46
Qatlamlar bilan ishlash
Qatlam deganimizda obyektlar joylashtiriladigan
plenkasimon tekislik. Bu tekislikni barcha obyektlari bilan
silzitishga, o‘chirishga, ekranda ko‘rsatishga va bosmadan
chiqarishga
bo‘ladi.
CorelDraw
dasturida
hujjat
yaratilganda to‘rtta qatlam bo‘ladi: birinchi qatlam– tasvir
tushadigan (Layer 1), ikkinchisi – (Master Grid) to‘ri
(setka) uchun, uchincuisi - (Master Guides) yo‘nalish ushun
va to‘rtinchi –
«ish stoli » (Master Desktops) uchun muljallangan bo‘ladi.
Yangi qatlamlarni qo‘shish obyektlar bilan ishlashda
qiyinchilik tugdirmaydi.
Har bir sahifadagi qatlamlar soni bir xil parametrlarda va bir xil nomida bo‘ladi.
Agarda qandaydir qatlam bitta sahifada ko‘rinmas holiga kelib qolsa boshqa
sahifalardagi qatlamlar ham ko‘rinmas holda bo‘ladi. Shu bilan birga barcha sahifada
qatlamlarning joylashish tartibi ham birdan o‘zgaradi. Qatlamlar bilan ishlashning
Диспетчер объектов (Object Manager) paneli
Qatlamlar ustidagi hamma operatsyalar (yoratish, o‘chirish, to‘g‘rilash va h.)
Диспетчер объектов (Object Manager) paneli yordamida bajariladi.Bu ekranga
menuning Окно\Панели типа Docker (Windows\Dockers) va Диспетчер объектов
(Object Manager) buyruqlari bilan chaqiriladi.
Panel sarlovhasi tagida to‘rtta tugma joylashgan bo‘lib (chapdan o‘ng tomonga
qaray):
1.
Новый слой (New layer) tugmasi yangi qatlamni Слой (Layer) nomi va mos
raqam nomeri bilan qo‘shadi.
2.
Показать свойства объектов (Show Objects Properties) tugmasi obyektning
xossalarini ko‘rsatadi.
3.
Для редактирования tugmasi barcha qatlamlar uchun tuzatish kiritish
imkoniyatini beradi, agarda u uchirilgan bo‘lsa faqat joriy qatlamda ishlatsa ham
bo‘ladi.
4.
Вид диспетчера слоёв (Layer Manager View) tugmasi qatlamlar dispetcheri
ko‘rinishini ko‘rsatadi.
Piktogramma sichqonchani o‘ng tomon tugmasi bilan chertilsa qatlamning xossasini
bildiradigan menu chiqariladi, u yordamida qatlamni o‘chirish yoki uning nomini
o‘zgartirish mumkin.