|
Bajardi: Esanova Adolat
|
bet | 1/2 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 430,83 Kb. | | #108136 |
Bog'liq 106-guruh Esanova Adolat media 1
Medianing auditoriyaga ta’siri
Bajardi:Esanova Adolat
O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti
Boshlang`ich ta`lim 106-guruh
- Axborot oqimining bir necha barobar tezlashishi, ijobiy ma’lumotlar bilan bir qatorda salbiy xarakterdagi axborotning ko‘payishi media savodxonlikka ega bo‘lish zaruratini qo‘ydi. An’anaviy tarzda media savodxonlik shaxsning adabiya sarlarni tahlil eta olish va sifatli matnlarni yaratishidan iborat bo‘lgan. Bugun media savodxonlik – axborotning nega va nima uchun uzatilayotganligini bilish demakdir. Media savodxon inson o‘ziga bu axborotni kim va nima maqsadda yaratgan? Ushbu xabar men uchun zarurmi? Degan savolni bera olishi va to‘g‘ri xulosa chiqarishi, unga nisbatan tanqidiy yondashishi lozim. Mazkur savollar nafaqatsiz oilangiz davrasida televizor ko‘rayotgan, mashinada radio eshitayotgan yoki internetdagi xabarlarni ko‘rayotgan paytda berilishi, balki har qanda y a xborotni qabul qilayotgan va unga baho berayotganda ham kerak. Bugungi axboriy muhitni tushunishda media savodxonlik muhim ahamiyat kasb e tadi. Xo‘sh, media savodxonlik nima uchun kerak? Avvalo: · Huquqiy demokratik jamiyatimizning to ‘ laqonli , faol fuqarosi sifatida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun - mohiyatini tushunish ; · OAV orqali uzatilayotgan va qabul qilinayotgan kundalik axborotni saralash ko ‘ nikmalarini shakllantirish ; · Axborot orqali inson ongini boshqarishga yo ‘ l qo ‘ ymaslik va har qanday vaziyatda to ‘ g ‘ ri qaror qabul qilish ; · Insonning vizual obrazlar ta ’ siri ostida ijobiy yoki salbiy tomonga o ‘ zgarishlarini tahlil eta olish va vizual xabarlar ostida beriladigan ko ‘ rinmas ma ’ lumotlarni “ o ‘ qi y o lish ”;
- OAV orqali beriladigan matn li kommunika ts iyalar mohiyatini tahlil e tish; · Axborot qayerdan, kim tomonidan va nima maqsadlarda uzatilayapti, kimning manfaatlarini o‘zida aks e ttirayapti, degan savollarga javob topa olish uchun zarurdir. Media savodxonlik tushunchasi borasida turli fikrlar mavjud bo‘lib, AQShning Jamiyat xususidagi xalqaro e nsiklopediyasida qayd e tilishicha, “Media savodxonlik — inson jamiyatdagi fuqaro sifatidagi mas’uliyatini his qilgan holda faol va savodli bo‘lishi, media matnlarni qabul qila olishi, yaratishi, tahlil eta olishi va baholashi, zamonaviy mediani ijtimoiy-madaniy va siyosiy mazmunini tushuna olishi demakdir”. Medi a savodxonlikning maqsadi har bir medianing ustuvorliklari va kamchiliklarini tushungan holda ular tomonidan tarqatilayotgan axborotni saralay bilish va zarurini qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘lsa, asosiy vazifasi insonlar tomonidan iste’mol qilinadigan har qanda y a xborotning manipulyativ kuchini anglagan holda undan chegaralanishdir. Shuningdek, odamlarga OAV hamda fuqarolik jurnalistika rolini tushunishga yordam berishdir. Fikrimizcha, media savodxonlik media ta’limning uzviy bog‘liq qismidir. Shu bilan birgalikda uning ko‘rinishlari ko‘paymoqda. Bugungi kunda medianing tahlil e tilishi natijasida tilimizga kirib kelayotgan tushunchalar, ya’ni media savodxonlik, media ta’lim, mediani o‘rganish va boshqalar bir-biri bilan bog‘liq bo‘lsa-da, media axborotni qabul qilish, saralash, tahlil e tish, baholashda media savodxonlik tushunchasi bilan birgalikda media ta’lim, mediani o‘rganish, media madaniyat tushunchalari ham qo‘llanilyapti.
Media ta’lim – media o‘quv dasturida integrallashgan, fanlar aro asosida o‘rganilishini; – «mediamavzu»ni aniq bir fan doirasida tahlil e tilishini; – amaliyish va tahlil orqali mediaga tanqidiy yondashishni; – uning shakli, texnologiyalari, axborotni uzatish usullarini o‘rganishni; – media agentliklarni, ularning ijtimoiy, siyosiy va madaniy rolini o‘rganishni; – talabaning OAV bilanishlashini; – tadqiqot faoliyatini; – medianing til va san’at orqali auditoriyaga ta’sirini o‘rganadi. Mediani o‘rganish e sa o‘z navbatida: – mediani nazariy jihatdan o‘rganishni; – mediani qiyosiy jihatdan tahlil e tishni; – uning konseptual tarkibini; – media matnni tahlil e tish va uning yaratilish metodikasini; – ommaviy kommunika ts iya, kino san’ati va madaniyatshunoslik fanlarining o‘zaro bog‘liqligini; – OAVning ta’sirini o‘rganadi.
- Media savodxonlik mediani o‘rganish bo‘lib, media ta’limning quyidagi natijalariga asoslanadi va o‘z oldiga: – medianing shaxs va jamiyatga ta’sirini tushunish; – ommaviy kommunika tsi ya jarayonini anglash; – media matnlarni tushunish va tahlil eta olish; – media kontekstini tushunish; – media matnlarni yaratish va ularni tahlil e tish; – media matnlarni baholashga va ularni saralash vazifalarini qo‘yadi. Bugungi kunda media, ya’ni ommavi y a xborot vositalari, kino, teatr, san’atning turlari, madaniyat sarchashmalari, internet orqali uzatilayotgan har qanday ma’lumot insonongiga o‘zining ma’lum bir ta’sirini o‘tkazib, uning dunyoqarashini o‘zgartirishga sabab bo‘lmoqda. Yuqorida tilga olingan tushunchalarning qo‘llanilishi va bugungi kunda media ta’lim, media savodxonlik, media tanqid va mediani o‘rganishga bo‘lgan i ntilishning asosiy maqsadi ham axborotning yaratilishi, uningtarqalish jarayonini tushunib ye tish, tijorat, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va madaniy maqsadlarda tarqatilayotgan axborotning mohiyatini anglagan holda uni bahola y o lishdir. Ayni paytda media ta’lim asoslarini har bir ta’lim muassasasiga o‘quv dasturiga kiritish, o‘quvchila yoshlarga maktablarda ta’lim jarayonida uning asoslarini interaktiv, turli o‘yinlar shaklida tushuntirish, o‘sib kelayotgan avlod tomonidan shiddatli axborot oqimida zarurini tanlash va unga tanqidiy yondoshgan holda bahola y o lish imkonini beradi. Bu esa o‘z navbatida yoshlarning kelajakdagi fuqarolik pozi ts iyasini yanada mustahkamlanishiga, jahonda yuz berayotgan voqea-hodisalarni xolis baholab, to‘g‘ri qaror qabul qila olishiga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Hozirgi zamonda axborotlardan samarali foydalanish mamlakat xavfsizligini va demokratik axborotlashgan jamiyatni muvaffaqiyatli shakllantirilishini ta’minlaydi. Bunday jamiyatda axborot almashinuv tezligi yuksaladi, axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish, uzatish ilg‘or axborot kommunikatsion texnologiyalarni qo‘llash keng ko‘lamda amalga oshiriladi va bu o‘z navbatida axborotlashgan jamiyatni tezlik bilan shakllanib borishiga imkon yaratadi. “Hozirgi globallahuv sharoitida mentalitetimizga xos bo‘lmagan buzg‘unchi kuchlarning ma’naviy-mafkuraviy tahdidiga qarshi kurashchanlik, jaholatga ma’rifat bilan javob berish, ular xatti-harakatlari keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni tushunish muhim ahamiyat kasb etadi8. Bugungi globallashuv jarayonlarida axborot dunyosida davlat chegaralari degan tushuncha yo‘qolib bormoqda.
Shuning uchun ham mavjud axborotlarga noqonuniy kirish, ulardan foydalanish va o‘zgartirish, yo‘qotish kabi muammolardan yoshlarni himoya qilish dolzarb masala bo‘lib qoladi. Mutaxassislarning fikricha, hozirda axborot iqtisodiyotning eng serdaromad manbaiga aylanib bormoqda. AQSH strategik tadqiqotlar institutining ma’lumotlariga ko‘ra, axborot mahsulotiga sarflangan har bir dollar, yoqilg‘i-energetika sohasiga sarmoya qilingan 1 dollardan ko‘ra bir necha barobar ko‘p foyda berar ekan. Bu faqat uning iqtisodiy jihati, uning siyosiy jihati esa o‘z shaxsiy manfaatlariga o‘ta arzon, o‘ta qulay yo‘llar bilan erishish sifatida qaralmoqda. Shu nuqtai nazardan bugungi kunda axborot omili ham siyosiy, ham iqtisodiy jihatdan ayrim kuchlar manfaatiga aylanib bormoqda. Shuning uchun ham davlatlarning milliy xavfsizligini ta’minlashda siyosiy, iqtisodiy, harbiy omillar bilan bir qatorda uning axborot jihatlari borgan sari dolzarblashmoqda. Shu nuqtai-nazardan globallashuv jarayonlarining dolzarb mavzularidan biri sifatida informatsion tahdidlarga qarshi kurashishda yosh avlodda media savodxonlik va axborot xavfsizligini ta’minlash maqsadida bir qancha islohotlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda 18 yoshgacha bo‘lgan yoshlar aholing 40 foizini, 30 yoshgacha bo‘lganlar esa 64 foizdan ko‘prog‘ini tashkil etadi. Mana shu yosh avlodda media savodxonlikni shakllantirish hamda axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari borasida bir qancha huquqiy me’yoriy asoslar yaratildi. Jumladan, axborot xavfsizligini ta’minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga o‘z vaqtida va munosib qarshilik ko‘rsatish borasidagi vazifalar O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining beshinchi ustuvor yo‘nalishida ham belgilab berildi.
2017 yil 8-sentyabrda qabul qilingan “Bolalarni ularning sog‘lg‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni esa voyaga yetmagan bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Ushbu qonunga binoan axborot mahsulotining yoshga oid tasnifi- uni bolalarning quyidagi yosh toifalaridan biriga kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi: yetti yoshga to‘lmagan bolalar uchun axborot mahsuloti “0+”, yetti yoshga to‘lgan bolalar uchun axborot “7+”, o‘n ikki yoshga to‘lgan bolalar uchun axborot mahsuloti “12+”, o‘n olti yoshga to‘lgan bolalar uchun axborot mahsuloti “16+”, bolalar uchun taqiqlangan axborot mahsuloti “18+” yozuvini aks ettirishi kerak. Albatta bu axborotlardagi yosh tasnifi faqat televideniyedagi axborotlar xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Bunda ota-onalar ham hushyor bo‘lishi talab etiladi. Shu bilan birga maktab yoshidagi o‘quvchilarda media savodxonlik va axborot xavfsizligini ta’minlash masalasi 2017-yil 6-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida ham keltirilgan. Jumladan, o‘quvchilarda fanga doir kompetensiyalarni tayanch kompetensiyalar bilan birgalikda shakllantirish masalasi ko‘tarilgan. Aynan tayanch kompetensiyalardan biri esa axborotlar bilan ishlash kompetensiyasidir. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Agar o‘quvchida yosh xususiyatini hisobga olgan holda, bosqichma-bosqich axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi shakllantirilsa, unda media savodxonlik, media madaniyat o‘z-o‘zidan takomillashib boradi. Bu esa o‘quvchi yoshlarda axborot xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Media madaniyat bu - turli media asarlarni tahlil qilish, baholash, yaratish uchun zarur bo‘ladigan bilim, ko‘nikma va malakalar yi’indisidir. Ukrainalik pedagog olima S.M. Sterdenko media madaniyatni yuqori qo‘yishni shunday tasvirlaydi: 1) uning media bog‘lanishlari soni va davomiyligi rejalashtirilgan bo‘ladi; 2) o‘ziga kerakli axborotni to‘g‘ri tanlay oladi; 3) axborotga tanqidiy yondashadi, chunki medianing zararli ta’sirlarini biladi, qarshisida ochilgan mediamatnni o‘z filtridan o‘tkazib, keyin qabul qiladi; 4) mediamahsulotdan foydalanishda axloq me’yorlariga amal qiladi; 5) mediamahsulot yarata oladi.
Aynan mana shu media madaniyat yoshlarni axborot xavsizligidan himoya qilish bilan birga ularni frilanserlik bozorida ham o‘z pozitsiyasiga ega bo‘lishiga yordam beradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, “upworking.com”da Oliy ta’limda ham o‘qimagan tuman yoshlari uyda o‘tirib 10 million so‘m daromad topmoqda. Bu faoliyatni qo‘llab-quvvatlashning ham huquqiy asosi qabul qilindi. Jumladan, 2020 yil 8-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini-o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida shunday ko‘rsatildi. “Internet tarmog‘i orqali xizmatlar ko‘rsatuvchi (ishlar bajaruvchi) o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga (frilansing) quyidagi huquqlar berilsin: ko‘rsatilgan xizmatlar (bajarilgan ishlar) uchun chet eldagi jismoniy va yuridik shaxslar – norezidentlardan xorijiy valyutadagi to‘lovlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga tegishli ma’lumotlarni kiritmagan holda O‘zbekiston Respublikasining banklaridagi hisob raqamlariga qabul qilish; shartnoma tuzmasdan, kelishuv to‘g‘risidagi ommaviy taklifni (oferta) qabul qilish yoki elektron yozishmalar almashish yoxud hisob-kitob fakturalarni, shu jumladan, elektron shaklda taqdim qilish yo‘li bilan chet ellik jismoniy va yuridik shaxslarga xizmatlar ko‘rsatish (ishlar bajarish). Umuman olganda, bugungi globallashuv jarayonlarida yoshlar media savodxonligi va axborot xavfsizligini ta’minlash uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Faqatgina biz yoshlarni o‘rab turgan muhit ularni bu jarayonlarda to‘g‘ri yo‘lga boshlashimiz hamda nazoratni kuchaytirish orqali ularni yangi-yangi innovatsion faoliyatga undashimiz darkor.
Globallashuvdavrida axborot madaniyati zarurati
Bajardi:Esanova Adolat
O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti
Boshlang`ich ta`lim 106-guruh
Globallashuv jarayoni hozirgi zamonning eng dolzarb va shiddat bilan ommalashayotgan muammosiga aylanib bormoqda. Globallashuvning salbiy oqibatlari uning ijobiy ko’rinishlarini tobora yo’qolishiga sabab bo’lmoqda. Aslida ham shundaymi? Globallashuv tushunchasining asl mohiyati nimada? Bu tushuncha XX asrning 80-yillari boshlarida amerikalik olim T. Levitt tomonidan iqtisodiy tushuncha sifatida uning "Garvard biznes revyu" jurnalida ilk marotaba qo’llanilgan edi. Mazkur maqolada u dunyoda iqtisodiy integrasiyaning ijobiy omili va milliy iqtisodiyotning natijali o’zgarishga ko’makchi sifatida qabul qilingan edi. Hozirgi davrda globallashuv ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy jarayon sifatida keng o’rganilmoqda. Hammamizga ma’lumki, globallashuv jarayonidan ikki xil maqsadda foydalaniladi: ezgulik va yovuzlik. Ezgulikni maqsad qilgan harakatlar davlat va jamiyat taraqqiyoti uchun xizmat qiladi. Yovuzlik maqsadida qilingan harakatlar esa davlat va jamiyat tanazzuliga xizmat qiladi.
Globallashuv jarayoni jamiyatning barcha sohalariga birdek o’zining keskin ta’sirini o’tkazmoqda. Dastavval iqtisodiy sohada namoyon bo’lgan ushbu tushuncha dunyoda axborot almashinuvining o’sishi bilan madaniyat, ilm-fan sohasiga ham kirib keldi. Globallashuvning avj olishi millat «chegaralarini» yo’q qilib yubormoqda, ommaviy ma’naviyatni shakllantirishga olib kelmoqda. Buning natijasida har bir millatga xos bo’lgan urf-odat, an’ana, qadriyatlar o’z ahamiyatini «yo’qota» borish xavfi yuzaga kelmoqda. Bu millatning ma’naviy qashshoqlashuvi sodir bo’lishga, ularning o’zligini anglamaydigan manqurtlariga olib keluvchi tahdidlarni yuzaga keltirmoqda.
Mafkuraviy globallashuv sharoitida ulkan industriyaga aylanib ulgurgan kinematograf inson ongi va qalbi uchun kurashning muhim bo’g’iniga aylandi. Jahon kinosi rivojiga o’ziga xos ta’sir ko’rsatgan, undagi ko’plab yo’nalishlarni belgilab bergan, bugun ham shunday ta’sir quvvatini saqlab qolayotgan Gollivudda yiliga taxminan 1000 ta film ishlab chiqariladi. Dunyo bo’yicha esa uning soni o’n mingdan ortiqni tashkil etadi.
Mafkuraviy globallashuv saviyasi past, axloqsizlik, tubanlik va yovuzlikni targ’ib qiladigan «san’at asarlari»ning keng tarqalishiga zamin yaratmoqda.
Yoshlar o’zining harakatchanligi va yangilikka intiluvchiligi hamda bo’sh vaqt resursiga egaligi tufayli yuksak kommunikativ faollik ko’rsatishadi. Ularga xos bunday xususiyatlar salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Bu ularning «yumshoq erotika»dan tortib “ochiq pornografiya”gacha, tajovuzkorlikdan tortib, ochiq vahshiylikkacha bo’lgan hodisalarni o’zida mujassam etayotgan, turli shakllar va “go’zal” ko’rinishlarda inson ongiga kuchli tazyiq o’tkazadigan kinoobrazlar yordamida tobora faolroq amalga oshirilayotgan agressiv g’oyaviy ta’sirga berilib ketish xavfining mavjudligi bilan belgilanadi.
Zero, Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlaganlaridek, “...ongi shakllanib ulgurmagan aksariyat yosh tomoshabinlar bunday filmlardan ko’pincha turli yovuzlik, yirtqichlik, shafqatsizlikni o’rganadi, xolos. Natijada ularning diydasi qotadi, qalbidan toshbag’irlik, zo’ravonlik, axloqsizlik kabi illatlar joy olganini o’zi ham sezmay qoladi. Hatto shunday tomosha va filmlarning qahramonlariga ko’r-ko’rona taqlid qilishni istaydigan yigit-qizlar ham topiladi. Chunki, ular bunday uydirma talqinlar ta’sirida qo’l urayotgan ishi qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishini tushunib yetmaydi”.
Internet bugungi axborot makonining muhim bo’g’iniga aylandi. Hozirda internetdan nafaqat kompyuter tarmog’i, balki kosmik aloqa yo’ldoshlari, radiosignal, kabel televideniyesi, telefon, uyali aloqa orqali ham foydalanish mumkin. Internet kishilar hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. 1 milliard 250 million kishi u yoki bu darajada undan foydalanishi ham mazkur fikrlarning to’g’riligini tasdiqlaydi.
Shu bilan birga, internet bir qator salbiy jihatlarni ham keltirib chiqarmoqda. Unda o’z-o’zini o’ldirishning oson yo’llarini targ’ib qiluvchi 9 mingdan, erotik mazmunga ega 4 mingdan ziyod saytlarning mavjudligi ham buning isboti bo’la oladi. Mutaxassislar o’tkazgan maxsus tadqiqotlar, barcha mavjud saytlarning taxminan 12 foizi pornografik xarakterga egaligini ko’rsatadi. Mavjud maxsus dasturlar internet tarmog’idagi pornografiyaning faqat 90 foizinigina filtrlaydi, ya’ni komyuterdan foydalanuvchining ixtiyoridan tashqarida ekranda paydo bo’lishi yo’liga to’siq qo’ya oladi. Demak, qanchalik harakat qilinmasin pornografik mazmunga ega saytlar internetdan foydalanuvchilarning xohish-istagidan qat’i nazar, ularning ixtiyorini torta oladi. Jumladan, tadqiqotlarda 42 foiz bolalar va o’smirlar onlayn pornografiya ta’siriga tushishi qayd qilinadi.
Shuningdek, mutaxassislar ma’lumotlariga ko’ra, internet orqali tarqatiladigan komyuter o’yinlarining 49 foizi sezilarli darajada zo’ravonlik va yovuzlik ko’rinishiga ega, 41 foiz jangari (turli otishmalar va portlashlarga asoslangan) o’yinlarda esa, o’yin qahramoni o’z maqsadiga yetishish uchun shunday zo’ravonlik va yovuzlik sodir etadi. 17 foiz o’yinlarda ana shu zo’ravonlik va yovuzlikning o’zi bosh maqsad hisoblanadi.
Globallashuv sharoitida ommaviy axborot vositalarining o’rni haqida gap ketar ekan, masalaning yana bir muhim jihatiga e’tibor qaratish lozim. Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlaganlaridek, “Bugungi kunda yoshlarimiz nafaqat o’quv dargohlarida, balki radio-televideniye, matbuot, Internet kabi vositalar orqali ham rang-barang axborot va ma’lumotlarni olmoqda. Jahon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda bolalarimizning ongini faqat o’rab-chirmab, uni o’qima, buni ko’rma, deb bir tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan o’rab olish, hyech shubhasiz, zamonning talabiga ham, bizning ezgu maqsad-muddaolarimizga ham to’g’ri kelmaydi. Nega deganda, biz yurtimizda ochiq va erkin demokratik jamiyat qurish vazifasini o’z oldimizga qat’iy maqsad qilib qo’yganmiz va bu yo’ldan hyech qachon qaytmaymiz”.
“Kimki axborotga ega bo’lsa, u, dunyoga egalik qiladi”,- degan fikr bugungi kunda barcha tomonidan e’tirof etilgan. Shunday ekan, har bir fuqaromizda axborot olami imkoniyatlaridan oqilona foydalanish malakasini shakllantirish, ularda axborot iste’moli madaniyatini tarbiyalash hayotiy-amaliy ahamiyatga ega. Buning uchun esa, eng avvalo, har bir inson u yoki bu axborotni eshitar ekan, hyech bo’lmaganda “Bu axborotni kim uzatayapti?”, “Nima uchun uzatayapti?” va “Qanday maqsadda uzatayapti?” degan savollarni o’z-o’ziga berishi, unga asosli javob topishi kerak bo’ladi. Ana shundagina turli g’oyalar ta’siriga tushib qolishning oldi olinadi. Kishilarda axborot iste’moli madaniyati shakllangan bo’lsa, milliy qadriyatlarimizga zid bo’lgan xabar, ma’lumotlarni baholash paytida, albatta, har bir shaxsning o’z qarashlari, qadriyatlar tizimi muhim rol o’ynaydi. Lekin, aksariyat hollarda bunday paytda, ayniqsa, baholanilayotgan hodisa o’zga madaniyatga tegishli bo’lsa, o’zimiz mansub bo’lgan madaniyat, ruhimizga singdirgan qadriyatlar tizimi ustuvor bo’ladi va butun bo’y-basti bilan o’zligini namoyon qiladi hamda tanlanish, seleksiya sodir bo’ladi, madaniyatdagi barqarorlik, har bir davrdagi ayniylik, o’ziga xoslik, ayni paytda, davomiylik, vorislik ta’minlanadi.
Hindistonning taniqli siyosiy arbobi Maxatma Gandining memuarlarida shunday so’zlar bor: “Men uyimning darvoza va eshiklarini mahkam berkitib o’tira olmayman. Chunki unga toza havo kirib turishi kerak. Va shu barobarida eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul bo’lib, xonadonimni ag’dar-to’ntar qilib, o’zimni yiqitib tashlashini ham xohlamayman”. Bu so’zlarni bugungi globalizasiya, informasion xurujlar va turli xil ma’lumotlarning turli yo’llar bilan mamlakatimizga kirib kelib, yoshlarimizni har tomonlama ma’naviy jihatdan yetuk qilib tarbiyalash jarayonlariga nafaqat ijobiy, balki ba’zan salbiy ta’sir ko’rsatayotgan bir davrda yana va yana psixologik tahlil qilish, turli mafkuraviy tahdidlardan muhofaza etishning omillari va vositalarini izlab topib, amaliyotga joriy etish o’ta dolzarbdir.
“Axborotlashgan jamiyat” iborasini ilk bor yapon olimi Yu.Xayashi va bir necha yapon tashkilotlari qo’llashgan. Xususan, Yapon Iqtisodiy rejalashtirish Agentligi hamda kompyuterlar ishlab chiqish va ishlatish instituti 1969-1971 yillar bo’yicha hisobotlarida axborotlashgan jamiyat kompyuterlashtirish jarayoni odamlarga ishonchli axborot manbalaridan foydalanish imkoniyatini beradigan, ularni eskirgan va samarasiz ishlardan xalos etadigan, ishlab chiqarishni yuqori darajada avtomatlashtirilishini ta’minlaydigan jamiyat sifatida talqin etilgan.
Axborotlashgan jamiyat xususiyatlari, inson va jamiyat hayotidagi o’rni masalasi keyinchalik qator mutaxassislarning diqqat markazida bo’ldi, bu borada yangi nazariyalar ishlab chiqildi. Mazkur qarash va konsepsiyalarda, asosan, ikki fikr ustuvorlik qiladi: 1. Axborot inqilobi taraqqiyotning tabiiy va qonuniy natijasi bo’lib, uning jarayonida butun insoniyat tamaddunining yagona va yaxlit axborot makoni shakllanadi. 2. Bunda hokimiyatning “shaffofligi” (ochiqligi), axborotdan barcha uchun yalpi foydalanish imkoniyati hamda ijtimoiy qarorlar qabul qilishning demokratik usullariga asoslangan jamiyat boshqaruvining gumanistik tamoyillari tantana qiladi. Darhaqiqat, “bugungi dunyoda mislsiz ilmiy kashfiyotlar, ulkan texnikaviy imkoniyatlar, universal texnologiyalar, axborot tarqatishning globallashuvi, ya’ni ularning butun kurrai zaminni qamrab olish jarayoni shiddat bilan bormoqda... Aslida axborot sohasidagi globallashuv insoniyat uchun, dunyoning barcha hududlaridagi odamlarning o’zaro muloqoti uchun, ilm-fan va madaniy boyliklarni o’zlashtirish uchun ulkan imkoniyatlar yaratadigan jarayondir”1.
..
Oxirgi yillarda dunyo miqyosida axborot texnologiyalarining keskin rivojlanib ketayotganligi, Internet tizimining barcha davlatlar, madaniy xududlar, barcha yoshdagi insonlar uchun qulay axborot almashinuvi vositasiga aylanib borayotganligi munosabati bilan xavfsizlikning o’ziga xos bir turi - axborot xavfsizligi tushunchasi paydo bo’ldi. Axborot xavfsizligi – aslida jamiyatning obyektiv, xolis, haqqoniy axborot manbaiga ega bo’lishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni nazarda tutadi. Albatta, bunga mustaqil axborot vositalari orqali aholiga yetib keladigan ma’lumotlar oqimi ham kiradi. Bu vositalar aynan mustaqil bo’lganliklari uchun ham birinchi navbatda moliyaviy, qolaversa, siyosiy va boshqa tomonlardan hyech bir siyosiy kuch, alohida davlat yoki ijtimoiy qatlamning manfaatlariga xizmat qilmasliklari kerak. Chunki mustaqil OAV aslida odamlarda sodir bo’layotgan turfa xil jarayonlarga nisbatan xolis fikrning shakllanishiga imkon berishi lozim. Lekin amaliyotda ming afsuski, har doim ham shunday bo’lavermaydi va jamiyat o’z a’zolarini, ayniqsa yosh avlodni turli axborot xurujlaridan himoya qilishga majbur bo’ladi.Axborot xurujlari turlicha bo’lgani uchun unga nisbatan xavfsizlik choralarini ko’rish ham turli sohalarda (siyosat, iqtisodiyot, mudofaa) va turli jabhalarda (davlat miqyosida, xududiy, tashkilish, shaxsiy) amalga oshiriladi. Ya’ni, davlat miqyosida axborot xavfsizligini ta’minlashga aloqador bo’lgan ishlar muayyan bir tashkilot doirasida amalga oshiriladigan axborot xavfsizligidan, ayrim alohida shaxsni yoki ijtimoiy tabaqani bunday xavflardan muhofaza qilishdan farq qiladi. Birinchisida gap milliy manfaatlarni himoya qilish to’g’risida ketsa, ikkinchi holatda, tashkilotdagi muayyan ijtimoiy guruhlararo axborot almashinuvida bo’hton, tuhmat, mish-mishlar tarqatishga bog’liq bo’lgan salbiy holatlar, shaxslararo darajada esa muayyan ijtimoiy guruhning, masalan, yoshlar guruhining manfaatlarini himoya qilish nazarda tutiladi. Lekin barcha holatda ham, axborot xurujlariga odamlarning normal faoliyatlari uchun xalaqit beruvchi omil sifatida, ongga salbiy ta’sir etuvchi omil sifatida qaraladi.
|
| |