• Umumiy kollektorli sxema sharhi.
  • Umumiy emitterli sxemaning sharhi




    Download 1,25 Mb.
    bet3/8
    Sana06.12.2023
    Hajmi1,25 Mb.
    #112529
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Elektronika va sxemalar. n1
    2 5415612761327535455, Diniy bag\'rikenglik, Kimyoviy bog, kapalak rozoviy, 1344-Текст статьи-3506-1-10-20221014, MB.n4.Asadulloh, 1-labaratoriya ishi Mavzu Ma`lumotlar bazasini loyihalash. Mohi 2, Menschen a1 1 kursbuch, 3 – amaliy mashg‘ulot Elektromexanik о‘lchash asboblarining metr, Operatsion tizimlar, file, To’laganova Nodira Abduazimovna, chsb 9 (1) tayyor Originallll (2), MUSTAQIL ISH
    Umumiy emitterli sxemaning sharhi.

    Umumiy emitterli sxema Um E sxemada tok va signal oqimi
    (qizil – tok, yashil – signal oqimi)
    KT1 tranzistorining emitteriga ta’minotning musbat qutbi, kollektorga R2 kaskad yuklamasi orqali ta’minotning manfiy qutbi uzatiladi, kirish signali C1 ajratuvchi kondensatori orqali KT1 tranzistorining bazasiga uzatilgan kirish signali va tuzilish sxemasi p-n-p bo‘lgan tranzistorlar uchun bazaga manfiy kuchlanish uzatiladi. Bu kuchlanishning qiymati 01 V bo‘lsa, kifoya qiladi. Bunday vazifa R1 orqali amalga oshiriladi. Bazaga uzatilgan signal kollektordan kuchaytirilib olinadi. Emitter kirish va chiqish signali uchun umumiy hisoblanadi.
    Umumiy emitterli sxemada yig‘ilgan kuchaytirgichlar universal kuchaytirgich bo‘lib, ulardan faza inventor kaskadlarida foydalaniladi. Kirish qarshiligi 200–2000 Ω
    Chiqish qarshiligi 10–100 k Ω
    Signalni: tok bo‘yicha 200 karra, kuchlanish bo‘yicha 100 karra, quvvat bo‘yicha 1000 karra kuchaytiradi.
    Chiqish signali, kirish signaliga teskari faza holatiga kuchaytiradi.
    Umumiy kollektorli sxema sharhi.

    Umumiy kollektorli sxema Um K sxemada tok va signal oqimi
    (qizil – tok, yashil – signal oqimi)
    p-n-p tipida yig‘ilgan kuchaytirgichning bazasiga signal ajratuvchi C1 kondensator orqali KT1 tranzistorining bazasiga uzatiladi, kuchaytirilib emitteridan olinadi. Kuchaytirgichning oziqlanish kuchlanishining musbat qutbi R3 emitter-kollektor ta’minotining manfiy qutbi. Kaskad yuklamasi R3. Kuchaytirgich umumiy kollektorli sxema bo‘yicha yig‘ilgan, kollektor zanjiri kirish va chiqish signallari bo‘yicha umumiy hisoblanadi. Umumiy kollektorli ulanish sxemasida kuchlanish bo‘yicha bir karra kuchaytiradi, kuchlanishning kuchaytirishiga kaskad yo‘l qo‘ymaydi, tok bo‘yicha umumiy emitterli sxemaga o‘xshab 200 karra kuchaytiradi. Bazaning umumiy kollektorli sxemasini emitterli takrorlagich deyiladi, emitterdagi chiqish kuchlanishini, amalda kirish kuchlanishini takrorlaydi.
    Umumiy kollektorli sxemada yig‘ilgan kuchaytirgich signalni kuchaytirmaydi. Lekin electron qurilmalarning orasida chiqish va kirish qarshiliklarini moslashtirish sxemasi vazifasini o‘taydi va ba’zi adabiyotlarda emitter takrorlagich deb nomlanadi.
    Kuchaytirgich kirish qarshiligi: 0,2–1 m Ω
    Chiqish qarshiligi: 50–500 Ω
    Signalni: tok bo‘yicha 200 karra, kuchlanish bo‘yicha 1 karra, quvvat bo‘yicha 10 karra kuchaytiradi.

    Download 1,25 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 1,25 Mb.