Bipolyar tranzistorlarning ulanish sxemalari (yoqish) va kuchaytirgich kaskadlarida tranzistorlarning ishlash rejimlari




Download 1,93 Mb.
bet1/4
Sana10.07.2024
Hajmi1,93 Mb.
#267258
  1   2   3   4
Bog'liq
slQcJnUZxvve4yjOdlxzgAZnyY1amuEhMDjvHcIo


Bipolyar tranzistorlarning ulanish sxemalari (yoqish) va kuchaytirgich kaskadlarida tranzistorlarning ishlash rejimlari.
1. Bipolyar tranzistorlar asosidagi kuchaytirgich kaskadlari.
2. Bipolyar tranzistorning ish nuqtasini uning VAXidan tanlash va uni sxemotexnik usullari bilan ta'minlash.
3.Ishlash nuqtasini termostablizatsiyasi, termokompensatsiya.
4. UE li tranzistor kaskadini printsipial sxemasi.
5.UB va UK bilan ulangan tranzistorli kuchaytirgichlarning xarakteristikalari.
Reja:
Tranzistor - signallarni kuchaytirish yoki o’chirib yoqish uchun ishlatiladigan uch elektrodli yarim o'tkazgichli qurilma.
Tranzistor elektrodlariga beriladigan kuchlanishlarning qutbiga qarab, quyidagi ish rejimlari farqlanadi: faol (chiziqli yoki kuchaytiruvchi), invers, to'yingan va kesish.
Aktiv rejim - emitter o'tishiga to'g'ri kuchlanish beriladi va kollektor o’tishiga teskari kuchlanish beriladi. Ushbu rejim asosiy rejimdir, chunki u kuchaytirilgan signalning minimal buzilishlarida emitter o'tkazish koeffitsientining maksimal qiymatini ta'minlaydi va tranzistor kuchaytiruvchi element sifatida ishlaydi.
Invers rejim-kollektor o’tishiga to’g’ri, emitter o’tishiga teskari kuchlanish beriladi. Nosimmetrik tranzistorning real strukturasidan kelib chiqib, ushbu rejim tranzistorning aktiv rejimiga nisbatan emitter tokini o’tkazish koeffitsiyentini kamayishiga olib keladi va shuning uchun amalda juda kam ishlatiladi.
To’yinih rejimida (ikki yoqlama injektsiya) – ikkala o’tish (Emitter va kollektor) ham to’gri kuchlanish ostida bo’ladi. Chiquvchi tok kiruvchi tokka bog’liq emas va yuklama parametrlari bilan aniqlanadi. Kollektor va emiter o’rtasidagi kichik kuchlanish tufayli (bir-o’n millivolt darajasida) bu rejim elektr tarmoqlarini ulash uchun ishlatiiladi.
Kesish rejimida ikkala o’tishga ham tekari kuchlanish beriladi. Kesish rejimida tranzistor toki amalda nolga teng bo’lganlligi va uning qarshiligi maksimal qiymatga egaligi tufayli, bu rejim zanjirlarni uzish uchun ishlatiladi.
O'zgaruvchan tok yordamida BTni yoqishning uchta asosiy sxemasi mavjud: umumiy emitter (UE), umumiy baza (UB) va umumiy kollektor (UK) . BT ni ulashning nomi o’zgaruvchan tok uchun kiruvchi va chiquvchi zanjirlar uchun umumiy bo’lgan chiqishlarini ko’rsatadi.
Qoida tariqasida o’zgaruvchan tok bo’yicha umumiy elektrod doim nol potentsialga ulanadi (sxema “yeri”ga).
BT ning turli xil ulanishi kuchlanish va tok bo’yicha kuchaytirish koeffitsiyentlari, kirish va chiqish qarshilik qiymatlari va chastota xarakteristikalari bo'yicha bir-biridan farq qiluvchi kaskadlarni qurishga imkon beradi.
Rasmda ishchi nuqtani aniqlovchi zanjirsiz o’zgaruvchan tok bo’ycha BT ni ulash variantlari ko’rsatilgan
BT larda kuchaytirish kaskadlari
Umumiy emitter (UE) sxemasi
UE tokni β marta kuchaytiradi, shuningdek kuchlanishni kuchaytiradi, chunki yuklamadagi kuchlanish baza-emitter qismidagi tranzistor kirishidagi kuchlanishdan kattaroq bo'lishi mumkin.
Kam quvvatli tranzistorlar uchun UE sxemalarida quvvatni kuchaytirish bir necha ming martagacha bo’ladi.
UE sxemasi quvvatni UK yoki UB bazaga nisbatan ko’p marta kuchaytiradi va bu uning ommalashuvining sabablaridan biri hisoblanadi.
.
UE kaskadi kiruvchi signal fazasini invertlaydi. UE sxemasi 2 – rasmda ko’rsatilgan.
UB sxema
Umumiy baza sxemasi bo’yicha ulangan, kollektor zanjiridagi rezistor nagruzkali kuchaytiruvchi kaskadlar, juda kichik kiruvchi qarshilikka ega, shuning uchun ularni o’zaro ulashda ma’lum qiyinchiliklarga duch kelinadi. Shuning uchun dastlabki kuchaytirish kaskadlari sifatida juda kam qo’llaniladi.
UB li rezistorli kaskadning sxemasi 3-rasmda ko’rsatilgan. UB li tok kaskadi tok bo’yicha kuchayytirmaydi, u kuchlanish bo’yicha kuchaytiradi.
UK sxemasi
UK sxemasi bo’yicha yasalgan kuchaytiruvchi kaskad, katta kiruvchi va kichik chiquvchi qarshilikka ega.
Dastlabki kuchaytirish kuchaytirgichlarida u siganal manbai katta ichki qarshiligi bilan bipolyar tranzistordagi, nisbatan kirish qarshiligi kichik bo’lgan kaskadlarni moslashtirish uchun yoki bipolyar tranzistordagi dastlabki kuchaytirish kaskadlari orasida ishlatiladi.
Ushbu sxema uchun quyidagi tenglik o’rinli
UВХ UБЭ  UВЫХ. Agar chiquvchi kuchlanish UВЫХ baza-emitter kuchlanishi UБЭ dan ancha katta bo’lsa, unda kaskadning chiquvchi kuchlanishi taxminan kiruvchiga teng. Shunday qilib, umumiy kollektorli kaskad chiqishda kirish kuchlanishini takrorlaydi, shuning uchun kuchlanish qaytargichi deyiladi, chiquvchi signal tranzistor emiitterdan olingani uchun emitterli qaytargich deb ataladi. Ushbu kaskad kuchlanish bo’yicha chuqur teskari aloqali kuchaytirgichlarga kiradi.
Radiotexnik sxemalarda tranzistor elektrodlariga tranzistor VAX da ishchi nuqta holatini aniqlovchi doimiy kuchlaish beriladi. Ishchi nuqta shunday tanlanadiki, kollektrdagi tok va kuchlanish o’zining o’zgarishi natijasida maksimal ruxsat etilgan sohadan tashqariga chiqib ketmasligi kerak.
Ishchi nuqtani tanlash
Tranzistor umumiy olganda nochizig’iy element hisoblanadi. Shuning uchun uni chiziqli kuchaytirish elementi sifatida ishlatish uchun tranzistorning ishchi nuqtasini tanlash kerak. Misol sifatida umumiy emitter bo’yicha sxemasi bo’yicha ulangan kuchaytiish kaskadini ko’rib chiqamiz. 5 – rasmda hamma munosabatlar ko’rsatilgan.
5 - rasm. Tranzistorning chiqish VAXi bo’yicha kuchaytirish rejimi hududini aniqlash
Kuchaytirish rejimi hududi kollektor tokining ruxsat etilgan qiymatlari IКдоп , kolektor-emitter kuchlanishining ruxsat etilgan qiymati va kollektordagi ruxsat etilgan quvvat PКдоп chegaralangan (tranzistor spravochniiklarida beriladi).
Pastdan parametrlari- tranzistor kiruvchi VAX lari nochizig’iy uchastkasiga mos keladigan baza toki xarakteristikalari kesiladi.
Chap tarafdan o’tish sohasining nochizig’iy qismi kesiladi, bu yerda tranzistor to’yinish rejimiga o’tadi.
Chizilgan zonada nuqta- tranzistorning ishchi nuqtasi qo’yladi. Nuqtani holatini tanlash kuchaytiruvchi kaskadning vazifasiga bog’liq bo’ladi.
Bu A nuqta bo’lsin. Nuqtani qo’yib biz uning hamma koordinatalarini aniqlashimiz mumkin: IКА; IКЭА; IБА.
Kiruvchi VAX lar bo’yicha UБЭ ni topish mumkin, tranzistor tok va kuchlanishlari orasidagi bog’lanishdan ishchi nuqtaning yetmaydigan parametrlarini topish mumkin:
IКБА, IЭА.

Download 1,93 Mb.
  1   2   3   4




Download 1,93 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bipolyar tranzistorlarning ulanish sxemalari (yoqish) va kuchaytirgich kaskadlarida tranzistorlarning ishlash rejimlari

Download 1,93 Mb.