Biologiya (2) — копия cdr




Download 5,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/192
Sana07.06.2024
Hajmi5,73 Mb.
#261392
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   192
Bog'liq
AXBOROT XAVFSIZLIGI

 
 
 
 
Aksariyat hollarda MzP o‘z ichiga: 
arifmetik-mantiqiy qurilmani; 
ma’lumotlar shinalari va manzillar shinalarini; 
registrlarni; 
komandalar hisoblagichini; 
kesh - kichik hajmli (virtual) xotiraga juda tez (8 dan 512 Kbayt ga 
qadar) saqlash qurilmasini; 
nuqtasi o‘zgaruvchan sonlarning matematik soprotsessorini 
mujassam etadi. 
Zamonaviy 
protsessorlar 
mikroprotsessorlar 
ko‘rinishida 
tayyorlanadi. Jismonan mikroprotsessor integral sxema ko‘rinishidan 
iborat, ya’ni u umumiy maydoni atigi bir necha kvadrat millimetr 
keladigan to‘g‘ri burchak shaklga ega kristall holatdagi kremniyning 
yupqa plastinkasi ko‘rinishida tayyorlangan bo‘lib, ustiga protsessorning 
barcha ishlarini bajaradigan sxemalar (qoliplar) joylashtirilgan. Ushbu 
kristall-plastinka, odatda, plastmassa yoki sopoldan tayyorlangan yassi 
korpusga joylanib, kompyuterning tizim platasiga ulash imkoni bo‘lishi 
uchun metall tilchalariga ega tilla simlar bilan ulanadi. 
9. Arifmetik mantiqiy qurilma vazifasini tashkil etuvchilar bilan 
tanishish 
Arifmetik-mantiqiy qurilma axborotni o‘zgartirishga oid arifmetik 
va mantiqiy operatsiyalarni bajarish uchun mo‘ljallangan qurilma 
sanaladi. Funksional jihatdan AMQ, odatda, ikkita registr, summator va 
boshqaruv sxemasidan (mahalliy boshqaruv qurilmasidan) tashkil 
topgan. Summator - kirish qismiga kelayotgan ikkilik sonli kodlarni 
qo‘shish amalini bajaruvchi hisoblash sxemasi bo‘lib, mashinaning 
ikkilangan so‘ziga oid razryadlik darajasiga ega. 
Uzunligi turlicha bo‘lgan tez ishlovchi xotira registrlari: 1- registr 
(Pr1) ikkilangan so‘z, 2- registr (Pr2) esa bitta so‘zga oid razryadlik 
darajasiga ega. 
Operatsiya bajarilayotgan paytda Pr1 ichida operatsiyada ishtirok 
etayotgan birinchi son, operatsiya yakuniga yetgach - natija joylashadi; 
Pr2 ichida esa operatsiyada ishtirok etayotgan ikkinchi son 
joylashib, operatsiya yakuniga yetgach, uning ichidagi axborot 
o‘zgarmay qoladi. 1- registr axborotni ma’lumotlarning kodli shinasidan 
olishi va xuddi shu shinasi orqali uzatishi mumkin. 



Download 5,73 Mb.
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   192




Download 5,73 Mb.
Pdf ko'rish