TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI




Download 32,01 Kb.
bet2/5
Sana18.05.2024
Hajmi32,01 Kb.
#241715
1   2   3   4   5
Bog'liq
qurilish-materiallari-buyumlarini-issiqlik-fizik-xossalarini-binolar-va-konstruktsiyalar-energiya-tejamkorligi-bilan-uzviyligi

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI


Texnologik va ekspluatatsiya alomatlariga koʻra quyidagi asosiy guruhlarga boʻlinadi. Tabiiy tosh materiallar — mexanik ishlov beriladigan togʻ jinslari (qoplama plitalar, chaqiq tosh, shagʻal va boshqalar). Keramik materiallar va buyumlar — tuproqli xom ashyolardan qoliplash, pishirish yoʻli bilan tayyorlanadi (qarang keramika, gʻisht). Anorganik bogʻlovchi moddalar — suv bilan aralashganda plastik boʻtqaga, keyin toshsimon holatga aylanadigan kukunsimon

materiallar (sement, gips, ohak va boshqalar). Beton va qorishmalar — bogʻlovchi moddalar, suv va toʻldirgichlar aralashmasidan olinadigan, maʼlum fizik-mexanik va kimyoviy xossalarga ega boʻlgan tabiiy tosh materiallar, yirik oʻlchamli yigʻma konstruksiyalar va buyumlar tayyorlashda yengil betonlar ishlatiladi. Konstruktiv elementlarning egilish va choʻzilishga mustahkamligini oshirish uchun beton poʻlat armaturalar bilan birgalikda tayyorlanadi (qarang Temirbeton, Temir-beton konstruksiyalar). Metallardan qurilishda, asosan, poʻlat prokatlar ishlatiladi. Poʻlatdan armaturalar, bino karkaslari (sinchlari), quvurlar, trubo-provodlar, yopma materiallar va boshqa tayyorlanadi. Shu bilan birga alyuminiy qotishmalaridan ham foydalaniladi. Issiqlik izolyatsiya materiallari (mineral paxta, penobeton, asbest, penoshisha, fibrolit va boshqalar) bino, inshoot, sanoat jihozlarining oʻraladigan konstruksiyalari uchun, quvurlarning issiqlik izolyatsiyasi uchun ishlatiladi. Organik bogʻlovchi moddalar va gidroizolyatsiya materiallari — bitumlar, ruberoid, tol, asfalt-beton va boshqa Polimeryaarta sintetik polimerlar asosida tayyorlanadigan materiallarning katta guruhi kiradi. Ular pollarga toʻshashda (linoleum, relin va boshqalar), konstruksion va pardozlash materiallari (shisha-plastlar, bezak plyonkalar), issiqlik va tovush izolyatsiya materiallari (penoplasshlar, shishaplastlar) sifatida ishlatiladi. Lak va boʻyoqlar — boʻyaladigan konstruksiya sirtida bezak va himoya qoplamasi hosil qiladi. Ular organik va anorganik bogʻlovchi moddalar asosida tayyorlanadi. Bulardan tashqari qurilish materiallariga shisha (oyna) va plastmassalar ham kiradi.

Download 32,01 Kb.
1   2   3   4   5




Download 32,01 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Download 32,01 Kb.