• Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU “Kompyuter tizimlari” kafedrasi mudiri, PhD M.F.Raximov
  • Baymatova Movluda Xamit qizi 2022-yil Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining "Kompyuter injiniring" fakultetiga budjet asosida o‘qishga qabul qilingan




    Download 11,34 Kb.
    Sana19.05.2024
    Hajmi11,34 Kb.
    #243847
    Bog'liq
    Tavsifnoma mudirdan


    O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
    Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
    Kompyuter injiniring” fakulteti 70610501 – “Kompyuter tizimlarini loyihalash” ta’lim yo‘nalishi 202-22KTLr guruh magistri
    Baymatova Movluda Xamit qiziga
    TAVSIYANOMA
    Baymatova Movluda Xamit qizi 2022-yil Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “Kompyuter injiniring” fakultetiga budjet asosida o‘qishga qabul qilingan.
    Hozirda Baymatova Movluda Xamit qizi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “Kompyuter injiniring” fakulteti “Kompyuter tizimlarini loyihalash” magistrlik yo‘nalishi 1-bosqich 202-22 guruhida tahsil oladi.
    Kafedra mudiri sifatida shuni aytishim mumkinki, Baymatova Movluda Xamit qizi pedagogik va menejerlik qobiliyati bilan universitetdagi tengdoshlaridan ancha farq qiladi. Tirishqoqligi, intiluvchnligi, o‘z ishiga mas’uliyatligi bilan ham ilg‘or talabalar qatoriga kiradi.
    Albatta, Baymatova Movluda Xamit qizi kabi yosh kadrlar jamiyatda va mehnat bozorida talab kuchlidir. Ilm-fanga qiziqishi, kelajakga jiddiy yondashuvi uning Xalqaro va Respublika ilmiy anjumanlari va konferensiyalaridagi ishtiroki namunadir.
    Faoliyati davomida Baymatova Movluda Xamit qizi ko‘plab Xalqaro konferensiyalar, anjumanlarda va jurnallarda o‘zining ilmiy ishlari bilan ishtirok etgan, jumladan:

    • 2022 yil 22-23 dekabr kunlari Guliston davlat universitetida “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirishning zamonaviy holati va istiqbollari” mavzusida o‘tkazilgan Respublika ilmiy-amaliy anjumanida “Линейная и нелинейная фильтрация цифровых изображений” nomli maqolasi bilan qatnashib, sertifikat bilan taqdirlangan;

    • “Educational research in universal sciences” ilmiy jurnalida, “Алгоритм предварительной обработки изображения с помощью нечетких множеств” nomli maqolasi bilan;

    • 2023-yil 5-7 iyun kunlari Kanadaning Toronto shahrida bo‘lib o‘tgan “Modern scientific space and learning in special conditions” nomli (XXII International Scientific and Practical Conference) konferensiyasidagi “Handwritten text image recognition algorithms” maqolasi;

    • “Central asian journal of education and innovation” dagi “Задачи предварительной обработки изображений. Метод оконтуривания по Sobel” mavzusidagi maqolasi;

    • “Journal of Humanity and Artificial Intelligence” dagi “5G networks security techniques and algorithms” mavzusidagi maqolasi;

    • “Innovations in technology and science education” jurnalidagi “Tasvirlarni qayta ishlashning asosiy yo’nalishlari, rang modellari” mavzusidagi maqolasi;

    • “Innovations in technology and science education” jurnalidagi “Raqamli tasvirni qayta ishlash usullaridan foydalangan holda tasvirlarni segmentlash texnikalari” mavzusidagi maqolasi;

    IT-ta’limni rivojlantirish hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq Baymatova Movluda Xamit qizi “Google for education” kursini muvaffaqiyatli tugatib tegishli xalqaro IT- sertifikatga ega bo‘ldi va ushbu imkoniyatni qo‘lga kiritdi.
    Baymatova Movluda Xamit qizi dars va o‘quv jarayonlariga to‘liq va o‘z vaqtida qatnashib fanlarni a’lo darajada o‘zlashtirish bilan universitetning ichki va jamoat ishlarida faol qatnashib kelmoqda. Baymatova Movluda Xamit qizi o‘zining namunali xulqi va bilimga chanqoqligi bilan o‘zi tanlagan mutaxassisligi bo‘yicha mamlakatimizning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojiga o‘zining salmoqli hissasini qo‘shadi va xalqimizga munosib kadr bo‘la oladi.
    Yuqoridagilar asosida Baymatova Movluda Xamit qizini ishonch bilan “Muhammad al-Xorazmiy” nomli stipendiyasiga nomzod sifatida tavsiya etaman.


    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU
    Kompyuter tizimlari” kafedrasi
    mudiri, PhD M.F.Raximov
    Download 11,34 Kb.




    Download 11,34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Baymatova Movluda Xamit qizi 2022-yil Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining "Kompyuter injiniring" fakultetiga budjet asosida o‘qishga qabul qilingan

    Download 11,34 Kb.