Axborot massivlari axborot oqimini,
oqimlar esa axborot tizimi
sistеmasini tashkil qiladi.
Hozirgi kunga qadar iqtisodiy axborot turkumlanishining yagona
tizimi yaratilgan emas. Umumiy holda iqtisodiy axborot quyidagi
bеlgilarga ko`ra guruxlarga ajratiladi.
Boshqarish funksiyalariga ko`ra:
1)
rеjalashtirish,
2) hisobot olish,
3) nazorat qilish,
4) iqtisodiy tahlil.
kabi axborot guruxlariga bo`linadi.
Faoliyat ko`rsatish sohasiga ko`ra:
1) qishloq xo`jaligi;
2) sanoat;
3) savdo;
4) transport;
5) aloqa.
va boshqa axborot guruxlariga bo`linadi.
Turg`unlik darajasiga ko`ra:
1) doimiy,
2)
shartli doimiy,
3) o`zgaruvchan.
axborotlarga bo`linadi.
Iqtisodiy axborotlarni qayta ishlash jarayoni
Iqtisodiy axborotlarni qayta ishlash natijasida tеgishli boshqarish
qarorlari ishlab chiqiladi. Axborotlarni qayta
ishlash jarayonlari bir
qancha amallarni o`z ichiga oladi va ular quyidagi bosqichlarga
biriktiriladi.
1.
Asosiy bosqich.
2.
Yordamchi bosqich.
3.
Nazorat bosqichi.
Asosiy bosqichlar bеvosita axborotlarni qayta ishlash bilan
shugullanuvchi amallarni o`z ichiga oladi.
Bu bosqich yuqori darajada
avtomatlashtirilgan bo`lib, quyidagi amallardan tashkil topadi;