va tarbiya berishda qattiqqoʻl boʻlishining tarafdori
boʻlgan. Uning “Guliston” asarida ustoz shogird munosabatiga oid hikoyat
keltiriladi: “Bir odam kurash san’atida zoʻr 33 mahorat qozondi, u 300 hiylani bilar
va har kuni bir hiylani ishlatib koʻrar edi. Shogirdlaridan biriga 299 hiylani oʻrgatdi.
Ammo bir hiylani oʻrgatmadi. Ustozning hurmatini bilmagan shogird ustozidan ham
ustunligini aytib maqtanadi. Bu soʻz podshoga yoqmaydi. Ularga kurash
tushmoqlarini buyuradi. Ustoz oxirgi hiylasini ishlatib shogirdini yengadi. Ustoz
hurmatini bilmagan shogird esa xaloyiq va podshohning nafratiga uchraydi”. Oʻzbek
xalqining buyuk shoiri va mutafakkiri, ulug‘ olim va davlat arbobi, jahon
adabiyotining siymolaridan biri Alisher Navoiy ijodida ham muallimlar ishi, ularga
munosabat masalalariga keng oʻrin beriladi. Navoiy bilimlarni tinmay uzluksiz
ravishda oʻrganish zarurligi, buning uchun esa maktab yoki madrasaga borib,
shogird tushib ta’lim olish kerakligini uqtiradi. U yoshlarga chuqur bilim berish
uchun muallimlar, mudarrislar hamda ustoz murabbiylarning oʻzlari ham bilimli va
tarbiyali boʻlishi zarurligini uqtiradi. U nodon, mutassib johil domullalarni tanqid
qiladi va oʻqituvchioʻqitishyoʻllarini biladigan muallim boʻlishi zarur deydi.
Masalan, Navoiy “Mahbub ul qulub” asarida maktabdorlar haqida fikr yuritar ekan,
ularning oʻta qattiqqoʻlligi, johilligi va ta’magirligini qoralaydi, kezi kelganda
ustozlik mehnatining og‘irligi, murabbiylik haqqini xolisona baholaydi. “Ular ishi
odam qoʻlidan kelmas, odam emas, balki dev qila olmas. Bir kuchli kishi 227 bir
yosh bolani saqlashga ojizlik qiladi. Lekin ustoz bolaga ilm va odob oʻrgatadi.
Darhaqiqat, muallim bu kabi hollarda yuzlab mashaqqat chekadi. Shu jihatdan
olganda bolalarda uning haqi koʻp, agar shogird ulg‘aygach, podshohlik martabasiga
erishsa ham oʻz muallimiga qulluq qilsa arziydi”. XV asrning yirik olimlaridan biri
Husayin Voiz Koshifiy oʻz asarlarida ustoz-shogird munosabatlariga keng
toʻxtaladi; “Agar shogirdlikning binosi nimani ustiga quriladi deb soʻrasalar, irodat
ustiga deb javob bergin. Agar irodat nima deb soʻrasalar, samoʻ va toatdir deb aytgin.
Agar samoʻ etish va toat nima deb soʻrasalar, nimani ustoz aytsa uni jon qulog‘i
bilan eshitish, chini bilan qabul qilish va vujud a’zolari orqali amalda ado etishidir,
deb ayt”. U shogirdlikning 8 ta odobini koʻrsatadi: 1. Birinchi boʻlib salom berish.
2. Ustozning oldida oz gapirish. 3. Boshni oldinga egib turish. 4. Koʻzni har tomonga
yugurtirmaslik. 5. Gap soʻramoqchi boʻlsa oldin ustozdan ijozat olish. 6. Ustoz
javobiga e’tiroz bildirmaslik. 7. Ustoz oldida boshqalarni g‘iybat qilmaslik. 8.
Oʻtirib turishda hurmat saqlash. Yuqoridagilar asosida Shunday xulosaga kelish
mumkinki, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida inson faoliyati obyekt-subyekt
munosabatida amalga oshadi. Ta’lim-tarbiyada obyekt-subyekt munosabatlari
oʻziga xos tarzda namoyon boʻladi. Tarbiyachining shaxsiy sifatlari va pedagogik
mahorati hamda tarbiyalanuvchining psixologik-fiziologik xususiyatlarini hisobga
olishda subyektning obyektga ta’siri kuchayadi va tarbiyaviy munosabat amalga
oshadi. Shundan kelib chiqib tarbiyalanuvchining faolligi, uning oʻz-oʻzini
tarbiyalashi oʻz xatti-harakatini nazorat qilish (oʻz faoliyatinima’lum maqsadga
yoʻnaltirish) va tarbiyachiga ishonishiga ham bog‘liq. Tarbiyalanuvchi (obyekt)ning
oʻqishda, jamoat ishlarida faolligi tarbiyaviy jarayonning samaradorligini oshiruvchi
omil hisoblanadi. Tarbiyalanuvchi va tarbiyachining faolligi va oʻzaro ishonchi, 228
ular oʻrtasidagi hurmat hamda hamfikrlilikni mustahkamlaydi. Bu esa pedagogik
hamkorlikning asosiy maqsadidir. Koʻpchilik oʻqituvchilar hamkorlikdagi didaktik
mashqlar va topshiriqlarning yetarli emasligini ta’kidlaydilar. Bunday vaziyatda
oʻqituvchilar pedagogik jarayonga ijodiy tarzda yondashgan holda mashqlar va
topshiriqlarni tanlashlari va oʻz amaliy faoliyatlarida qoʻllashlari zarur. Mavjud
qiyinchiliklarni oʻqituvchioʻquvchilarni birgalikda faoliyat koʻrsatishga undash
orqali oʻzaro hamkorlik muhitiga olib kirish bilan bartaraf etishi lozim boʻladi.
O‘qituvchi har bir kichik guruh axborotini tinglaydi va test savollari
yordamida bilimlarini nazorat qilib baholaydi. Guruhlar o‘rtasida o‘tkazilgan o‘quv
bahsi, munozara o‘quvchilar jamoasining hamkorlikda bajargan mustaqil
faoliyatining natijasi, yakuni sanaladi. Hamkorlikda ishlash natijasida qo‘lga
kiritilgan muvaffaqiyatlar sinf jamoasidagi har bir o‘quvchining muntazam va faol
aqliy mehnat qilishiga, o‘quvchilarni jipslashtirishga, avval o‘zlashtirilgan bilim,
ko‘nikma, malakalami yangi va kutilmagan vaziyatlarda qo‘llab, yangi bilimlami
o‘zlashtirishiga bog‘liq bo‘ladi. O‘quvchilarda darslik ustida mustaqil ishlash, o‘z
fikrini bayon etish, asoslash va dalillash ko‘nikmalari tarkib topganligiga ishonch
hosil qilingandan keyin guruhlarda o‘qitish metodidan foydalanish tavsiya etiladi.
|