|
Bajardi: Esanova Adolat
|
bet | 2/2 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 430,83 Kb. | | #108136 |
Bog'liq 106-guruh Esanova Adolat media 1Axborot xurujlari – bu shaxsga, muayyan tashkilot va davlatga yo’naltirilgan ta’sir bo’lib, uning asl maqsadi o’sha shaxs, tashkilot va davlatni normal hayot tarzining buzilishini nazarda tutgan siyosiy va ijtimoiy guruhlarning g’arazli niyatlaridan kelib chiqadi, shuning uchun ham ular mohiyatan ijtimoiy psixologik hodisalardir.
Oxirgi paytlarda turli xorijiy OAV orqali tarqatilayotgan turfa xil asosli-asossiz axborotlarda odamlar ongiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan ma’lumotlar tarqatilmoqdaki, ularning ta’sirida ayrim odamlar va yaxlit ijtimoiy guruhlarda bir-biriga nisbatan ba’zan agressiv, ochiq deviant (normal xulq shaklidan chekingan) xatti-harakatlarni keltirib chiqaruvchi holatlar yuzaga kelmoqda. Bunga biz chet el OAVning 2005 yil may oyida Andijonda bo’lib o’tgan voqyealarni sharhlashlarida guvoh bo’lganmiz. O’shanda ayrim xorijlik jurnalistlar voqyealarning asl mohiyatini xaspo’shlash, noto’g’ri talqin qilish orqali jamiyatimizdagi barqarorlikka tahdid solmoqchi bo’lgan edilar. O’zbekiston OAV orqali voqyealarning xolis, ochiq bayon etilishi esa, bunday sharoitda axborot xavfsizligini ta’minlagan muhim manba rolini o’ynagan edi.
Mutaxassislar kompyuter jinotchiligining quyidagi turlarini farqlaydilar: 1) terrorizm; 2) josuslik (xalqaro va sanoat sohasidagi); 3) ekstremistik guruhlar faoliyati (siyosiy, ekologik va diniy yo’nalishlardagi); 4) uyushgan jinoyatchilik va qalloblik; 5) xakerlar faoliyati (alohida va uyushgan guruhlar). Yuqori axborot texnologiyalari sohasida esa quyidagi toifali jinoyatchilik turlari farqlanadi: a) xakerlar (ingliz tilidan olingan: hackers) – kompyuterlar va axborot tizimlarini juda yaxshi biladigan odamlar; b) krekerlar (ingl. srackers) - axborot tizimning xavfsizligini ataylab buzib, ruxsatsiz unga o’zgartirish kiritish bilan shug’ullanadigan insonlar; v) frikerlar – ( ingl. phreakers) turli xil telekommunikasiya tizimlarida qo’poruvchilik bilan shug’ullanadiganlar.
Bu kabi jinoyatchilar guruhi odatda yirik kommunikasiya tarmoqlarida qo’poruvchilik bilan shug’ullanib, bank va jamoat tartibini saqlash muassasalari tarmoqlaridagi axborot tizimini buzishga harakat qiladilar, chunki bu ishlarning tagida yotgan maqsad hamisha g’arazli bo’lib, u yirik pul mablag’lariga ega bo’lish bilan bog’liqdir. Bugungi kunda AQSh, Buyuk Britaniya, Rossiya kabi davlatlar ana shunday yirik elektron terrorizmning xavfi ostida qoldi. Bu kabi ishlarga ayrim-alohida shaxslar kirishsa, ularni tezda aniqlab topish, jazolash mumkin, lekin bunga uyushgan jinoyatchilar guruhi kirishsa, buning xavfi kattaroqdir.
Bugungi kunda biz inson hayotining asosiy qadriyatlaridan birini axborot tashkil etgan yangi davrga qadam qo’ydik. “Axborot asri” deb nom olgan XXI asrda biron-bir mamlakat yoki hududning taraqqiyotini faol axborot almashuvisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Albatta, insoniyatning tarixiy taraqqiyoti davomida jamiyat muayyan shakl va hajmda axborot, bilim almashinuvi asosida rivojlanib kelgan. Ammo hozirgi bosqichda axborot texnologiyalarining mislsiz taraqqiyoti dunyo miqyosida yaxlit axborotlashgan jamiyatni shakllantirdi. Axborotlashgan jamiyatning shakllanishi davlat va jamiyatlar hayotining barcha sohalarida jiddiy o’zgarishlarga olib kelmoqda. Hozirda axborot odamlar va jamiyat farovonligining eng muhim manbasiga aylanmoqda va rivojlangan davlatlar iqtisodiyoti tarkibida axborot texnologiyalari industriyasi eng yirik sohani tashkil etadi. Nemis tadqiqotchisi L.Nefedovning aytishicha: “Bugun tadqiqot va rivojlanishga investisiya qilinayotgan mablag’larning uchdan biri axborot texnologiyasiga yo’naltirilmoqda”1.
So’nggi davrda axborot ishlab chiqarish qiyos qilib bo’lmas darajada rivojlanmoqda. Xususan, XX asr o’rtalarida ilmiy axborot har 15 yilda ikki barobar ko’paygan bo’lsa, XX asrning oxirlariga kelib esa, har 5,5 yilda shunchadan ortib borgan. Olimlarning taxminiga ko’ra, XXI asr boshida axborotning teng barobar ko’payib borishi har 20 oyda sodir bo’ladi.
Axborotning tez sur’atlar bilan tarqalishida, avvalo, telekommunikasiya vositalarining kundan-kun rivojlanib borayotgani muhim rol o’ynaydi. (“tele”- yunoncha so’z bo’lib, “uzoq” ma’nosini beradi. Shunga asosan, telekommunikasiyani turli subyektlar o’rtasida uzoq masofaga axborot uzatish va qabul qilish jarayoni, deb ta’riflash mumkin).
|
| |