Baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash mexanizmi va rivojlantirish masalalari




Download 22.36 Kb.
bet5/5
Sana24.03.2023
Hajmi22.36 Kb.
#46558
1   2   3   4   5
Bog'liq
Baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash mexanizmi va rivojlantirish ma-fayllar.org
O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, 3-Mavzu (ABT funksional elementlarning ishonchligi)

Takliflar


  • O‘zbekiston Respublikasining birorta hududida yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan sug‘urta tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmaydi. Mavjud sug‘urta tashkilotlarining barchasi poytaxtda - Toshkent shahrida ro‘yxatga olingan va ular mamlakat mintaqalarida sug‘urta xizmatlarini tegishli filial va bo‘linmalari orqali ko‘rsatadilar. Nazarimda, mintaqaviy sug‘urta xizmatlarini bozorini yanada rivojlantirish maqsadida joylarda mustaqil sug‘urta tashkilotlarini tuzish maqsadga muvofiq. Buning uchun tijorat banklari, kredit uyushmalarining ustav fondiga belgilanganidek, tabaqalashtirilgan ustav fondining eng kam miqdorlarini o‘rnatish maqsadga muvofiq. Ya’ni, Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatadigan sug‘urtalovchilar uchun alohida, mintaqalarda faoliyat ko‘rsatadigan sug‘urtalovchilar uchun alohida ustav fondining eng kam miqdorlarini belgilash lozim. Hozirgi kunda respublikamizning umumiy sug‘urta tarmog‘ida faoliyat ko‘rsatuvchi sug‘urtalovchilar uchun ustav fondining eng kam miqdori 1,5 mln. evro ekvivalentidagi summada belgilangan. Biz bu miqdorni poytaxtda tashkil etiladigan sug‘urtalovchilar uchun tatbiq etgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlarda tashkil etiladigan sug‘urtalovchilar uchun uning 50 foizi miqdorida, ya’ni 750 ming evro atrofida belgilashni taklif etamiz. Nazarimda, viloyatlarda tashkil etiladagan sug‘urta tashkilotlari uchun bunday tartibini joriy etilishi mintaqaviy sug‘urta xizmatlari bozorini rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

  • Respublika aholisining qariyb 50 foizidan ko‘pi qishloq xududlarda istiqomat qilishi sir emas. Qolaversa, mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘p bolali va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining salmoqli qismi ham aynan shu xududlarga to‘g‘ri keladi. Qishloqda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining asosiy daromad manbalari, faqat, davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladigan nafaqa va byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasidan beriladigan pensiyalarga qaratilgan. Bu holat, o‘z-o‘zidan qishloq joylarda istiqomat qiladigan aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimida sug‘urta mexanizmidan samarali foydalanish yo‘llarini izlab topishni taqozo qiladi. Bu muammoni hal etish oson ish emas. CHunki, sug‘urta har qanday shaklda va usulda amalga oshirilmasin, pulli xizmat bo‘lib qolaveradi. SHunday ekan, to‘lov qobiliyati past darajada va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini sug‘urta himoyasiga qamrab olish uchun viloyatlarning ayrim hududdagi sug’urta kompaniyalari filiallariga soliq va boshqa tamonlama imtiyozlar ajratilishini taklif etaman

  • Mintaqaviy sug‘urta xizmatlari bozorida mavjud bo‘lgan sug‘urta xizmat turlarining assortimenti va shakllarini kengaytirishni tavsiya qilaman.

  • Mintaqaviy sug‘urta xizmatlari bozorida faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta tashkilotlari filiallari va ularning Toshkent shahrida joylashgan bosh ofislari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tizimini qayta ko‘rib chiqishni tavsiya etaman. Bunga asosiy sabab, bosh kompaniya o‘z filiallarining sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish, ayniqsa sug‘urta qoplamalarini to‘lash bo‘yicha huquqlarini ancha cheklab qo‘ygan. Bu borada filiallarga mustaqillik berish, ya’ni o‘z hududida sodir bo‘lgan sug‘urta hodisalari natijasida etkazilgan zararlarni qoplash masalasini o‘zlari hal qilishlarini maqsadga muvofiq, deb hisoblayman.

  • Respublikamiz fuqarolarining sug‘urta kompaniyalariga bo‘lgan ishonchi va kafolatli sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida sug‘urta kompaniyalarining javobgarlik riskini sug‘urtalashni majburiy tartibda joriy qilinishini tavsiya etaman.

  • Chet elga chiquvchi fuqarolarni sug‘urtalashni amalga oshiruvchi sug‘urta kompaniyalari dunyoda mashhur bo‘lgan, yuqori reyting ko‘rsatkichlariga ega va rivojlangan sug‘urta tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va tibbiy hizmatlarni yanada takomillashtirish;

  • Sug‘urta bozorida sug‘urtalovchilarning moliyaviy barqarorlik darajasini yanada mustahkamlash maqsadida sug‘urta kompaniyalari tomonidani ko‘rsatiladigan hayot sug‘urta tarmog‘ini kengaytirish maqsadga muvofiqdir. Bu o‘z navbatida sug‘urtalovchining uzoq muddatli investitsiya faoliyatini amalga oshirish imkoniyatini belgilaydi.


E’tiboringiz uchun rahmat
http://fayllar.org
Download 22.36 Kb.
1   2   3   4   5




Download 22.36 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash mexanizmi va rivojlantirish masalalari

Download 22.36 Kb.