III. Banklararo to‘lov tizimi faoliyat yuritishining buxgalteriya modeli




Download 27,78 Kb.
bet4/5
Sana17.11.2023
Hajmi27,78 Kb.
#100347
1   2   3   4   5
Bog'liq
Banklarda buxgalteriya xisobi-fayllar.org (2)

III. Banklararo to‘lov tizimi faoliyat yuritishining buxgalteriya modeli
17. MB XKMda vakillik hisobvaraqlari quyidagi tamoyillarga rioya qilgan holda yuritiladi:
1) MB HKMda banklarning vakillik hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatish amaliyot kuni davomida amalga oshiriladi. ETHning muvaffaqiyatli qayta ishlanganligi tasdiqlanishi bilan vakillik hisobvarag‘ida aks ettiriladi. Uzatiladigan ETHlarida himoya qilish vositalari yordamida xatolar aniqlanganda yoki ETHlarni qayta ishlash imkoniyati bo‘lmaganda, ular qaytariladi (faylni qayta ishlashda — fayl butunlicha qaytariladi), va bu haqda elektron kvitansiya beriladi;
2) Elektron to‘lovlar banklardan faqatgina vakillik hisobvaraqlaridagi mablag‘lar qoldig‘i doirasida amalga oshiriladi, agarda MB HKM va bank o‘rtasidagi shartnomada boshqa holat kelishilmagan bo‘lsa;
Keyingi tahrirga qarang.
3) Bank banklararo elektron to‘lovlar o‘tkazishga o‘zining MB HKMdagi vakillik hisobvarag‘i va bankdagi tegishli hisobvarag‘idagi aylanma va qoldiq summalarining muvofiqligini tahlil qilgandan keyingina kirishadi.
18. Banklararo to‘lov tizimida qo‘llaniladigan ETHlarining tarkibi va tuzilishi:
1) Banklararo to‘lov tizimida 2—7-ilovalarda keltirilgan ETHlar qo‘llaniladi.
2) Har bir ETH, tashabbuskor bank tomonidan jo‘natish uchun tayyorlangan hujjatni va benefitsiar bankda elektron usul bilan olingan hujjatni identifikatsiya qilish uchun mo‘ljallangan tegishli kod (operatsiya turi (keyingi o‘rinlarda — OT)) bilan belgilanishi kerak. Operatsiyalar turi kodlari 8-ilovada keltirilgan;
3) Mablag‘larni o‘z vaqtida va to‘g‘ri o‘tkazish maqsadida bankning mas’ul xodimi ETH tayyorlashda pul-hisob-kitob hujjatlarining barcha rekvizitlarini to‘g‘ri kiritishi kerak;
4) To‘lov topshiriqnomasini (OT 01), to‘lov talabnomasini (OT 02), memorial orderni (OT 06) va inkasso topshiriqnomasini (OT 11) kiritishda quyidagi rekvizitlar to‘g‘ri to‘ldirilishi kerak:
hujjatning raqami;
hujjatning sanasi;
to‘lovchining nomi;
to‘lovchining shaxsiy hisobvarag‘i raqami;
soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR);
to‘lovchi bankning kodi;
to‘lovchi bankning nomi;
hujjatning summasi (raqam bilan);
oluvchining nomi;
oluvchining shaxsiy hisobvarag‘i raqami;
oluvchi bankning kodi;
oluvchi bankning nomi;
hujjatning summasi so‘z bilan (avtomatik tarzda yoziladi);
to‘lovning maqsadi.
To‘lov maqsadi quyidagi ma’lumotlardan iborat bo‘ladi:
a) to‘lov nima uchun o‘tkazilayapti;
b) shartnoma, hisobvaraq, tovar-transport hujjatlari, ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar uchun hisob-kitob qilishda ishni qabul qilish dalolatnomasi yoki ularning o‘rnini bosadigan hujjatlar, mahsulot kim orqali jo‘natilganligi to‘g‘risidagi ishonchnomaning raqami va sanasi ko‘rsatiladi. Ijro hujjatlari bo‘yicha inkasso topshiriqnomasida undirib olish uchun asos bo‘layotgan ijro hujjatining raqami, sanasi va nomi ko‘rsatiladi.
Qonunchilikka muvofiq ayrim to‘lovchilarga “to‘lov maqsadi” rekvizitida nima maqsadda to‘lov o‘tkazilayotganligi to‘g‘risida ma’lumot ko‘rsatilmasligi mumkin.
5) Akkreditiv uchun ariza (OT 05)ni kiritishda quyidagi rekvizitlar to‘g‘ri to‘ldirilishi kerak:
akkreditiv nomeri;
akkreditivni yozish sanasi;
to‘lovchining nomi;
to‘lovchining hisobvaraq raqami;
soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR);
emitent bankning nomi;
emitent bank (tashabbuskor bank)ning kodi,
akkreditiv summasi raqam bilan;
yetkazib beruvchining nomi;
yetkazib beruvchining hisobvarag‘i raqami;
akkreditivni ijro etuvchi bankning nomi;
akkreditivni ijro etuvchi bank (benefitsiar bank)ning kodi;
akkreditiv summasi so‘z bilan (avtomatik tarzda yoziladi);
akkreditiv muddati.
Akkreditiv shartlari:
a) akkreditiv turi;
b) tovar (mahsulot), xizmatning nomi;
v) akkreditiv bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish uchun asos bo‘ladigan hujjatning nomi;
6) Tijorat bankining hisob-kitob chekini (OT 14) kiritishda quyidagi rekvizitlar to‘g‘ri to‘ldirilishi kerak:
chek beruvchi bankning nomi (chekning ustki qismida);
chek seriyasi va raqami;
chekni berish sanasi;
chekning summasi raqam bilan;
chekning summasi so‘z bilan (avtomatik tarzda yoziladi);
chek beruvchining ismi, familiyasi, otasining ismi;
chek beruvchining pasport seriyasi va raqami;
chek beruvchining shaxsiy hisobvarag‘i raqami;
chek beruvchi bank bo‘limining kodi;
chek beruvchi bank bo‘limining nomi;
chek qabul qiluvchi korxonaning nomi;
chek qabul qiluvchining shaxsiy hisobvarag‘i raqami;
chek qabul qiluvchi bank bo‘limining raqami;
chek qabul qiluvchi bank bo‘limining nomi;
chek qabul qilingan sana;
chekning amal qilish muddati.
Keyingi tahrirga qarang.
19. MB HKM tomonidan bankning vakillik hisobvarag‘i debetiga yoki kreditiga mablag‘ xato o‘tkazilganda, MB HKM amaliyot kuni davomida bankka xato o‘tkazilgan to‘lovlar to‘g‘risida xabarnoma jo‘natishi kerak. Bank, MB HKMdan xabarnomani olganda, darhol shu amaliyot kunining o‘zidayoq, vakillik hisobvaraqqa xato o‘tkazilgan mablag‘larni qaytarishni amalga oshirishi kerak.
20. Tashabbuskor bankning aybi bilan elektron to‘lov noto‘g‘ri amalga oshirilgan taqdirda, u benefitsiar bankka xato o‘tkazilgan to‘lov to‘g‘risidagi ma’lumotni ko‘rsatgan holda, xato o‘tkazilgan mablag‘ni qaytarish to‘g‘risida xabarnoma jo‘natadi. Bu holda, xato o‘tkazilgan mablag‘ni qaytarilmasligidan qat’i nazar, tashabbuskor bank mablag‘ni xatolik aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkazishi shart.

Download 27,78 Kb.
1   2   3   4   5




Download 27,78 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



III. Banklararo to‘lov tizimi faoliyat yuritishining buxgalteriya modeli

Download 27,78 Kb.