|
-rasm. O’zbekiston Respublikasida 2018-yil 1-yanvar holatiga ko’ra faoliyat yuritayotgan banklar
|
bet | 3/4 | Sana | 06.01.2024 | Hajmi | 139,08 Kb. | | #131252 |
Bog'liq BANK XIZMATLARI BOZORINI RIVOJLANTIRISH1.3-rasm. O’zbekiston Respublikasida 2018-yil 1-yanvar holatiga ko’ra faoliyat yuritayotgan banklar.
2018-yilning 1-yanvar holatiga ko’ra, respublikamizda 28 ta tijorat banki faoliyat yuritayotgan bo’lib, ularning 3 tasi davlat-tijorat banki, 12 tasi aktsiyadorlik-tijorat banki, 8 tasi xususiy bank va 5 tasi chet el kapitali ishtirokidagi banklar hisoblanadi. Hisobot yili davomida tijorat banklari filiallari soni 7 taga ortib, ularning umumiy soni 862 tani tashkil etdi.
2018 yil 1 yanvar holatiga tijorat banklari tarkibidagi mini-banklar soni 980 tani, bankdan tashqari operatsion kassalar soni 2861 tani, valyuta ayirboshlash shoxobchalari soni 915 tani, xalqaro pul o’tkazmalari shoxobchalari 1012 tani hamda sayyor kassalar soni 2157 tani tashkil etdi.
Bank infratuzilmalari, xususan, mini-banklar va maxsus kassalar tarmog’ini kengaytirish bank xizmatlarin ko’rsatish imkoniyatini oshiradi va mijozlar faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Tijorat banklari tomonidan depozit va omonatlarning yangi turlarini muntazam ravishda joriy qilish, tijorat banklarida aholidan jamg’arma va muddatli depozitlarni qabul qilish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish kabi tadbirlarni amalga oshirish hisobiga aholi va xo’jalik sub’ektlarining tijorat banklaridagi depozitlari hajmini kamida 30 foizga oshirish; tijorat banklari tomonidan uzoq muddatli obligatsiyalar va depozit sertifikatlarini chiqarish va pul bozorida joylashtirish; Shuningdek mamlakatimizda tijorat banklari tomonidan taklif etilayotgan bank xizmatlarini rivojlantirishga ushbu tarmoqni rivojlantirishga qaratilgan huquqiy asosni va erishilgan natijalarni misol kilib keltirish mumkin.
2017 yil mobaynida mijozlarga ko’rsatilayotgan bank xizmatlari sifatini tubdan yaxshilash, xususan, omonatlarning yangi va mijozlar talablariga mos jozibador turlarini joriy etishga alohida e’tibor qaratildi. 2017 yil yakuniga ko’ra tijorat banklari tomonidan jalb etilgan depozitlarning umumiy hajmi 2016 yilga nisbatan 60,1 foizga oshib, 58,7 trln. so’mni tashkil etdi21 . Bundan tashqari, tijorat banklari resurs bazasini barqaror manbalar hisobidan yanada kengaytirib borish maqsadida banklar tomonidan uzoq muddatli obligatsiyalar va depozit sertifikatlarini muomalaga chiqarishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
2017 yilda Fond tomonidan tijorat banklarining muddatli depozit hamda depozit sertifikatlariga joylashtirilgan qo’yilmalar hisobiga 45,9 mlrd. so’m daromad olinib (o’rtacha daromadlilik darajasi 8,5 foizni tashkil etgan), 2016 yilga nisbatan 8,9 mlrd. so’mga oshgan. Tijorat banklari resurslari tarkibida asosiy o’rinni depozitlar egallaydi. O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan jalb etilgan depozitlar dinamikasi quyidagi rasmda keltirilgan.
|
| |