• MUSTAQIL ISHI Topshirdi: Yusupov J. Qabul qildi: Tillaboyev.M Mavzu:Elektrodinamikaning asosiy tenglamalari Reja
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg’ona filiali




    Download 307.31 Kb.
    bet1/5
    Sana30.05.2023
    Hajmi307.31 Kb.
    #67090
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Maydon
    zJyiPClYOC7iQUKx3ulKI7pj6AHOaYGUxliufgE8, mitoz urug\'lanish doir masalalar, 1684781174, 1-mustaqil ish mavzulari (1), spisok-gosudarstvennyh-web-site, 2-ma\'ruza BT Ped.Mah, Organik kimyo A.Abdusamatov, University of business and science, 11111111111, pdfd, photo 2024-04-29 12-56-02, Operatsion tizimlar Mustaqil ish-fayllar.org, 3-laboratoriya ishi (1-topshiriq) Mavzu Nano, Vim, Emacs redakt-fayllar.org






    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
    UNIVERSITETI FARG’ONA FILIALI
    TT va KT fakulteti 630-21-guruh

    Telekomunikkatsiya texnologiyalari yo‘nalishi


    talabasi Yusupov Jamshidjonning Elektronika va sxemalar fanidan tayyorlagan
    MUSTAQIL ISHI
    Topshirdi: Yusupov J.
    Qabul qildi: Tillaboyev.M

    Mavzu:Elektrodinamikaning asosiy tenglamalari




    Reja:

    1.Tarixiy ma’lumot.


    2. Zarralar va zaryadlar.
    3. Elektrodinamika qonunlarini ochilish tarixi
    4. Zaryad va maydonlar
    5. Nisbiylik nazariyasining yaratilishiga sababchi bo’lgan omillar
    6. Nisbiylik nazariyasi va uning elektrodinamika qonunlarini yangicha tushinishga ko’rsatgan ta’siri

    Elektrodinamika, nazariy fizikaning mustaqil qismi bo’lib, tabiatda yuz beradigan elektromagnit xodisalarni o’rganadi. Bu xodisalar tabiatda juda katta rol o’ynaydi. Umumiy fizika kursidan ma’lumki, elektromagnit xodisalarini ko’pchiligini o’rganishda moddiy jismlarning molekulyar tuzilishi va elektr zaryadlarni diskretligini e’tiborga olishning zaruriyati yo’q. Elektromagnit xodisalarini o’rganishga bo’lgan bunday yondashuv oqibatida moddaning elektr va magnit xodisalarini dielektrik singdiruvchanlik va magnit singdiruvchanliklar bilan, o’tkazgichlarni elektr o’tkazuvchanligini esa solishtirma elektr o’tkazuvchanlik bilan xarakterlanadi. Zaryadlar va toklar fazoda uzliksiz taqsimlangan deb faraz qilinib, ular zaryadning xajmiy zichligi ρ va tok zichligi bilan tavsiflanadi. Jismlar, zaryadlar va toklarning bunday ideallashtirib qaralishi ko’p xollarda qoniqarli ekanligi aniqlangan.


    Asosida shunday ideallashtirib qarash yotadigan elektromagnit maydon nazariyasi fenomenologik elektrodinamika deyiladi. Uning boshqacha nomi makroskopik elektrodinamikadir. Xozirgi zamon atamashunosligi tushinchasiga ko’ra makroskopik elektrodinamika elektromagnit maydonning klasik nazariyasi bilan to’la mos tushadi. Bu nazariyaga J. K. Maksvell (1831-1879) o’zining mashxur “Elektr va magnetizm xaqida traktat” (1873)-deb nomlangan fundamental ishida asos solgan. G. Gers (1857-1894) o’zining mashxur tajribalarida (1887-1889) Maksvell tomonidan nazariy bashorat qilingan elektromagnit to’lqinlarni mavjudligini eksperimental tasdiqladi va Maksvell tenglamalarini bugungi kundagi ko’rinishiga olib keldi. Maksvell nazariyasida elektromagnitezm xaqidagi ta’limotning asosiy eksperimental va nazariy yutuqlari nafis va ixcham shaklda umumlashtirilgan. Shu sababli Nyuton qonunlari mexanikada qanday rol o’ynasa, Maksvell tenglamalari klasik elektrodinamikada shunday xal qiluvchi axamiyatga ega.
    Klassik elektrodinamikaning yaratilishi elektromagnit maydonni moddiylik tabiatini kashf qilinishi bilan poyoniga yetadi (1905). Bunda asosiy vazifani A. Eynshteynning ishlari bajardi (1879-1955).
    Klassik nuqtai nazarga ko’ra maydon -bu muxitidagi biror fizik kattalikni (masalan, temperatura, elastiklik kuchlari, tezlik) fazoning qaralayotgan soxasida mujassamlashgan taqsimlanishi bilan xarakterlanadi. Boshqa maydonlardan farqli o’laroq elektromagnit maydonlarning maydon tashuvchiga extiyoji yo’q va u moddaning mustaqil ko’rinishidan iborat.
    Elektromagnit maydonni o’rganishda uning ikki tomoni elektr va magnit xususiyatlari namoyon bo’ladi. Sanoq sistemasining tanlanishi bilan bog’liq bo’lgan bunday ajralishning shartliligi nisbiylik nazariyasi tomonidan aniqlangan.
    Elektr maydoni elektromagnit maydonining ikki tomondan biri sifatida aniqlanib, uning mavjudligi elektr zaryadlari va o’zgaruvchan magnit maydoniga bog’liq. Elektr maydoni zaryadlangan zarralar va jismlarga kuch bilan ta’sir ko’rsatadi, xamda uning mavjudligi qo’zg’almas zaryadlangan jismlar, xamda zarralarga ta’siri orqali aniqlanadi.
    Magnit maydon-elektromagnit maydonning ikki tomonini bittasi hisoblanadi va harakatlanuvchi elektr zaryadlari hamda o’zgaruvchan elektr maydoni tomonidan hosil qilinadi. Magnit maydoni zaryadlangan zaryadlarga kuch bilan ta’sir ko’rsatadi va bu kuch zaryadning harakat yo’nalishiga perpendikulyar bo’lib, ularning tezligiga proporsional kattalikka ega bo’ladi.
    Elektromagnit maydon nazariyasida umumlashtiriladigan, umumiy fizika kursida eksperiment orqali topilgan qonuniyatlar odatda integral shaklda yoziladi. Bunda bo’lib o’tadigan elektromagnit hodisalar fazo hajmlarida, sirtlarda yoki mikroskopik qismlarda (masalan biz ko’nikkan kesimga ega bo’lgan o’tkazgichlarda) qaraladi. ”Integral shakl” albatta integrallarni qo’llash bilan bog’liq emas. Bunday qonuniyatlarga Om qonuni, elektromagnit induksiya qonuni va umuman algebraik ko’rinishda tasavvur qilinishi mumkin bo’lgan qonunlar kiradi.
    Maksvell nazariyasining o’ziga hos tomoni shundan iboratki, elektrodinamika qonunlari differensial shaklda ifodalanadi. Bunda hodisalar va ularni xarakterlovchi kattaliklar cheksiz kichik hajm elementlarida, sirtlarda, qismlarda yoki nuqtalarda qaraladi. Mubolag’asiz aytish mumkinki, fizik kattaliklarni aynan nuqtada qarash va elektromagnit hodisalarni yonma-yon yotuvchi nuqtalarga nisbatan o’rganish, Maksvell nazariyasini va uni davomchilarining ishlarini ulkan muvaffaqiyatini ta’minladi.
    Hozirgi davrda o’zaro ta’sirning to’rt turi mavjud. Bular elektromagnit, gravitatsion, kuchli va kuchsiz ta’sirlardir. Qolgan barcha o’zaro ta’sirlar shularning biriga keltirilishi mumkin. Masalan, yopishqoqlik kuchlari va boshqa birqancha kuchlar pirovard natijada elektromagnit kuchlari hisoblanadi.
    Zarayadlangan zarralar orasidagi gravitatsion o’zaro ta’sir kuchlari ular orasida ta’sir qiladigan elektr kuchlariga nisbatan juda kichik. Masalan, bir–biridan r-masofada joylashgan elektronlar orasidagi gravitatsion tortishish kuchi

    (1)
    ga teng bu yerda G=6,7*1011 (N*m/kg) -gravitatsion doimiylik -elektron massasi
    Boshqa tomondan elektronlar orasida elektr itarilish kuchi xam mavjud bo’lib u
    (2)
    ga teng, bu yerda ; , (1) va (2) dan
    (3)

    Shunday qilib ikkita elektronlar orasidagi gravitatsion o’zaro ta’sir kuchi xisobga olmasa bo’ladigan darajada kichik. Elementar zarralarning o’zaro ta’sir soxalarida tortishish kuchlari amalda xech qanday rol o’ynamaydi. Tortishish kuchlari faqat katta o’lchamga ega bo’lgan neytral massalar o’zaro ta’siridagina axamiyatlidir.


    Kuchli o’zaro ta’sir tufayli yuzaga keluvchi yadro kuchlarining qonuni xozirgi vaqtda to’liq aniqlanmagan. Lekin yadro kuchlarining xossalari yetarli darajada batafsil o’rganilgan. Ma’lumki bu kuchlar tabiatiga ko’ra yaqindan ta’sir qiluvchi kuchlardir. Ularning ta’siri nuklonlarni taxminan 10-15 m masofagacha yaqinlashtirgandagina seziladi. Bunday masofalarda yadro kuchlari elektromagnit kuchlariga nisbatan bir necha marotaba katta. Lekin masofa ortishi bilan bu kuchlar juda tez kamayib elektromagnit kuchlariga nisbatan xisobga olmasa bo’ladigan darajaga tushib qoladilar. Shu sababli, yadro kuchlari elementar zarralar orasidagi o’zaro ta’sir kuchlari sifatida faqat ular juda kichik masofalarga qadar yaqinlashtirilgandagina muxim rol o’ynaydi. Masalan ular modda yadrolarini xosil bo’lishida muxim ahamiyat kasb etadi.
    Kuchsiz o’zaro ta’sir esa zarralarni bir-biriga aylanishida axamiyatli. Zarralar bir-biridan uzoqlashtirilganda ularni e’tiborga olmaslik mumkin.
    Shunday qilib to’rt xil o’zaro ta’sirning ichidan faqat elektromagnit o’zaro ta’sirgina zarralar xarakatini boshqarishda foydalanishga yaroqli. Shu xususiyati tufayli elektromagnit kuchlar zamonaviy fan va amaliyotda favqulodda muxim axamiyatga ega.
    Elektromagnit maydon nazariyasi xozirgacha xam o’z axamiyatini to’la saqlab qolgan. U elektron va radiotexnikaning nazariy fundamenti xisoblanadi. Elektrodinamikadagi axamiyati esa beqiyos. Bu nazariya elektroximiya, biofizika, astrofizika va shu kabi boshqa “gibrid” fanlarda xam xal qiluvchi o’rinni egallaydi.
    XX asr fizikasi xisoblangan nisbiylik nazariyasi va kvant mexanikasi xam klassik maydon nazariyasini “man” qilgani yo’q, faqat qator tushinchalarni fizik ma’nolarini ko’rinishini o’zgartirib, ularning qo’llanish chegaralarini belgilab berdi.
    Maksvellning klassik maydon nazarisi xox u integral shaklda bo’lsin, xox differnsial shaklda bo’lsin bundan qat’iy nazar makraskopik xarakterga ega, boshqacha aytganda fenomenologik nazariyadir. Buning ma’nosi unda maydonni qamrab olib fazoni to’la yoki qisman to’ldiruvchi moddaning atom-molekulyar tuzilishi xisobga olinmaydi.
    Nazariyaning fenomenologik xarakteri uning cheklanganligidan guvoxlik beradi. Modda tuzilishini xisobga olish - klassik elektron nazariyani va yoki mikroskopik elektrodinamikani paydo bo’lishiga olib keladi. Bu nazariyani asoschisi G. A. Lorents (1853-1928) xisoblanadi.
    Lorentsning elektron nazariyasini klassik nazariya deyilishini sababi shundaki, uning asosida klassik fizikaning qonun-qoidalari yotadi. Klassik fizikaning ta’limotiga ko’ra materiyaning barcha ko’rinishlarida, ya’ni mega-,-makro va mikrodunyoda aniq birday qonuniyatlar amal qiladi. Boshqacha so’zlar bilan aytganda makradunyo bilan mikrodunyo oralig’ida faqat sof miqdoriy, o’lchamiy farqlargina mavjud bo’lib, sifatiy farqlar butunlay yo’q deb qaraladi.
    Makraskopik elektrodinamikada shakllantirilgan Maksvell tenglamalari to’laligicha mikradunyoda xam qo’llashga yaroqli, masalan atomlarning ichida cheksiz kichik xajmlarda. Yo’l-yo’lakay ta’kidlash zarurki bu qonuniyat kvant fizikasi tomonidan man qilinadi. Shunga qaramay klassik elektron nazariya bugunga qadar o’z axamitini yo’qotgani yo’q.
    Elektron nazariyada fenomenologik usulni o’rniga modda tuzilishini asosiy deb qarovchi usuldan foydalanib, bu xolda mikroskopik qonuniyatlar model ko’rinishida asoslanadi.
    Bu usul XX asr fizikasining xarakterli belgisi bo’lib xodisani tushintirish uning ikki mikrofizik moxiyatini ochishdan iborat bo’ladi.
    Elektron nazariya dastlabki paytda fenomenologik nazariyada kiritilgan qator kattaliklarni fizik ma’nosini aniqlashtirishda bebaxo rol o’ynaydi. Shunga ko’ra elektrodinamikadan zamonaviy qo’llanmalarda va ilmiy adabiyotda makro va mikroelektodinamikaning o’ziga xos sintezi amalga oshiriladi.
    XIX asrning oxiridagi elektrodinamikaning yutuqlari fiziklarni tobora uning mexanizmini mustaxkamlashga ishontirib bordi va dunyoning elektromagnit manzarasiga o’tilganligini nishonladi. Olamning elektromagnit manzarasini rivojlanishi bilan, fizikaning asosiy qoidalarida to’ntarish tayorlandi va u Eynshteynning nisbiylik nazariyasi ko’rinishida yaratildi.

    Download 307.31 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 307.31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg’ona filiali

    Download 307.31 Kb.