|
Bajardi: Ro’ziyev d qabul qildi: Kubayev S. Samarqand –2024 Yongʼinga qarshi oraliqlar. Evakuatsiya haqida maʼlumot Reja
|
bet | 2/2 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 23,46 Kb. | | #234411 |
Bog'liq Hayot xafsizligi.2Dokumentatsiya va rejalar:
Yongʼin xavfsizligi qoidalari: Bino yoki tashkilotlar uchun yongʼin xavfsizligi boʼyicha maxsus qoidalar ishlab chiqish va ularga rioya qilish.
Tahlil va baholash: Yongʼin yuzaga kelganidan keyin yuz bergan holatlar va ularga javobni baholash, kelgusi holatlar uchun ularni rivojlantirish.
Yongʼinni erta aniqlash tizimlari va ularni qoʼllash rejalari insonlar va mulk uchun xavfsizlikni taʼminlashda muhimdir. Ular insonlarning hayoti va bino mulkini himoya qilish uchun kerakli choralarni koʼrishda yordam beradi.
2.
Bino va inshootlarda odamlarni xarakatlanishi zaruriy funksional jarayon hisoblanadi. Bu jarayonni kechish sharoitiga qarab odamlarni harakati meʼyoriy yoki majburiy holatda boʼlishi mumkin. Birinchisida odamlarni bino va inshootlarda kundalik ehtiyoj yuzasidan normal harakatlanishi bilan ifodalansa, ikkinchisiga bino yoki xonalardan yongʼin yoki zilzila sharoitida odamlarni xavfli muhitdan xavfsiz joyga majburiy koʼchish uchun moʼljallangan harakati tushiniladi. Majburiy evakuatsiya jarayoni ikki-toʼrtta pogʼonada oʼtkaziladi.
Birinchi pogʼona bu binoning oxirgi qavatida eng chetda joylashgan xonadagi chiqish eshigidan maksimal uzoqlashgan ish joyidan odamlarni koridorga chiqishidir. Bularga barcha bino va inshootlarning yuqori qavatidagi xonalari kiradi. Ikkinchi pogʼonaga odamlarni xonaning chiqish eshigidan to zinaxona eshigigacha boʼlgan masofani bosib oʼtishi uchun moʼljallangan harakati kiradi.Bunda harakatlanuvchi oqim koridor boʼylab oʼtadi. Аgar bino bir qavatli boʼlsa, evakuatsiya ikkinchi pogʼonadan soʼng tugashi mumkin.
Uchinchi pogʼonaga odamlarni yuqorigi qavatning zinaxonaga kirish eshigidan to birinchi qavatda zinaxonadan chiqish eshigigacha boʼlgan masofani bosib oʼtish uchun qilingan harakati kiradi.
Toʼrtinchi pogʼonaga odamlarni zinaxonadan chiqqandan keyin vestibyul yoki foe va tambur orqali tashqariga chiqish eshigigacha boʼlgan masofani bosib oʼtishiga qaratilgan harakati kiradi.
Sanoat korxonalari bino va inshootlarida odamlarni harakatlanib yurishi, yordamchi vazifalarga kiradi va uni amalga oshirish uchun maxsus maydonlar (yoʼlaklar, zinapoyalar, kirish va chiqish joylari) ajratiladi.
Fuqaro va jamoa binolaridagi aloqa xonalari xisoblanmish qismida (koridor, dahliz, rovon-foe, zinaxona va b.r.) esa odamlarni harakatlanishi asosiy funktsional jarayonga kiradi. Аloqa tarmoqlari atalmish bunday xonalarning satxi koʼpchilik hollarda, binoning umumiy foydali maydonining 30% dan ziyodroq qismini tashkil etadi. Bunday xonalar bino va inshootlarda qanchalik toʼgʼri joylashtirilgan boʼlsa, ularni loyihaviy echimlari shunchalik foydalanish uchun qoʼlay boʼladi.
Evakuatsiya yoʼllari deb, bino va inshootlarda xavfli holat yuzaga kelganda, odamlarni bino ichida joylashgan doimiy ish joyidan, qisqa vaqt ichida tashqariga olib chiqadigan elementlar tizimiga aytiladi.
Bunday elementlarga odamlarni doimiy ish joyidan eng qisqa yoʼl bilan tashqariga olib chiqadigan yoʼnalish boʼylab joylashgan yoʼlaklar, koridorlar, dahliz, zinaxonadagi zinapoyalar va maydonchalar, darvozaxonalar-vestibyul, tambur (kirish darvozalari orasidagi maxsus xona), chiqish eshiklari va boshqalar kiradi.
Evakuatsiya vaqtida binodan chiqish eshiklariikkitadan kam boʼlmagan holda loyihalashtiriladi. Xonalardan chiqish eshiklari va binodan chiqish darvozalari bir-biridan maʼlum masofada uzoqlashtirilgan boʼladi.
Аgar xonaning maydoni katta boʼlib, undan chiqish eshiklari ikkitadan ortiq boʼlsa, ular orasidagi eng qisqa masofa quyidagi formula orqali aniqlanadi L ≥ 1,5P P - xona maydonining tomonlar yigʼindisi, m.
Evakuatsiya vaqtini aniqlashda lift va escalator uskunalaridan foydalanish xisobga olinmaydi.
3.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yongʼin xavfsizligi qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin: odamlarning hayoti va sogʼligʼini, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni yongʼinlardan himoya qilish yuzasidan umumiy yongʼin xavfsizligi talablari; yongʼin kelib chiqishi xavfi yuqori boʼlgan ishlarni amalga oshirishda hamda muhandislik asbob-uskunalaridan foydalanishda yongʼin xavfsizligi talablari; ishlab chiqarish, ijtimoiy, qishloq xoʼjaligi, qurilish va boshqa sohalardagi obʼektlar hamda maʼmuriy binolar uchun yongʼin xavfsizligi talablari. Oʼzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi: Oʼzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʼzbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda ushbu qarorning maqsadi hamda mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin; aholi, shu jumladan, tadbirkorlik subʼektlari orasida muntazam ravishda yongʼin xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirish va tushuntirish yuzasidan tizimli targʼibot va tashviqot ishlarini olib borsin; manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʼzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʼrinbosari А.J. Ramatov hamda Oʼzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi T.А. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin. Oʼzbekiston Respublikasining Bosh vaziri А. АRIPOV Toshkent sh., 2020 yil 20 oktyabrь, 649-son Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 oktyabrdagi 649-son qaroriga
ILOVА
Yongʼin xavfsizligi qoidalari I boʼlim. Umumiy qoidalar 1-bob. Qoidalarni qoʼllash sohasi
Ushbu Yongʼin xavfsizligi qoidalari (keyingi oʼrinlarda — Qoidalar) «Yongʼin xavfsizligi toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq odamlarning hayoti va sogʼligʼini, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni yongʼinlardan himoya qilish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi hududida umumiy yongʼin xavfsizligi talablarini belgilaydi.
Qoidalar davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʼjalik birlashmalari, fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlari hamda tashkiliy-huquqiy shaklidan va idoraviy boʼysunuvidan qatʼi nazar boshqa tashkilotlar (keyingi oʼrinlarda — tashkilotlar), ularning xodimlari, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar va fuqarolar uchun majburiydir.
2. Yongʼin xavfsizligini taʼminlashda ushbu Qoidalar bilan birga «Yongʼin xavfsizligi toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan yongʼin xavfsizligi talablarini oʼz ichiga olgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga amal qilish lozim.
3. Yongʼin xavfsizligi sohasiga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda idoraviy hujjatlar talablari ushbu Qoidalarda belgilangan talablardan past boʼlmasligi kerak.
4. Ushbu Qoidalar: oʼrmon xoʼjaligi hududlarida; kon qazilma va shaxta inshootlarida; portlovchi materiallar ishlab chiqarilayotganda, tashilayotganda, saqlanayotganda, ulardan foydalanilayotganda va ular utilizatsiya qilinayotganda; sanoat uchun moʼljallangan portlovchi materiallardan foydalanilgan holda portlatish ishlarini olib boruvchi tashkilotlarda; havo, suv, temir yoʼl, avtomobilь transporti hamda elektr transportida yongʼin xavfsizligini taʼminlash boʼyicha talablarni belgilamaydi
4.
Respublika tez tibbiy yordam markazi (keyingi oʼrinlarda — Markaz) va uning 14 ta hududiy filiali tez tibbiy yordam xizmati hamda tibbiy avtoxoʼjaliklar negizida tashkil qilinsin va tez tibbiy yordamning yagona vertikal boshqaruv tizimi yoʼlga qoʼyilsin.
Belgilansinki: Markaz Qoraqalpogʼiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi tez tibbiy yordam faoliyatini respublika boʼyicha muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi; tez tibbiy yordam xizmati xodimlari hamda maxsus avtotransport vositalari (ehtiyot qismlar, yoqilgʼi-moylash materiallari va boshqalar), dori vositalari va sarflash materiallari, tibbiy jihozlar taʼminoti Markazning hududiy filiallariga oʼtkaziladi;
Markaz va uning hududiy filiallarida situatsion muvofiqlashtiruvchi boʼlimlar tashkil etilib, tuman (shahar) va hududlardagi tez tibbiy yordam tizimi faoliyatini tahlillar asosida boshqaradi va takomillashtirish boʼyicha takliflar kiritadi; Sogʼliqni saqlash vazirligi tizimidagi avtoxoʼjaliklar tarkibidagi tez tibbiy yordam avtotransport vositalari Markazning hududiy filiallari tarkibiga oʼtkaziladi hamda avtotransport vositalariga texnik xizmat koʼrsatish autsorsing shartnomalari asosida amalga oshiriladi; tez tibbiy yordam avtotransport vositalarida yoqilgʼi-moylash materiallarining sarfi elektron dastur orqali nazorat qilinadi.
Sogʼliqni saqlash vazirligi (B. Musaev) bir oy muddatda Markaz va uning hududiy filiallari ustavlari va tuzilmalarini tasdiqlasin. Bunda, Markaz direktoriga, zarur hollarda, tasdiqlangan tuzilmalarga xodimlarning cheklangan umumiy soni va ish haqi fondi doirasida oʼzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Sogʼliqni saqlash vazirligi (B. Musaev) Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) bilan birgalikda sogʼliqni saqlash tizimi xodimlarining belgilangan umumiy cheklangan soni hamda davlat byudjetidan ajratilgan mablagʼlar doirasida Markaz va uning hududiy filiallari, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududiy filiallari, markaziy tuman (shahar) shifoxonalari hamda Sogʼliqni saqlash vazirligi tizimidagi avtoxoʼjaliklarning yangilangan shtat normativlarini ishlab chiqsin va 2022 yil 1 sentyabrga qadar tasdiqlasin.
Quyidagilar: Tez tibbiy yordam sifatini yaxshilash va aholiga yanada yaqinlashtirishga oid chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʼrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq; Tez tibbiy yordam xizmatini isloh qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʼyicha ishchi guruh (keyingi oʼrinlarda — Ishchi guruh) tarkibi
2-ilovaga muvofiq;
Tez tibbiy yordam tizimida mavjud avtotransport vositalari parkini bosqichma-bosqich yangilash rejasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Dasturda belgilangan chora-tadbirlar ijrosining tahlil qilinishini; Sogʼliqni saqlash vazirligi tizimida maqbullashtiriladigan boʼlim va tashkilotlarning belgilanishini hamda mulkiy, moliyaviy va mehnat munosabatlari belgilangan tartibda hal etilishini; tez tibbiy yordam xizmati boʼyicha aholiga qulay va sifatli xizmat koʼrsatilishi boʼyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlasin. Sogʼliqni saqlash vazirligi, Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligining tez tibbiy yordam boʼyicha elektron avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini Toshkent shahri tajribasi asosida respublikaning boshqa hududlarida 2023 yil 1 sentyabrga qadar toʼliq joriy qilish toʼgʼrisidagi taklifi maʼqullansin.
Quyidagilar:
Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimlari — «Call-markaz»larni tashkil etish, jihozlash va ularning infratuzilmasini yaratish (elektr, suv, yuqori tezlikdagi Internet, telefon, ratsiya aloqasi va boshqalar) hamda atrofni obodonlashtirishga;
sogʼliqni saqlash vaziri B.А. Musaev — «Call-markaz»larni jihozlash talablarini belgilash, ularning xizmat koʼrsatish hajmi va yuqori sifatini taʼminlashga shaxsan masʼul etib belgilansin.
Shunday tartib oʼrnatilsinki, unga muvofiq «Call-markaz»larda:
chaqiruvlarni qabul qiluvchi xodimlar bilan birga shifokor xodimlardan iborat maxsus tibbiy maslahat xizmati faoliyati tashkil etiladi;
rahbar lavozimlariga IT-parklardagi iqtidorli yoshlar orasidan munosib nomzodlar tayinlanadi;
saralash orqali bemor ahvoli, kasallik turi va ogʼirlik darajasiga qarab chaqiruvlarga tegishli tibbiy brigadalarni yoʼnaltirish tizimi joriy etiladi;
tez tibbiy yordamning tuman (shahar) yoki hudud chegarasidan qatʼi nazar bemorgacha masofaning yaqinligiga qarab tibbiy brigadani yoʼnaltirish yoʼlga qoʼyiladi.
Ishchi guruh joylarda tez va shoshilinch tibbiy yordam xizmati faoliyatini takomillashtirish boʼyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturi amalga oshirilishini taʼminlasin:
a) Markaz va uning hududiy filiallarini 4-ilovaga muvofiq joylashtirish, ularni zamonaviy bino va inshootlar bilan taʼminlash;
b) Markazning hududiy filiallari va «Call-markaz»larni jihozlash, infratuzilmasini yaratish (suv, elektr, aloqa, Internet, lokal tarmoq va boshqalar);
v) tez tibbiy yordam xizmati xodimlarini hamda avtotransport vositalari, ehtiyot qismlar, yoqilgʼi-moylash va boshqa materiallar, dori vositalari, sarflash materiallari va tibbiy jihozlar taʼminotini hududiy filiallarga oʼtkazish;
g) markaziy tuman (shahar) shifoxonalari qabulxonalarini shoshilinch xizmat koʼrsatishga va yuqori texnologik tibbiy jihozlarni oʼrnatishga moslashtirish;
d) tez tibbiy yordam avtotransport vositalariga radioaloqa vositalari va GPS-trekerlar oʼrnatish;
e) tez tibbiy yordam brigadalarini planshetlar bilan taʼminlash;
j) Markazning hududiy filiallarida elektron avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini Toshkent shahri tajribasi asosida joriy etish;
z) tez tibbiy yordam avtotransport vositalariga texnik xizmat koʼrsatish, ularni yoqilgʼi-moylash materiallari bilan taʼminlashni autsorsingga oʼtkazish hamda elektron tizim orqali nazorat qilishni tashkillashtirish.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Bajardi: Ro’ziyev d qabul qildi: Kubayev S. Samarqand –2024 Yongʼinga qarshi oraliqlar. Evakuatsiya haqida maʼlumot Reja
|