|
Bajardi: Xanjarov Daler Samarqand 2024 konteyner sinflar reja
|
bet | 1/6 | Sana | 03.04.2024 | Hajmi | 357.09 Kb. | | #186427 |
Bog'liq KONTEYNER SINFLAR Ichki ishlar boshqarmasiga, Документ Microsoft Word (2) (Автосохраненный), kompyuter chiqarish, Topshiriq 2, 2 hafta laboratoriya, Дастурлаш 4.1 машгулот (2), 9, 2, SQL 1-lab Umarov Amirjon, Topshiriq 2.05(Texnikum), 1.1, 7.1 машгулот, MB 2-amaliy ish, 5-amaliy, 1-lab Sirqilarga AbstraktMT
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
Kompyuter injiniringi fakulteti KI_S22_01 guruh talabasi Xanjarov Dalerning Dasturlash2 fanidan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: KONTEYNER SINFLAR
Tekshirdi: Raxmonova.R.A
Bajardi: Xanjarov Daler
Samarqand_2024
KONTEYNER SINFLAR
Reja
STL tarkibi
Sinf-konteynerlarda konstruktorlar
Iteratorlar
Xotirani taqsimlovchilar, predikatlar va solishtirish funksiyalari.
Vektor konteynerlari
Assotsiativ konteynerlar
Konteyner usullari
Biblioteka yadrosi uchta elementdan iborat: konteynerlar, algoritmlar va iteratorlar. Konteynerlar (containers) – bu boshqa elementlarni saqlovchi ob‘yektlar. Masalan, vektor, chiziqli ro‗yxat, to‗plam. Assotsiativ konteynerlar (associative containers) kalitlar yordamida ularda saqlanadigan qiymatlarni tezkor olish imkonini yaratadi. Har bir sinf – konteynerida ular bilan ishlash uchun mo‗ljallangan funksiyalar to‗plami aniqlangan. Masalan, ro‗yxat elementlarini kiritish, chiqarish va qo‗shish funksiyalarini o‗z ichiga oladi. Algoritmlar (algorithms) konteyner ichidagilar ustidan operatsiyalar bajaradi. Konteyner ichidagilarni initsializatsiyalash, qidirish, saralash va almashtirish uchun algoritmlar mavjud. Ko‗p algoritmlar konteyner ichidagi elementlarni chiziq ro‗yxatini ifodalovchi ketma-ketlik (sequence) bilan ishlash uchun mo‗ljallangan. Iteratorlar (iterators) – bu konteynerga nisbatan ko‗rsatkich sifatida bo‗lgan ob‘yektlar. Ular massiv elementlariga ruxsat oluvchi ko‗rsatkichlar kabi konteyner ichidagiga ruxsat olish imkonini beradi. Sinf-konteynerlar STL da quyidagi sinf-konteynerlar aniqlangan: Asosiy konteynerlar vector dinamik massiv list chiziqli ro‗yxat deque ikki tarafli tartib set to‗plam multiset har bir elementi noyob bo‗lishi shart emas to‗plam map kalit qiymat juftlikni saqlash uchun assotsiativ ro‗yxat. Bunda har bir kalit bitta qiymat bilan bog‗langan. multimap har bir kalit bilan ikkita yoki ko‗proq qiymatlar bog‗langan Hosila konteynerlar stack stek queue tartib priority_queue birinchi o‗rindagi tartib
|
| |