|
Bajardi : Musulmonov Murodbek Tekshirdi Toshkent-2024
|
Sana | 03.06.2024 | Hajmi | 116,7 Kb. | | #259842 |
Bog'liq Murodbek Toshkent Аrxitektura Qurilish Universiteti Texnologiya fakulteti Qurilish materiallari texnologiya kafedrasi Beton va temirbeton texnologiyalari To’ldiruvchilarning suv shimuvchanligini aniqlash Bajardi : Musulmonov Murodbek Tekshirdi _________________________ Toshkent-2024 To’ldiruvchilarning suv shimuvchanligini aniqlash - Reja:
- 1.To’ldiruvchilar haqida qisqacha ma’lumot
- 2. To’ldiruvchilarning suv shimuvchanligini aniqlash
- To’ldiruvchilar – bu ma'lum zarrachalar tarkibiga ega tabiiy yoki sun'iy materiallar bo’lib, bog‘lovchilar va suvning ratsional aralashmasi bilan beton xosil qiluvchi materialdir. Narxi beton va temir-beton konstruksiyalarning 30….50 % ni tashkil qiladi, shuning uchun ularni o’rganish, to’ldiruvchilarni to’g‘ri tanlash, ularni me'yorida ishlab chiqarish va qo‘llash xalq xo’jaligida katta ahamiyatga ega
- To’ldiruvchilarning suv shimuvchanligini aniqlashda
- Ishlatiladigan asbob-uskunalar: quritish shkafi, o‘lchov idishi, elektron tarozi, maxsus konteyner
- Ish tartibi. To‘ldiruvchilarning suv shimuvchanligini aniqlashda donalar g‘ovakligi asosiy omillardan biri hisoblanadi.
- To‘ldiruvchilar namligini aniqlashda namuna tarozida tortiladi va 105°Cda quritish shkafida doimiy massaga kelgunicha quritiladi. To‘ldiruvchilarning namligi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
- Bu yerda: mnam - to‘ldiruvchi namunasining tabiiy holatdagi massasi, g
- mkur - to‘ldiruvchi namunasining quruq holatdagi massasi, g
- To‘ldiruvchilarning suvshimuvchanligi Wcshm. (massa bo‘yicha % da) aniqlashda, quruq yirik to‘liruvchilar namunasi suvga 48 soat davomida solib qo‘yiladi, so‘ngra 1 soat yoki boshqa vaqtda texnik shartlar yoki texnik talablarga ko‘ra donalar yuzasidagi suvlardan qutuladi va tarozida tortib olinadi: bu yerda: mssh – suvga shimdirilgan to‘ldiruvchilar namunasining massasi, g.
- Sinash natijasida donalar yuzasidagi suvni yo‘qotish maxsus jarayonga kiritiladi. O‘zRST bo‘yicha shag‘al va shag‘al yuzasi yumshoq latta bilan artiladi. O‘zRST ga ko‘ra yirik g‘ovakli to‘ldiruvchilarning suvshimuvchanligi perforirlangan konteynerlarda aniqlanadi. Konteyner va undagi to‘ldiruvchilar namunasi birgalikda suvga solib qo‘yiladi, 10 min suvdan chiqarib qo‘yilib (ortiqcha suvdan xalos etiladi), so‘ngra tarozida tortib, hisob-kitob ishlari bajariladi. Ichki g‘ovaklarda mavjud suvni chiqarib tashlash qiyin.
- Mayda to‘ldiruvchilar uchun esa bu jaraënni o‘tkazish yanada qiyin. Shu sababli mayda to‘ldiruvchi(qum)lar uchun bunday sinovni o‘tkazish standartda ko‘rsatilmagan. G‘ovak qumning suv shimuvchanligini aniqlash AQSH standartiga ko‘ra quyidagicha aniqlanadi: qum namunasi suvda namlanadi, so‘ngra issiq havo oqimida quritiladi. Qumdan konus yasaladi. Qolip olinadi, agar konus cho‘kmasa quritish davom ettiriladi. Qachonki qolip olinganda konus cho‘ksa, u holda donalar orasidagi suvdan xalos etildi deb hisoblanadi, faqat g‘ovaklardagi suv qolgan deb hisoblanadi.
- Ws.sh.x. hamma vaqt to‘ldiruvchilar donasi g‘ovakligidan kichik bo‘ladi, chunki barcha g‘ovaklar ham suv bilan to‘lmasligi mumkin. Wsshx va Vg‘ovak dan kelib chiqib, g‘ovaklarning qaysi hajmi suv bilan to‘lishi mumkinligi haqida ma’lumotga ega bo‘lamiz.
|
| |