|
Bipolyar tranzistorli elektron kalit sxemalar
|
bet | 3/4 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 10,59 Kb. | | #245068 |
Bog'liq Bipolyar tranzistorlarning tuzilishi, ishlashi, ulanish sxemaslaBipolyar tranzistorli elektron kalit sxemalar.
BT da yasalgan sodda kalit sxemasi 4 – rasmda keltirilgan. Yuklama qarshiligi RK emitteri umumiy shinaga ulangan tranzistorning kollektor zanjiriga ulangan. Kalit ikkita turg‗un holatga ega bo‗lishi kerak: ochiq va berk. Ochiq kalit holatiga tranzistorning to‗yinish yoki aktiv ish rejimi, berk holatga esa - berkilish rejimi mos keladi. Agar tranzistor bazasiga manfiy kuchlanish berilsa (Ukir0V), u holda emitter va kollektor o‗tishlar teskari yo‗nalishda ulangan bo‗ladi, ya‘ni berk holatda bo‗ladi. Bu vaqtda tranzistor kollektor tokining berkilish rejimida ishlaydi va kalit uzilgan holatda bo‗ladi. Berkilish rejimida tranzistor toklari mos ravishda
Ie 0 , Ik = Iko , Ib = -Iko .
Natijada tranzistor kollektoridagi kuchlanish
Uk = Uchiq = Em – Iko * Rk Em.
Bo’lib, yuklamaning manbadan uzilgan holatiga mos keladi (kalit uzilgan). Baza zanjirida Rb rezistor mavjud bo’lganda tranzistor baza kuchlanishi
Ub = Ube = -Ukir + Iko * Rb.
4-rasm. Bipolyar tranzistorli elektron kalit sxemalar.
Yuqori temperaturalarda kalit Iko qiymati keskin ortadi va natijada emitter o’tishdagi kuchlanish ham ortadi. Shu sababli berkilish rejimida tranzistor normal ishlashi uchun quyidagi shart bajarilishi kerak
bu yerda UBO‘S – emitter o’tishdagi musbat kuchlanish UBE bo’lib, ushbu qiymat ortsa tranzistor berk rejimdan aktiv rejimga o’tadi, ya‘ni ochiladi. Integral texnologiyada bajarilgan kremniyli tranzistorlar uchun
UBO‘S = 0,50,6 V.
Agar UKIR=0, u holda shart quyidagicha qayta yoziladi.
Iko * Rb U bo’s .
UBO‘S=0,6 V va IK0=1mkA deb faraz qilsak, u holda RB.max=0,6 MOm ga teng bo’ladi. Kirishga UKIR0,7 V (mantiqiy bir U1 ) kuchlanish berilsa tranzistor aktiv yoki to‗yinish rejimida ishlaydi (kalit ulangan).
Kalit rejimda tranzistorning aktiv ish rejimi ma‘qullanmaydi, chunki yuklamadagi tok faqat yuklama Rk va manba kuchlanishi YeM kattaligi bilan emas, balki tranzistordagi kuchlanish pasayishi UKE bilan ham aniqlanadi,
Shunday qilib, agar kalit kirishiga mantiqiy nol potensiali berilsa, u holda uning chiqishida mantiqiy birga mos potensial hosil bo‗ladi va aksincha, ya‘ni bunday kalit invers sxema hisoblanadi va invertor deb ataladi.
Sxema iste‘mol qilayongan tok ortsa, sig’imlarning katta qayta zaryadlanish tezligi hisobiga qayta ulanish vaqti ortadi. Lekin bu vaqtda sxemaning iste‘mol quvvati ortadi. Shu sababli o’rtacha kechikish vaqti qayta ulanish ishi AQ=RtK deb ataluvchi kattalik bilan aniqlanadi.
Xulosa
Men “Sanoat elektronikasi” fanidan “Bipolyar transiztorlarning tuzilishi,ishlashi va ulanish sxemalari” mavzusi bo’yicha mustaqil ish tayyorlab bipolyar tranzistorlar, bipolyar tranzistorlarning ulanish sxemalari va bipolyar tranzistorlarning elektron kalit sxemalari haqida ma’lumotga ega bo’ldim.
|
| |