Biologiya (2) — копия cdr




Download 5,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/192
Sana07.06.2024
Hajmi5,73 Mb.
#261392
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   192
Bog'liq
AXBOROT XAVFSIZLIGI

 
 
 
 
harbiy omillar bilan bir qatorda uning axborot jihatlari borgan sari 
dolzarblashmoqda. 
Prezidentimiz aytganlaridek, axborot omili yadroviy poligonlardan 
ham dahshatli omilga aylanib borayotir. Agar mazkur omilga alohida 
e'tibor berilmas ekan, u borgan sari kuchayib boradi. Natijada, ayrim 
kuchlar qo‘lida asosiy "qurol"ga aylanadi. Bu esa nafaqat davlatlar yoki 
mintaqalarda keskin vaziyat vujudga kelishiga sabab bo‘ladi, balki 
xalqaro miqyosda ham o‘z ta'sirini ko‘rsatadi. 
Xalqaro munosabatlar tizimida yuz berayotgan o‘zgarishlar 
natijasida milliy xavfsizlik, mintaqaviy xavfsizlik va xalqaro xavfsizlik kabi 
tushunchalar mohiyatini tushinishga, ularning o‘zaro bog‘liqligini 
anglashga e'tibor ortib bormoqda. Bugungi dunyoning axborot 
xavfsizlik holati "Xavfsizlik"ka bo‘lgan zamonaviy yondashuvlarni ishlab 
chiqishga va milliy, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikka nisbatan 
konseptual qarashlarni rivojlantirishga undamoqda. 
Bugungi globallashuv asrida axborotga bo‘lgan talab har 
qachongidan ko‘ra, kuchayib bormoqda. Shunday ekan, xolis va haq-
qoniy axborotlarni tarqatish, ommaning bu mahsulotga bo‘lgan 
ehtiyojini qondirish har qachongidan ko‘ra bugungi kunda dolzarb 
ahamiyat kasb etadi. Ma'lumki, demokratik jamiyatda ommaviy axborot 
vositalari, tele-radio kanallar odamlarni xolis va haqqoniy axborot 
yetkazadigan, gumanistik qarashlar, ilg‘or g‘oyalarni ifoda qiladigan 
erkin minbar sifatida e'tibor beriladigan vositadir. Aslida ham shunday. 
Bugun jahon miqyosida bo‘layotgan olamshumul o‘zgarishlar, iqtisodiy 
taraqqiyot, ilm-fandagi inson aqlini lol qoldiradigan yangiliklaru ixtirolar 
barcha-barchasi ommaviy axborot vositalari orqali ma'lum bo‘lmoqda.
Demak, OAV, matbuot yaxshilikka, ezgulikka xizmat qilmoqda.
Lekin ming afsuslar bo‘lsinki, o‘tgan asrning oxirlari, XXI yuz 
yillikning dastlabki yillarida G‘arb matbuotida biz aytgan ezgulikka 
xizmat qilish o‘rniga boshqa buyurtmali "ezgulikka" xizmat qilish hollari 
ham kuzatilmoqda. Ayniqsa, bu holni sobiq ittifoq parokanda bo‘lgach, 
uning o‘rnida tashkil topgan mustaqil respublikalar, xususan, Markaziy 
Osiyo, ayniqsa, O‘zbekiston bilan bog‘liq jarayonlarda uchratish 
mumkin. 
Xozirgi paytda axborotni qanday tushunish haqida quyidagicha 
nuqtai nazarlar yuzaga kеlgan: 



Download 5,73 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   192




Download 5,73 Mb.
Pdf ko'rish