Bioxilma-xillikning yo‘qolib borishi ekologik muvozanatning buzilishiga sabab bo‘lmoqda




Download 251,09 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.11.2023
Hajmi251,09 Kb.
#101959
Bog'liq
Toyloq.uz - Bioxilma-xillikning yo‘qolib borishi ekologik muvozanatning buzilishiga sabab bo‘lmoqda - 2023-09-30



Published on Toyloq.uz (
https://www.tayloq.uz
)
Asosiy
 > Bioxilma-xillikning yo‘qolib borishi ekologik muvozanatning buzilishiga sabab bo‘lmoqda
Bioxilma-xillikning yo‘qolib borishi ekologik muvozanatning 
buzilishiga sabab bo‘lmoqda
29.09.2023 - 11:12
Ochiq muloqot
Yer yuzidagi biologik xilma-xillik tirik mavjudotning yashashi 
uchun eng muhim omillardan hisoblanadi. Biroq tabiat 


ne’matlaridan nooqilona foydalanish, uni muhofaza qilmaslik 
oqibatida biologik xilma-xillik kundan-kunga yomonlashib 
bormoqda. Bu esa insoniyat uchun jiddiy xavf sanaladi. Negaki, 
bioxilma-xillikni yo‘qolib borish sur’atining o‘sib borishi o‘z 
navbatida ekologik muvozanatning buzilishiga sabab bo‘lmoqda. 
Shu bois mamlakatimizda bu masalaga alohida e’tibor 
qaratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2019 yil 11 iyundagi qarori bilan 2019−2028 
yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni 
saqlash strategiyasining tasdiqlanishi fikrimizning yaqqol 
tasdig‘idir.
Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat 
Mirziyoyev rahbarligida 2021 yil 2-noyabr kuni o‘kazilgan 
yig‘ilishda “Yashil makon” umummilliy loyihacsi doirasida amalga 
oshirilishi belgilangan tadbirlar ham biologik xilma-xillikni 
ta’minlashga xizmat qiladi.
Toyloq tuman hokimligida o‘tkazilgan ochiq muloqotda shu 
haqida so‘z yuritildi. Unda ishtirok etgan tuman hokimi Bahodir 
Bobonazarov tumanda biologik xilma-xillikni yaxshilash, atrof-
muhit muhofazasini kuchaytirish, hududlarda yashil makonlarni 
ko‘paytirish, hayvonot va nabodot olamini asrash borasida 


amalga oshirayotgan ishlar sifati haqida so‘z yuritdi. 
“Yashil makon” loyihasi doirasida tuman hududidagi 6,1 km 
uzunlikdagi davlat ahamiyatiga molik magistral hamda 37,0 km 
viloyat va mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘llari bo‘ylarida, 
barcha xonadonlar, ko‘chalar, qishloqlar hududlarida jami 300 
ming tup manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekildi hamda 
magistral yo‘l bo‘yidagi 6,1 km masofada ekilgan ko‘chatlarni 


sug‘orish uchun 15 ta sug‘orish quduqlari qazildi. 
Tumanimizda 100 yoshdan oshgan daraxtlarni asrash va 
ularga davlat tabiat yodgorligi maqomini berish bo‘yicha ham 
ko‘zga ko‘rinarli ishlar amalga oshirilmoqda. Tumanimizda 100 
yoshdan oshgan daraxtlar soni jami 45 tani tashkil etadi. 
Shundan Navbahor mahalla fuqarolar yig‘ini Ispandi 
qishlog‘idagi “Ad-Daromiy” ziyoratgohi hududida o‘sib turgan 29 
ta tut, qolaversa, tumanimizning turli hududlarida o‘sib turgan 
16 ta chinor daraxtlari “Davlat tabiat yodgorligi” deb belgilangan.
“Davlat tabiat yodgorligi” maqomi berilgan daraxtlar atrofini 
muhofaza qilish, saqlash, amaldagi tartibda o‘simlik turi, nomi, 
manzili, ro‘yxatga olingan sanasi haqidagi ma’lumotlar 
shakllantirilgan hamda hududini doimiy obodonlashtirish va 
asrash vazifasi mahalla fuqarolar yig‘inlariga yuklatilgan. 
-Qishloqlarda nuroniy otaxonlar maslahatiga amal qilinib, 
hudud iqlimiga mos keladigan, zaxlikni yo‘qotadigan tut, katalpa, 
yasen, terak va boshqa daraxtlar ekilishi belgilab olindi. Bu bilan 
hudud havosining yaxshilanishi, yo‘l yoqalaridagi zax suvlarining 
qochishi va yo‘llarning asfalt qoplamalarining tez-tez 
buzilishining oldi olinishiga erishiladi. Shuningdek, yangidan 
ekilgan ko‘chatlarni parvarishlash, sug‘orish, 
zararkunandalardan himoya qilish bo‘yicha mas’ullar biriktirildi, -
deydi tuman hokimi Bahodir Bobonazarov.
“Yashil makon” umummilliy loyihasini samarali davom 


ettirilishi hisobiga tumanning havo tozaligini yanada 
yaxshilashga erishiladi. 
Ochiq muloqot davomida masalaga aloqador korxona va 
tashkilotlar mas’ullari, ekologik partiya a’zolari, jamoatchilik 
vakillari tumanda biologik xilma-xillikni ko‘paytirish, ekologik 
muhitni yaxshilash borasidagi taklif va fikrlarini bildirishdi.

Download 251,09 Kb.




Download 251,09 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bioxilma-xillikning yo‘qolib borishi ekologik muvozanatning buzilishiga sabab bo‘lmoqda

Download 251,09 Kb.
Pdf ko'rish