|
Bazalt tolasidan olinadigan materiallarni issiqlik
|
bet | 3/5 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 32,01 Kb. | | #241715 |
Bog'liq qurilish-materiallari-buyumlarini-issiqlik-fizik-xossalarini-binolar-va-konstruktsiyalar-energiya-tejamkorligi-bilan-uzviyligi
Oʻzbekistonda Qurilish materiallaridan sogʻtuproq, sement, alebastr, ganch, qum, shagʻal, marmar va yogʻoch mavjud. Qurilish materiallari uchun Oʻzbekiston Respublikasi standartlarida jami 120 tadan koʻp standart qabul qilingan (2005-yilgacha).
Bino va inshootlar qurishda ishlatiladigan qurilish materiallarining xossalari turli- tumandir. Bu xossalarga qarab materiallarning sifati va ishlatilish sohalari belgilanadi. Qator alomatlariga koʻra qurilish materiallarining asosiy xossalarini fizik, mexanik va kimyoviy xossalarga boʻlish mumkin.
Materialning fizik xossalari uning tuzilishini yoki atrof-muxitdagi fizik jarayonlarga munosabatini koʻrsatadi. Materiallarning fizik xossalariga massasi, xaqiqiy va oʻrtacha zichligi, gʻovakligi, suv shimuvchanligi, suv berishi, namligi gigroskopikligi, suv oʻtkazuvchanligi, sovuqbardoshligi, xavo, bugʻ va gaz oʻtkazuvchanligi, issiqlik oʻtkazuvchanligi va issiqlik sigʻimi, oʻtga chidamliligi va olovbardoshliligi kiradi.
O‘zbekistonda jami elektr energiyasining qariyb 60 foizi jamoat binolari iste’moliga to’g’ri kelmoqda. Uy-joy kommunal xizmat ko◻rsatish vaziri o◻rinbosari Nazirjon Nazirovning fikricha, «uy-joy va binolarni ekspluatatsiya qilishda energiya tejash bo◻yicha katta muammolar mavjud». Jahon bankining O’zbekistondagi vakili Marko Mantovanelli esa yuqori energiya sarfi gazni atrof muhitga tashlash va iqlim o’zgarishlariga sabab bo’lishini ta’kidladi. O’zbekistonning umumiy energetika balansida jamoat binolarining iste’mol ulushi sanoat va transport sektorini ortda qoldirib, qariyb 60 foizni tashkil etmoqda. Agar binolarni zamonaviy standartlarga moslashtirib qurmaydigan bo‘lsak qancha energiya qo‘shilishidan qat’iy nazar energiya iste’moli 50 foiz va undan ortiq darajada qolaveradi. O‘zbekistonda isitish sarfi (solishtirma issiqlik sarfi) o‘rtacha 320−390 kVt. soatni tashkil qilishi aytildi. Bu ko‘rsatkich iqlimi sovuqroq bo‘lgan Gollandiyada 95 kVt. soatga, Yevropada o‘rtacha 150 kVt. soatga va dunyoda esa o‘rtacha 220 kVt.soatga teng.
|
| |