|
Biologiya (2) — копия cdrBog'liq AXBOROT XAVFSIZLIGI
paydo bo‘lishdan, bug‘ mashinasi, yadro, atom energiyasi paydo
bo‘lishiga qadar biz uning guvohimiz. Axborotni qayta ishlash,
boshqaruv jarayonining boshi berk ko‘chaga kirib qolishi o‘z navbatida
tezkor elektron hisoblash mashinalari bunyod etilishiga olib keldi.
Jamiyatni axborotlashtirish ishlab chiqarishning yuqori darajasidagi
jarayon bo‘lib, axborotdan jamoat resursi sifatida foydalaniladi.
Axborotlashtirish, bu umumjahon jarayoni bo‘lib, taraqqiy etgan
mamlakatning jahon bozoridagi peshqadamligi, iqtisodiy o‘sishi va
milliy xavfsizligini ta'min etadi. Ma'lumki, globallashuv jarayoni obyektiv
va qonuniy jarayon bo‘lib, o‘ziga xos bir qancha ijobiy xususiyatlarga
ega. Bu jarayon birinchi galda davlatlarga xalqaro maydonga erkin
chiqishga, boshqalar bilan yaqindan hamkorlik olib borishga hamda o‘z
milliy manfaatlarini turli xil xalqaro va nodavlat tashkilotlar doirasida
ta'minlashga keng imkoniyatlar beradi.
Shuni aytish kerakki, vaqt o‘tishi bilan globallashuv jarayonining
o‘ziga xos ijobiy tomonlari bilan birga, bir qator salbiy jihatlari ham
namoyon bo‘la boshlaydi. Davlatlarning bir-biriga sezilarli darajada
o‘sgan bog‘liqligi shuni ko‘rsatmoqdaki, bir mintaqadagi xoh salbiy, xoh
ijobiy voqea - hodisalar dunyoning boshqa bir mintaqasiga juda tez
tarqalib, o‘z ta'sirini ko‘rsatmoqda. Buning oqibatida, mintaqa xavfsizligi
va barqarorligiga jiddiy tahdidlar vujudga kelmoqda. Vaziyatning
keskinlashuvi, tashqi tahdidlarning ichki tahdidlar bilan, ya'ni an'anaviy
tahdidlar bilan o‘zaro qo‘shilishi, ular orasidagi masofa yaqinlashuvi
hamda ularning o‘zaro bog‘liqligi o‘sishi kuzatilmoqda. Bu holat esa
milliy va mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlashda jiddiy muammolarni keltirib
chiqarmoqda.
Mutaxassislarning fikricha, hozirda axborot iqtisodiyotning eng
serdaromad manbaiga aylanib bormoqda. AQSh Strategik tadqiqotlar
institutining ma'lumotlariga ko‘ra, axborot mahsulotiga sarflangan har
bir dollar, yoqilg‘i-energetika sohasiga sarmoya qilingan 1 dollardan
ko‘ra bir necha barobar ko‘p foyda berar ekan. Bu faqat uning iqtisodiy
jihati, uning siyosiy jihati esa o‘z shaxsiy manfaatlariga o‘ta arzon, o‘ta
qulay yo‘llar bilan erishish sifatida qaralmoqda. Shu nuqtai nazardan
bugungi kunda axborot omili ham siyosiy, ham iqtisodiy jihatdan ayrim
kuchlar manfaatiga aylanib bormoqda. Shuning uchun ham yangi
mustaqil davlatlarning milliy xavfsizligini ta'minlashda siyosiy, iqtisodiy,
|
| |