|
Biologiya (2) — копия cdrBog'liq AXBOROT XAVFSIZLIGI
Audioplata (audiokard) - turli musiqalami, tovushlarni kompyuter
tomonidan ijro etilishiga xizmat qiluvchi qurilma. Odatda ovoz
kolonkalari va mikrofoni boiadi; Joystik (joystick) - kompyuter o‘yinlarini
boshqaruvchi qurilma;
Digitayzer (digitizer) - tasvir va chizmalarni raqamlar ko'rinishida
ifodalab, so'ngra kompyuterga kirituvchi qurilma.
5. Kanalli va shinali sistemotexnika
Kanal-tezkor xotira bilan EHMning tashqi qurilmalari orasida
axborot almashinuviga imkon beradi. Shu tufayli ko‘p dasturli rejimni
amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Bittadan ortiq bo‘lgan chiqishga ega
uzatish linyasi yoki signallarni uzatish muhitini shina deb atash mumkin.
Oddiy kompyutyerda bir nechta ichki va tashqi shinalar, har bir
protsessorda asosiy ma’lumotlarni va xotira manzillarini uzatish ikkita
shinalar mavjud.Bular ma’lumotlar shinasi va manzil shinasidir.
Protsessor shinasi deganda, ko‘pincha ma’lumotlarni uzatish yoki
qabul qilish bog‘lanishlari to‘plami sifatida ifodalangan ma’lumotlar
shinasi nazarda tutiladi. Shinaga bir vaqtning o‘zida qancha signal ko‘p
kelib tushsa, vaqtning aniq bir intervalida, u orqali shuncha ko‘p
ma’lumotlar uzatiladi va u shuncha tez ishlaydi.
Ma’lumotlar shinasining raryadliligi avtomagistral yo‘lidagi xarakat
yo‘nalishlarining miqdoriga o‘xshashdir, yo‘nalishlar miqdorini orttirish
trassadagi mashinalar oqimini orttirishga imkon tug‘diradi. Shunga
o‘xshash, razryadlilikni orttirish, unumdorlikni orttirishga olib keladi.
Kompyutyerdagi ma’lumotlar bir hil vaqt oralig‘ida raqamlar
ko‘rinishida uzatiladi.
Aniq vaqt intervalida ma’lumotlarning bir birlik bitini uzatish uchun,
yo‘qori bosqichdagi kuchlanish signali jo‘natiladi (5 V atrofida),
ma’lumotlarning nol bitini uzatish uchun quyi bosqichli kuchlanish
signali (0 bit atrofida) uzatiladi.
6. kompyuterni testlash
Testli dasturlar kompyuter konfiguraciyasini, uning tizimli
resurslarini identifikaciyalash hamda nisbiy unumdorlikni diagnostika-
lash va baholash uchun ishlatiladi.
DOS dasturlari asosiy paketiga Microsoft Diagnostics (MSD.EXE)
utilitasi kiradi. Uning yordamida bir qator murakkab bo‘lmagan
apparatura nosozliklarini va yoki tizim fayllarining noto‘g’ri konfigura-
|
| |