4-sinf uchun musiqa fanidan “Lahzada javob” o’yini savollari
( II chorak uchun)
Chorak mavzusi:Bayram va marosim qo’shiqlari.
1. Xalqning bayram va marosimlari qaysi faslda ko’proq o’tkazilgan?
2. Xalqning bayram va marosimlarida qaysi cholg’ular keng qo’llanilgan?
3. Tinglagan qo’shiq nomi qaysi?(“Yaxshi bola”qo’shig’ining kuyi ijro etiladi.)
4.Tinglagan qo’shiqning bastakori kim? (“Yaxshi bola”qo’shig’ining kuyi ijro etiladi.)
5.”Yor-yor” qo’shig’i xalq qo’shiqlarining qaysi turiga kiradi?
6.”Kulcha non” qo’shiqning bastakori kim?
7.Onaning bolaga bo’lgan mehrini, orzu-istaklarini ifodalagan qo’shiq nima deb aytiladi?
8. Alla qo’shiqlari necha turga bo’linadi?
9. Dor o’yini va qo’g’irchoqbozlar tomoshalariga qaysi kuylar ijro etilgan?
10. Masxarabozlar va qiziqchilar chiqish larida qanday kuylar ijro etilgan?
11.Xalq tomoshalaridagi ot sport turi qaysi?
12.To’ylarda qanday maxsus kuylar ijro etilgan?
13. Nikoh to’yidan keyin o’tkaziladigan marosim qaysi? 14.”Kulcha non” qo’shig’iga qanday dinamik belgilar ishlatilgan?
15.Insonning ichki kechinmalarining harakatlar orqali ifodalanishi nima deb aytiladi?
16.Tinglagan kuy nomini ayting?(“Munojot” kuyi chalinadi).
17. Tinglagan kuyga kim ashula bastalagan?
18. “Munojot” kuyiga bastalangan g’azalni qaysi shoir yozgan?
19. Imomjon Ikromov yana qanday kuylariga ashula bastalagan?
20. “Tohir va Zuhra” dramasini kim yozgan?
|