|
O‘zbekistonda iqtisodiy o’sish ko’rsatgichlari
|
bet | 5/6 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 30,93 Kb. | | #126457 |
Bog'liq DJANABAYEV Samandar.gO‘zbekistonda iqtisodiy o’sish ko’rsatgichlari
O‘zbekistonda 2023 yilda iqtisodiy o‘sish 5.8 foizgacha sekinlashadi.
Inflyatsiyaning pasayishi tendensiyasi davom etmoqda, bu esa iqtisodiy muhitni barqarorlashtirishga olib keladi.
Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 5,8%ga o‘sdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlilida qayd etilgan.
Natijada, ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davridagi o‘sish sur’atlaridan (6,2%) bir oz kamroqni tashkil etgan.
Jahon iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsatadigan geosiyosiy beqarorlikning davom etishiga qaramay, umuman olganda, asosiy savdo sheriklari bo‘lgan mamlakatlarda qulay iqtisodiy muhit shakllandi.
O‘zbekistonda inflyatsiya sekinlashmoqda. To‘qqiz oyda narxlar 5,1%ga o‘sdi, bu o‘tgan 5 yilning shu davriga nisbatan past. Tahlil qilinayotgan davrda oziq-ovqat inflyatsiyasi 5,6%gacha sekinlashdi (2022-yilning 9 oy davomida — 10%). Nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari 4,8%ga (7,9%), xizmatlar narxi — 4,7%ga (4,8%) oshdi.
Asosiy kapitalga investitsiyalar hajmining o‘sishi 2022-yilning 9 oyidagi 3,3_dan 2023-yilning shu davridagi 11,8%gacha sezilarli darajada oshdi.
Markazlashtirilmagan investitsiyalar bo‘yicha ikki xonali o‘sish dinamikasi kuzatilmoqda — joriy yilning yanvar-sentabr oylarida 13,6%ga o‘sgan.
Xususan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb qilish bo‘yicha yuqori o‘sish sur’atlari qayd etildi — 16,3%. Shu bilan birga, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 47%ga oshdi. Tijorat banklarining kreditlari hisobiga 27%ga, aholi mablag‘lari hisobidan 10,6%ga oshdi.
Joriy yilda davlat tomonidan kafolatlangan kreditlarning 23,5%ga o‘sishi hisobiga markazlashtirilgan investitsiyalar 1,3%ga oshdi. Tahlil qilinayotgan davrda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ishlab chiqarishning o‘sishi kuzatildi.
Qishloq xo‘jaligi jadal sur’atlar bilan — joriy yilning 9 oyida 4,1%ga o‘sdi. O‘simlikchilik, chorvachilik va o‘rmon xo‘jaligi tezlashdi, baliqchilik mahsulotlari yetishtirish biroz sekinlashdi — 10,9%.
Sanoat 5,7%ga o‘sdi, bu 2022-yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 5,3%ga yuqori. Asosiy drayver — ishlab chiqarish sanoati bo‘lib, u 6,4%ga (5,4%) o‘sishni ko‘rsatdi. Shuningdek, suv ta’minoti, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish tarmoqlarida ham ishlab chiqarish oshdi.
Tog‘-kon sanoati sohasida garchi 0,4%ga o‘sish kuzatilgan bo‘lsa-da, lekin bu o‘tgan yilga nisbatan (1,1%) past. Energiya ta’minoti, gaz yetkazish va havoni konditsionerlashtirish sohasida o‘sish sur’ati 8,9%gacha pasaydi.
Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish o‘sish sur’ati 7,7%gacha sekinlashdi. Qurilish sohasi dinamikasida biroz pasayish kuzatilmoqda — 5,6%.
Bozor xizmatlari ko‘rsatish hajmi 12,1%ga oshdi. Barcha tarmoqlarda o‘sish kuzatilmoqda va quyidagilar eng yuqori o‘sish sur’atlarini ko‘rsatdi:
axborot-kommunikatsiya xizmatlari — 24,8%;
ta’lim — 23,5%;
moliyaviy xizmatlar — 18,2%;
turar joy va umumiy ovqatlanish xizmatlari — 10,9%;
ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar — 10,2%.
Transport xizmatlari hajmi 7,3%ga oshdi. Yuk tashish va yo‘lovchilar aylanmasining o‘sish sur’atlari sekinlashdi. Chakana savdo aylanmasi hajmi 7%ga oshdi, ammo bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan — 10,8% past.
Tashqi savdo hajmi 22,1%ga o‘sib, $44,8 mlrdni tashkil etdi. Sezilarli o‘sishga qaramay, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan — 29,4%ga kamroq. Eksport 23,5%ga oshib, $17,7 mlrdni, import 21%ga oshib, $27 mlrdni tashkil etdi.
Eksport hajmining o‘sishi chet elga oltin yetkazib berishning qariyb 90%ga, mashina va transport uskunalari 44%ga, xizmatlar 21%ga, tayyor mahsulotlar 20%ga, oziq-ovqat mahsulotlarining 19%ga o‘sishi bilan bog‘liq.
Shu bilan birga, O‘zbekistonda mashina va transport uskunalari importi 45%ga, yoqilg‘i mahsulotlari 45%ga, tayyor mahsulotlar 14%ga, kimyo mahsulotlari 14%ga o‘sdi.
To‘qqiz oy yakunlari bo‘yicha mamlakat iqtisodiyoti rejalashtirilgan rivojlanish vektori doirasida ijobiy o‘sish tendensiyasini davom ettirdi, deyiladi markaz tahlilida.
Investitsion faollikning o‘sishi ichki va tashqi muammolarni yengishga yordam beradi, bundan tashqari inflyatsiyaning pasayishi tendensiyasi davom etmoqda, bu esa iqtisodiy muhitni barqarorlashtirishga olib keladi.
Shu bilan birga, qo‘shimcha xatarlar milliy valyuta kursining o‘zgaruvchanligi va budjet taqchilligining oshishi bilan yuzaga keladi. Yil yakunida O‘zbekiston iqtisodiyotining jadal o‘sish sur’atlari davom etishi kutilmoqda.
|
| |