|
Mavzu: Yog’ochga ishlov beruvchi tokarlik stanogi
|
Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 1,5 Mb. | | #99404 |
Bog'liq Agzamova Zulayho TT-301 mAVZU:Yog’ochga ishlov beruvchi tokarlik stanogi.
Tokarlik stanogi: mashinasozlikda — asosan, doiraviy sirtli buyumlarga yoʻnib ishlov beradigan stanok. Tokarlik stanogi yordamida sirtlarni yoʻnish, sirtlarda ichki va tashqi rezbalar ochish, parmalash, zenkerlash (parmalangan teshiklarga tozalab ishlov berish), teshiklarni yoʻnib kengaytirish, plashka hamda metchiklar bilan rezba ochish, bir-biriga ishqalab moslash mumkin.
Duradgorlik ustaxonalarida STD – 120 tipidagi yog’ochga ishlov beruvchi tokarlik stanogi ishlatiladi. Duradgorlik ustaxonalarida STD – 120 tipidagi yog’ochga ishlov beruvchi tokarlik stanogi ishlatiladi. Yog’ochga ishlov beruvchi tokarlik stanoglari yordamida yog’och materiallaridan har xil aylanish sirtlarga ega bo’lgan detallar,shakldor buyumlar tayyorlanadi. Std – 120 tipidagi yog’ochga ishlov beruvchi tokarlik stanogining asosiy uzellari stanina,oldingi babka,ketingi babka,tirgak,o’yuvchi moslama bo’lib,uning yordamida o’yish-teshish ishlari bajariladi.(31 – rasm) Yog’ochga ishlov beradigan tokarlik dastgohining asosiy qismi yo’naltirgichli stanina(3) bo’lib,u ikkita tayanch panjalarga o’rnatiladi. Staninaga oldingi va keying babka hamda tutqichli g’aladon joylashgan.Ishchi mexanizmlar himoya ekrani bilan o’ralgan qirqish zonasini (ish maydonini) hosil qiladi.
Oldingi babka ishlanadigan yog’och materiallarini tutib turadi va uni aylanma harakatga keltiradi.(32-rasm)
32-rasm.Ketingi babkaning tuzilishi: 1-korpus;2-markazli pinol;3-qisqich;4-vint mexanizmi;5-maxovik;6- qotirgich vint;
Ketingi babka uzun o’lchamli yog’ochlarni markazda tutib turish va keskich parmalarni o’rnatish imkonini beradi.(33-rasm)
Yo’nish,qiriqish vaqtida iskanalarni tutib (tirab) turish maqsadida tirgakdan foydalaniladi.
Yog’ochga ishlov beradigan tokarlik stanoklarida yo’nish,qirqish ishlari maxsus tokarlik iskanalari yordamida bajariladi(35-rasm). Duradgorlik ishlarida turli stanoklardan foydalaniladi.Shuning uchun quyidagi xavfsizlik texnikasi qoidalarini bilish va ularga amal qilish shart: 1.Yorug’lik ish o’rniga o’ng tomondan tushishi,ish o’rnida tabiiy yorug’lik yetarlicha bo’lishi kerak. 2.Materiallarni stanok staninasiga,mexanizm yoki to’siqlar ustiga qo’ymaslik talab etiladi. 3.Stanik va mexanizmning detallari,staninalari,qopqoqlari,to’siqlari sinmagan,g’adir-budursiz bo’lishi kerak. 4.Elektr dvigateli qulflanadigan yashik yoki maxsus to’siq bilan yopilishi kerak. 5.Stanoklarning tishli,tasmali va boshqa uzatmallari,disk arralari,pichoqli vallari maxsus qopqoqlar bilan berkitilishi kerak. 6.Stanokning aylanayotgan ish qismlarini qo’l yoki boshqa biror narsa bilan to’xtatmaslik kerak. 7.Stanokni to’xtatmasdan turib ishlangan sirtning silliqligini qo’l bilan tekshirmaslik kerak. 8.Ish vaqtida maxsus kiyimda bo’lish va himoya ko’zoynagini taqib ishlash talab etiladi.
|
| |