Badiiy grafika fakulteti




Download 7.77 Mb.
bet36/37
Sana21.06.2021
Hajmi7.77 Mb.
#15154
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Xomdo’zi choki ham ikki yoqlama tekis tikiladigan bo’lib, ip tik yoki sal qiyaroq qilib tikiladi. Kashta xom ipak bilan tikilgani sababli, shu nomni olgan. Do’ppi gullarida, belbog’cha nozik geometrik naqshlar tikish va shu kabilarda bu chokdan ko’p foydalanishadi. Bu chok turi Farg’ona vodiysida, Samarqandda keng tarqalgan.

Chamak (hunariy) choki rus kashtado’zlari orasida “kozlik” nomi bilan mashhurdir. Bu chapdan o’ngga qarab ikki parallel chiziq bo’ylab bajariladi. Ip o’tkazilgan nina o’ng tomondan sanchiladi. Yuqoriga chapga tomon qiya qilib chiqariladi, pastki chiziqqa parallel ravishda to’g’ri qadaladi va pastga qiya qilib chiqariladi, shu tarzda davom etaverib, bu chokni pastdan yuqoriga ham tikkan ma’qul. Bu chok ayniqsa do’ppilarni bezashda ko’p foydalaniladi.

Baxya choki qadimdan qo’lda tikilgan, hozir ko’pincha mashina bilan tikiladi. Bu chok kashta chetlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bir tekisda tikib chiqib, keyin matoga o’girilib yana tikib chiqiladi, shu tarzda chiziq hosil bo’ladi. Baxya choklari ikki qator, shuningdek qatorlar o’zaro tutashtirib chiqilgan ham bo’lishi mumkin.



Ko’ppa choki turli yo’nalishda ya’ni chapdan o’ngga, o’ngdan chapga, yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga sidirg’a qilib tikiladi. Bunda yonma - yon tikiladigan choklar bir tekis yoki gul shakliga qarab kichikdan kattalashib, kattadan kichiklashib borishi mumkin. Bu chok sanama do’ruya, pishtado’zi nomlari bilan ham yuritiladi. Turli - tuman kashtalarda, do’ppido’zlikda keng foydalaniladi.



Download 7.77 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Download 7.77 Mb.