|
Bir bosqichli porshenli kompressorlar
|
bet | 2/3 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 73,78 Kb. | | #155611 |
Bog'liq ma ruza 121- rasm.
U silindr 1 va ichida harakatlanadigan porshen 2 dan iborat. Silindr devori ichi bo’shliq 6 dan iborat bo’lib unda sovituvchi suv aylanma harakat qiladi. Porshen shatun 3 vositasida krivoship 4 orqali kompressorning tirsakli vali 5 bilan birlashtirilgan va ilgarilama-qaytma harakat qiladi.
Porshen chapdan o’ngga siljiganda kompressor silindrida siyraklanish vujudga keladi. Tevarakdagi muhitning bosimi ta’sirida so’rish klapani 7 ochiladi va silindrga siqilishi lozim bo’lgan gaz to’ladi.
Porshen o’ngdan chapga tomon siljiganida so’rish klapani yopiladi va porshen silindrdagi gazni siqadi. Siqilgan gaz haydash klapani 8 ochilib silindrdan itarib chiqariladi va gaz yig’gichga haydaladi, undan esa iste’molchiga beriladi.
Bunda kompressorning ish protsessi porshenning ikki marta harakatlanishida amalga oshadi, bu esa valning bir marta aylanishiga muvofiq keladi.
Nazariy (ideal) bir bosqichli kompressorni ishlashini ko’rib chiqamiz.
Ishqalanishni yengishga sarf bo’ladigan ish yo’q, silindrning geometrik hajmi foydali ish hajmiga teng va qoldiq bo’shliq hajm hosil kilmaydi, deb faraz qilamiz. Gazni silindrga so’rish va yig’gichga haydash o’zgarmas bosimda amalga oshadi.
2- rasm.
2-rasmda kompressorda siqilgan gaz olishni nazariy indikator diagrammasi tasvirlangan.
Kompressorda porshen chapdan o’ngga qarab harakatlanganda silindrga bosimi R1 bo’lgan gaz kiradi. Bu protsess diagrammada 0-1 chizig’i bilan tasvirlanib so’rish chizig’i deyiladi.
Porshen o’ngdan chapga harakatlanganda gazni R2 bosim va V2 hajmgacha siqadi. 1-2 chizig’i siqish protsessi deyiladi. Porshen chapga tomon harakatlanishda davom etib, siqilgan gazni haydash klapani orqali gaz yig’gichga siqib chiqaradi. 2-3 chizig’i haydash chizig’i deyiladi.
Porshen qaytadan o’ng tomonga harakatlana boshlaganida so’rish klapani ochilib silindrda bosim juda tez R2 dan R1 ga tushadi.
3-0 chiziq va ish protsessi yana shu tarzda takrorlanadi. Nazariy indikator diagrammasidagi 0-1-2-3-4 yuza kompressor valini bir marta aylanishiga sarf bo’ladigan,ya’ni siqilgan gaz olishga sarflanadigan ish miqdorini ifodalaydi va quyidagi ifoda bilan topiladi:
(12.1)
R -diagrammada siqilish ishi:
12561 yuza bilan haydash ishi 43254 yuza bilan, so’rilish ishi lsur esa 01640 yuza bilan tasvirlanadi.
2-rasmda keltirilgan diagrammadan ko’rinib turibdiki, kompressor silindrining devorlaridan issiqlik olib ketilmaganda gazni siqish protsessi 1-2 adiabata bo’yicha boradi. Silindr devorlaridan issiqlik tez olib ketib turilganda protsess 1-2 izoterma bo’yicha sodir bo’ladi.
Ko’rinib turibdiki, ikkala protsessdan izotermik protsess tejamlirok, chunki izotermik siqishda sarf bo’ladigan ish adiabatik siqishdagiga qaraganda son jihatdan 12 2 1 yuzaga teng miqdorda kam bo’ladi. Lekin real kompressorda gazni izotermik siqib bo’lmaydi, chunki silindrni sovituvchi suv havoni siqishda chiqadigan issiqlikning hammasini olib keta olmaydi. SHuning uchun real sharoitlarda siqilish protsessi 1-2 politropa bo’yicha ketadi. Politropa chizig’i izoterma va adiabata chizig’i orasida bo’lib, politropa ko’rsatkichi Pq 1,18 1,25 atrofida bo’ladi.
Kompressor silindrida 1 kg siqishda sodir bo’ladigan protsessning xarakteriga qarab, kompressorning to’liq solishtirma ishi l turlicha qiymatga ega bo’ladi.
Izotermik protsessda bo’lganligi uchun:
(12.2)
Adiabatik protsessda siqilish ishi:
(12.1) formulaga ko’ra kompressorning to’liq solishtirma ishi:
(12. 3)
Politropik siqilishda kompressorning to’liq solishtirma ishi quyidagiga teng:
(12.4)
Yuqorida aytib o’tilganidek, kompressor iste’mol qiladigan ishni kamaytirish uchun uning silindrini suv bilan tez sovitib turish kerak. Bundan tashqari surkov moyining o’z-o’zidan alangalanishining oldini olish maqsadida siqilayotgan gazning temperaturasini pasaytirish uchun ham silindrni sovitib turish lozim.
Bir bosqichli kompressor bosimini oshirishni cheklovchi yana muhim omillardan biri-haydash bosimi oshishi bilan unumdorligining pasayishidadir. SHuning uchun bir bosqichli kompressorlar bosimi 0,8-1,0 MPa dan yuqori bo’lmagan siqilgan gaz olishda ishlatiladi.
Gazni ancha yuqori bosimlargacha siqish uchun uni bosqich bilan, ya’ni oraliq sovitish yo’li bilan bir necha marta siqish kerak bo’ladi.
3. Ko’p bosqichli porshenli kompressor
Ko’p bosqichli porshenli kompressorlar yuqori bosimli gaz olish uchun qo’llaniladi.
Gazni siqish politropa bo’yicha ketma-ket bir necha silindrda oraliq sovitish bilan amalga oshiriladi.
3-rasmda uch bosqichli porshenli kompressorning sxemasi, 4-rasmda esa undan sodir bo’ladigan protsessning RV diagrammasi ko’rsatilgan.
Gaz 0-1 protsessida past bosimli silindr TS1 ga so’rilib, 1-2 politropa bo’yicha R2 bosimgacha siqiladi va sovitkich S1 ga o’tadi.
Gaz sovitkichda o’zgarmas bosimda dastlabki temperaturasi t1 gacha sovitilib, ikkinchi bosqich TS2 ga beriladi va bu yerda politropa 2-3 bo’yicha R3 bosimgacha siqiladi. Siqilgan bosqich TS2 da gaz politropa 2-3 bo’yicha R3 bosimgacha siqiladi. Siqilgan gaz sovitkich S2 ga o’tadi va t1 temperaturagacha soviydi. Uchinchi bosqich TS2 da gaz politropa 3-4 bo’yicha oxirgi bosimgacha siqiladi. So’ngra sovitkich S2 ga va undan iste’molchiga o’tadi.
|
| |