• Turkum: Aspergill - Aspergillus Turkum: Penitsill – Penisillum
  • -amaliy mashg‘ulot:Aspergillning tuzilishi va ko‘payishi




    Download 0,76 Mb.
    bet86/204
    Sana07.06.2024
    Hajmi0,76 Mb.
    #261363
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   204
    Bog'liq
    Mikologiya algologiya majmua 2020 SamVMI

    25-amaliy mashg‘ulot:Aspergillning tuzilishi va ko‘payishi.
    Klassifikatsiya:
    Ajdod: Askomitsetsimonlar – Ascomysetes
    Kenja ajdod: Euaskomitsetkabilar - Euascomysetidae
    Guruh: Plektomitsetkabilar
    Qabila: Evrosiyanamolar - Eurotiales
    Turkum: Aspergill - Aspergillus
    Turkum: Penitsill – Penisillum
    Bu qabilaga kiradigan zamburug‘larning meva tanasi kleystotetsiy bo‘lib, mitseliyda vujudga keladi. Xaltachalar kleystotetsiy ichida tartibsiz joylashadi. Ba’zi turlarida meva tana sklerotsiyga o‘xshash giflar o‘rami stromada hosil bo‘ladi. Kleystotetsiy ichidagi peridiy giflarning bir-biri bilan chirmashishidan soxta parenxima to‘qimasi vujudga keladi. Xaltacha protunikatli bo‘lib, uning yupqa po‘sti osonlik bilan yemiriladi va umuman 2-8 askosporalar asta-sekin tarqaladi. Askosporalar bir hujayrali rangsiz yoki rangli bo‘ladi. Evrotsiyanamolarning aksariyat turlari jinssiz ko‘payib, konidiyasporalar hosil qiladi. Ba’zi turlari jinsiy ko‘payadi va xaltachalar vujudga keladi. Bu qabilaning 100 dan ortiq turi bo‘lib, oziqlanishi saprotrof. Evrotsiyanamolarning ayrim turlari patogen bo‘lib, odam va hayvon organizmida parazitlik qiladi va dermatomikoz degan kasallikni keltirib chiqaradi. Ayniqsa Emonsiella capsulata - gistoplazmoz degan og‘ir kasallikni chaqirishga sababchi bo‘ladi. Evrotsiyanomalar qabilasidan aspergill - Aspergillus, penitsill- Penisillum, akremonium - Acremonium va boshqa turkum vakillari hozirgi vaqtda antibiotiklar, fermentlar va organik kislotalar olishda keng ishlatilmoqda. Masalan, Emeriselopsis terrikol - Emericellopsis terricola dan Selalocporin S degan antibiotik olinadi. Bu antibiotik meditsinada keng ishlatiladi. Evrotsianomalar qabilasiining eng muhim turkumlaridan penitsill va aspergill hisoblanadi. Bularning turlari Arktikadan to tropikkacha bo‘lgan tuproqlarda tarqalgan bo‘lib, tuproq tarkibidagi organik moddalarni parchalaydAspergil (Aspergillus)ning konidiyabandi oddiy tuzilgan, bir hujayrali, uchi shar shaklida qavarib chiqqan bo‘lib, unda fialidlar joylashgan. Fialidlarda bir hujayrali konidiyasporalar bo‘ladi, ba’zi bir xil vakillarida fialidlar maxsus hujayralarga o‘rnashadi, bunday hujayra profialidlar deb ataladi.



    Download 0,76 Mb.
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   204




    Download 0,76 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -amaliy mashg‘ulot:Aspergillning tuzilishi va ko‘payishi

    Download 0,76 Mb.