Bir hovuch jonliq




Download 36.14 Kb.
bet1/2
Sana25.05.2023
Hajmi36.14 Kb.
#64274
  1   2
Bog'liq
hikoya songi
taqvim - копия, Binar izlash algoritmi, Fazilatt, Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazm, Urganch davlat universiteti Filologiya va tillarni o’qitish O’zb, Suyunqulova Iroda, PHYTON KITOB, KASBGA YO\'NALTIRILGAN RUS TILI, PEDAGOGIK AMALIYOT 3 KADIROVA DILNOZA, Amaliy mashg‘ulot-2

BIR HOVUCH JONLIQ
Bozor.... Odam qaynaydi, hammani qoʻlida bozorlik, arvachining chetga degan qichqirigʻi, bozorqum savdoga olib chiqqanini tortib olgan bozorchi opalarning yigʻi aralash ovozi. Hamma qayergadir shoshmoqda Turdali otini chetroqqa bogʻlab bozor orasiga shongʻib ketdi. Doimgidek pichoq, qopqon va shu kabi mayda chuydalarni temirchiga tamirlatgani berib, uning uchun suv va havo kabi zarur boʻlgan matohni oq-dorini izlab ketdi, bir zumda koʻzdan gʻoyib boʻldi, yarim soatlarda temirchining ustaxonasi yonida kursida paydo boldi, jim toshdek qotti, nimalarnidir oylab qoldi, sandonga tekkan bolgʻaning ovozida uning bir tekisda qayergadir yugurayotgan hayolini boʻla olmasdi.... Temirchi chamasi 1 soatlarda uni oldiga kelib ishni bitirganini aydi, ishini koʻrsati Turdali hamma narsalarni olib otiga ortib uyiga toqqa qaydi. Yoʻl... Uzoq tosh nimaligini bilmagan yozda tuproq, qishda loy yoʻl. Otda sekin ketib borar ekan oʻtgan kuni otgan boʻrisi haqda oʻylardi, shu paytga nechta jonliqni jonsiz qilgan boʻlsada hech biriga achinmagan va bu kabi koʻp oʻylamagan edi.
Oʻsha kuni boʻri uchun qoʻyilgan tuzoq bilan kurashayotgan yarim jon borining tanasini topdi. Bitta oʻqda tinchitdi. Har doimgidek terisini shilishni boshladi, tirnoqlarini bitta-bitta uzub oldi navbat tishiga edi boʻrining tishlarini sugʻurish boshlaganda qoziq tishlari orasidadi yaltiroq, narsa eʼtibori tordi.....osmonga qarab baqirib, jim tizzalab qoʻldi.
Bir oy oldin Dongʻiz yoʻlida yashaydigan opasining uyini esladi. Opasining 1 qizi bir oʻgʻli bor edi. Katta farzandi esli xushli, oʻqimishli qiz boʻlib shaharda oʻqirdi........
Osha kuni Ziyodaning tugʻulgan kuniga toʻgʻri kelgan edi. Togʻlikalarga xos dasturxon atrofida oʻtirishar ekan toʻgʻda koʻpayib qolgan boʻrilardan opasi nolidi..... opasi qizining quloʻgʻiga yangi isirgʻa taqib tabrikladi....... Bayram tugab xayr-xoshdan soʻng uyga qayti. 3 kun oʻtib toqqa tizza boʻyi qor tushdi. Ziyodaning shaharga, oʻqishga ketish vaqti yetgan edi. Bekatga ertalab 7.30da qishloqning avtobusi kelardi. Bekat uydan yarim soatlik uyidagilarni qizni avtobusga kuzatgan chiqishgandi, bekatga yaqin qoldi gʻira-shirada bekatda odam koʻrindi Ziyoda onasi va ukasiga qaytinglar men oʻzim bekatda avtobusni kutaman hademay keladi, sovuqda yurmang deyishiga qaramay ukasini bekatga qoʻshib joʻnatdi va sigirlari esga tushub uyiga qaytib ketdi. Avtobus haydovchisi bekatga yaqinlashar ekan tinmay singnalini bosardi, yoʻlovchilarning koʻzi bekatda, kimdir baqirib, kimdir yigʻlab boshladi. Avtobus toʻxtashi bilan ikki kishi sakrab tushdi. Boʻrilar galasi ancha uzoqlab ketdi. Yerda ikki burdalangan jasad yotardi. Gʻira-shirada koʻringan odam emas boʻri boʻlgan ekan aslida. Qizining azasida Ziyodamni Olloh menga ziyod koʻrdi deb yigʻladi bechora ona......
Oʻsha kuni togʻda qancha vaqt qolgani, nima qilib yotganini bilmagan Turdali quyosh botishiga uyga qaytdi. Uning ikki oʻgʻli boʻlib Xasan va Xusan bir biriga ikki tomchi suvdek oʻxshardi. Har gal otasi ovdan qaytganda bolalarini opib quchoqlab koʻrishdan ota buhun jimhina oʻzining omboriga eshikni qattiq yopib, taqir-tuqurlatishni boshladi. Bolalar hayron boʻlib ombor derazasidan qarab qoldi. Oradan ancha vaqt oʻtdi. Turdali togʻga kam chiqadigan boʻlib qoldi. Bozorda olib sotarlik qilib roʻzgʻorni aldab turadigan xarajatlarni arang topardi. Baribir boʻlmadi ovchilik ota kasb, uni tark eta olmadi. Oʻgʻillari ham anchayin katta boʻlib qolishgandi ularni ham miltiq ushlashga, ov qilishga oʻrgatdi. Har biriga bitta kattakon qoʻchqorni puliga qoʻshotar olib berdi. Bollari har kuni togʻdan beri kelmas edi, kamiga quruq qoʻl bilan ham qaytmas edi kamida bittadan kaklik yoki quyon bilan qaytishardi. Kech dasturxon boʻyida aka ukani ogʻzi qulogʻida chalikda koʻrgan boʻrisi yoki shoxlari orasiga odam sigʻgudek oxu haqida gapirishardi. Turdaling uyi butun togʻlar atrofida boʻlsa ham lekin boʻri zoti hech ham bu atroflarga yaqinlashmas edi. Hamma boʻrilar Dongʻiz yoʻlida.
Bir kun bozordan mayda chuyda olib qaytar ekan. Otning xurjunlari tolib sekin yurardi, shoshmasdan yurar edi. Birdan qattiq kishnadi. Nimadandir bezovta boʻldi. Oyoqlari ostidan mittiga koʻzlari endi ochilgan it boʻlasi yugurub oʻtdi. Turdali itvachchani koʻrib, birdan uni hayotini izidan chiqara yozgan boʻri haqda oʻyladi. Otga sekin qamchi urub yoʻlda davom etdi. Kuchukvachchaning ovozi tinmasdi 100 qadamdan keyin ham 200 qadam keyin ham oxiri boʻlmadi ortiga qaytib bordi. Otdan tushmasdan miltiqda kuchukvachchani poyladi, koʻcha koʻyda katta itlardan talanib xor boʻlib oʻlgandan koʻra, azoblanmasdan oʻlsin deb hayolidan oʻtqazdi. Poylab turar ekan tepkini bosishga qoʻli bormadi, hayolini yigʻib otdan sakrab tushdida kuchukvachchani qoʻlida olib qaradi toʻrtala oyogʻida ham sirtloni bor edi, dumi ham tugʻma kalta kesilganga oʻxshardi lekin urgʻochi ekan Turdali beti burishdi. Qoʻliga oldida oʻtga chiqib uyiga qaytgunicha quchoqlab qoʻlida olib keldi. Uyiga kelgach oʻgʻillariga kuchukvachchani uzatdi va bu uchun bir oʻra tayyorlaylar dedi. Yigitlar hayron qoldi bir ovozda
-Qanaqa oʻra? Qishda kartoshka, sholgʻomlarni komganimizdakasimi? Yoki? -Ha, ha. Lekin undan kattaroq boʻlsin chuqurligi odam boʻyicha boʻlsin, kengligini 2 qadamga 1 qadam.
Otaning soʻzi doim qonun boʻlib kelganligi va savol javoblarsiz bajarilgani uchun tezda yigitlar bir birlariga savol aralash pichirlashib qoʻyxonasidan keyin otasi koʻrsat yerda belkuraklar bilan ishni boshlashdi. Oʻra tayyor boʻlar ekan Turdali bir soniyaga ham oʻgʻillarini tepasidan ketmadi hamma jimjit belkurakning ovozi va baʼzan baʼzan "bu yerini tekisla, bu yerga ur" degan Turdaling ovozidan tashqari. Naqt uch yarim soatlarda otasining yetadi degan ovozi yigitlarning joniga oro kirdi va belkuraklarini quchoqlab oʻra ichida oʻtirib qolishdi. Turdali qoʻlida bolta bilan chamasi yarim soatlarda paydo boʻldi. Chuqur ichida turgan Xasan va Xusan bir boltaga bir otasiga va bir birlariga tushunmaygina qarab "Naxot otam shu kichkina, bir hovuch jonliqni oʻldirsa" degan hayol boshlaridan oʻtardi. Otasi nima qilishlarini, deb soʻz boshlashini kutub ogʻziga termulib turgan aka-ukalar "Zovur boshidan shumtolning qalin shoxlaridan kesib keliylar degan" muloyim ovozdan biroz jim turgach ammalab otasi koʻmagida chuqurdan chiqib zovur boshida yugurib ketishdi. Yigitlar otasi nima qilmoqchi boʻlganini biroz tushungandek edilar. Yoshliklarida 3-4 yasharliklarida onasi aytib bergan bir kichik hikoyani eslashib bir biriga jilmaygancha daraxt ustiga chiqib ketishdi. Ular qaytrgunicha Turdali chuqur atroflarini tekislab qoʻydi. Yigitlar qaytishdi, charchab, terga botib qaytishdi. Otasi ularni besh soatdan beri terga botguncha ishlatishayotgan boʻlsada yigitlar nima uchun deb bir ogʻiz soʻrashmadi. Qalinligi yigitlarning bilagicha keladigan bahorda teri yumshab kurtak chiqargan shoxlarni terisi archishni Turdali endigina boshlagandi ham Xasan otasini qoʻlidan oʻroqni olib oʻzi ishga tushub ketti, Xusan akasiga tirjaygancha yordam berardi. Turdali shilingan xodalarni yerga panjara qilib toʻqib, tolning terisi bilan bogʻlab chuqurga qopqon yasashni boshladi. Shunda toʻrt soatdan beri tinmay ishlagan aka uka nimaga buncha harakat qilishayotganini sababini tushunishdi....
Kuchukvachcha ertalabgacha gʻinshib chiqdi. Bechora hali sutga ham toʻymagan ekan. Ertalab otda pastdagi qishloqdan Turdali yanhi sogʻilgan sut topib keldi, aksiga olib uydagi sigirlar ham sutdan qolgan katta ola sigirni esa kuni oz qolgandi. Sutni ichgach ancha jimim qoldi. Yigitlar yana chuqur yoniga kelib uning tagiga pichan toʻshashdi qopqogʻiga arqon bogʻlab bir uchiga suv va ovqat uchun idish bogʻlashdi. Chuqur qopqogʻining orasiga oyoq tushub ketmasligi uchun ingichka shoxshabbalardan yana qoʻshib bogʻlab qoʻyishdi. Onasidan ertakda eshitgan "qishloq haloskori" nomli it ulgʻaygan uychaning naqt oʻzi boʻldi. Aka uka juda ham hursand edilar. Oradan bir haftacha vaqt oʻtdi kuchukvachchaha olapar deb laqab ham qoʻyishdi, hoylida oʻzi oʻynab yuradigan boʻldi, kattakon itlardek huradigan boʻldi, tovuq xonani boshiga koʻtarib xoʻrozni tinmay quvadigan boʻldi. Goʻsht yeyishni boshlagan kunda Turdali uning quyonnika oʻxshagan uzun quloqlarini kesish kerakligini bollariga aytti Xasan va Xusan itni yaxshilab ushlab turar edi. Tirdali kichik bir idishda qozonning tagini qirib qorakuya olib keldi. Xasan itning ogʻzini ikki qoʻli bilan mahkam ushlab turardi. Xusan oyoqlarini ikki qoʻli bilan bosib turar edi. Qopqora faqat peshonasida oq qashqadi bor olapar nima boʻlayotganini bilmay jimm turar edi. Qopqora quloqlariga tezlik bilan yurgan soqol oladigan ustaraning pichiqlari qip-qizil boʻldi. Jonliq pitirchilay boshladi Turdali idishdan qora kuyani qon otilgan yerga separdi. Turdali-"Xasan, Xusan qoʻyib yubor uni " deb baqirdi. Olapar bor kuchi bilan baqirib, xovlidan uzoqqa boqqa qarab yugurub ketti, shu boʻyi ikki-uch kun xovliga yaqin kelmay xafa noʻlib yurdi. Uchunchi kuni Turdali uni ushlab quloqlarini tekshirdi, tez bitayotgan edi. Olaparni yerga qoʻymay Oʻgʻillarining mashaqqatli mehnati evaziga tayyor boʻlgan chuqurga tashladi qopqogʻini yopdi. Ustiga pichan tashladi....
Toʻrt kun davomida Olapar tinmay gʻingshib chiqdi. Berilgan ovqatni ham suvni ham ichmadi. Bir haftadan soʻng ancha ishtaxasi ochilib qoldi. Olapar quyosh nurini koʻrmasdan oʻsayotgan edi. Uyning eshigi ochigan ovozni eshitishi bilan hurub ovqat soʻrar edi. Xasan va Xusan har kuni yoqqa chiqib Olapar uchun nimadir ovlab qaytishar edi. Qish keldi Olaparni dadam eni ozodlikka chiqaradi deb oylashgan aka uka qattiq adashdi. Lekin uning tagiga yana pichan tashlashdi issiq boʻlishi uchun ustini qalin qamishlar bilan oʻrab tashlashdi faqat ovqat bergani kichik joy qoldirishdi. Qishda togʻdan deyarli hechnima ovlab boʻlmasdi Olapar esa ovqat soʻragani soʻragani Turdali qoʻraga tushub qari ozib qolgan qoʻyni qorga olib chiqdida darrov boyniga pichoq tortdi. Havoni qon hidi tutib ketti Olaparni qorni qip-qizil qilgan qon hidi aqldan ozdirayotgan edi. Turdali terisini shilib qoʻyni katta katta boʻlaklarga boʻldi. Olaparga 3 kunga yetdi bu qoʻy. Qishdan chiqish Nafaqat toʻgʻlik aholiga balki olaparga ham qiyin kechdi. Turdali qorda pastki qishloqqa tushub qassab xonalardan mol qoʻylarning ichak chavoqlarini arzimagan pulga olib kelib Olaparni boqardi. Olapar shunchalik oʻsgan ediki ikki oyogʻi bilan panjaraga tirmashib tikka turar edi. Odamning boshi tegmaydigan balandlikla oʻyolari bilan tirmashib turar edi.
Bahor .... Havo iliy boshladi. Qorlar edi. Qushlar chugʻirlashib qoldi. Olapar xanuzgacha ozodlik kunlarini kutardi. Xasan va Xusan erta bahorda ammasining uyi yaqinidahi adirlarda choponlik qilishardi. Bir kuni Xusan gʻazab bilan uyga qaytdi. Turdaliga naqt beshta boʻri birdaniga podaga tashlanganini, itlar hatto ularni keliahganini payqashmaganini va oldiga yaqin bora olishmaganini aytib berardi. Kamiga 15tacha qoʻyni bogʻizlab ketgan edi ular. Turdali oʻsha kun kelgani tushub yetti. Oʻgʻlini yegʻkasini qoqib Olapar tomonga imladi. Ota bola qalbida qandaydir hayajon bilan chuqur ogʻnizi ochar ekan. Ichkarida Olapar ularda kop hursand boʻlib hurar, dumini likillatardi qopqogʻni olib ulgurushmagandi hamki birdan odam boyidek keladigan chuqurdan otilib Olapar Xusanga yopishib ketti avvaliga Xusan qattiq qoʻrqdi lekin Olapar faqat u bilan oynardi. Kattaligi Xusannning belidan balandroq edi, boshi sigirni boshidek uzunchoq, oyoqlarining qalinligi Xusa nnikidan qolishmasdi, tirnoqlari sholi oʻradigan oʻroqning uchidek edi, koʻzlari sigirnikidek katta katta. Yarim soatcha Xusan bilan oʻynagan Olapar atroflarni iskab xovlini, uy atroflarini yugurub aylanib ketti eshikdan endi chiqmoqchi boʻlgan Turdalinging xotini bu bahaybat ayiqni koʻrib baqirib eshikni yoʻpti. Turdali oʻgʻliga qanday qilib i bu itni 30 km uzoqlikdagi Dongʻiz yoʻliga olib borishni maslahatlashib ketti, piyoda olib borish juda hafli edi sababi yoʻlda bironta itning yoki mushukka oʻxshagan narsani sasisini bilib qoʻlgudek boʻlsa ularni quvub netishi mumkin. Shundogʻam Turdalining uyida yashaydigan jimmittakkina mushukni quvub zovur boshigacha bordi, orqasidan ayiq quvgandek bechora prtiga qaramay qochdi, shomgacha daraxt tagida poylab ooʻtirdi Olapar axiri Xasan oʻzi borib Olaparni ham uydan tashqariga chiqqaniga ming afsus qilayotgan mushukni ham olib uyga qaytdi. Kech tushgach Olaparni bogʻlab qoʻymoqchi boʻlgan Xasan bu fikr notoʻgʻri ekanligini tushunib yetdi sababi odamning oyogʻodek baquvvat oyoqlarni va chogʻudek oʻtkir tishlarni ushlab qolish amri mahol edi. Kech tushdi Olaparga bitta qoʻyning orqa soni kechki ovqat vazifasi oʻtadi. Goʻshtni koʻtarib oʻzing chuquriga tushdi, chuqur olzi yopildi. Ertasi kuni Olaparni manzilga, Dongʻiz yoʻlida yetqazish yoʻli topildi. Bitta katta usti yopiladigan yuk mashinasi olib borishi rejalashtirildi yuk mashinasi tushga chaqirildi, erta tongdan tashqariga chiqishni hohlagan Olapar hurub, chuqur ogʻgʻzini tirnardi Xasan uni tashqariga chiqarib kichkina non boʻlagi bilan aldab zovur boʻyiga olib borib chomiltirdi, boshida suvga tushishni hohlamagan jonivor kn Xasan bilan birga qadrdon boʻlib ketti, ular vaqtini jogʻ oʻtqazishdi. Xasan ichidan Olaparga yaqin borishga qoʻrqsa ham lekin buni koʻrsatmaslikka harakat qildi. U zovurga oʻt 988ham bor edi. Nima boʻlgan taqdirda ham tunda podani dashtda qoldirmasdan haydab ketish kerak, tunda bitta oʻzi qari itlar bilan dashtda f havfli edi shunday qildi ammallab qoʻylarni pastga haydab shom aralash qorongʻuda yetib keldi. Yuk mashinasi mol yoki qoʻy ortaman deb kelib kutub Turdali bilan gaplashib turardi. Uzoqdan Xasan bir qora ayiq quvub kelayotganini koʻrgan yuk mshinasi egasi hayratdan qotib qolgandi. Turdali bir maromda gapida davom etardi toʻsatdan yuk mashinasi egasi mashina yugirib chiqib oldi va tinmay qoch deb baqirar edi. Turdali sekin kelib eshikni ochdi va haydovchini tinchlantirdi. Usti yopiq yukmashinasiga ota bola ammalab naqt sherdek kattalikdagi Olaparni chiqarishdi. Umrida biron martta yuk mashinasiga chiqib koʻrmagan va arqon nimaligini bilmagan Xasandan boshqasini tanimaydigan bu bahaybat yaratiqni nada boplab nada qamab boʻlardi. Bunday vaziyatlarda qaror tez qabul qilinadi: Xasan Olapar bilan yukxonada ketadigan boʻldi. 4 soatlik yoʻl davomida Olaparni gop quchoqlab, goh ustiga chiqib erkalab tinchlantirib kelardi. Haydovchi ham yoʻlda uchragan bironta chuqur bormi yoki nokis joymi birontasini behona qilmasdan Xasanning sabrini, Olaparni gʻazababini sinab kelardi. Turdali uyda xotini bilan qolgach hamma hayoli yukxonada ketdi. Eng vafodor itlar ham bazan joni ogʻrisa yoki asabi buzulsa egasini qayt jim tur degan gaplarini olmasligi mumkinligi hayoliga kelib tasbex qaytarib qoldi. Yuk mashinasining yoqimsiz ovozi va yoʻlning azobi tugab kun shomdan sal oʻtganda poda joylashgan yerga yetib kelishdi. Akasini kelgani koʻrgach Xusan Olaparni oxirgi martta bir xovuch ekanligini koʻrganink esladi. Mashina toʻxtadi lekin xaydovchi ikkilanibgina yukxonani ochdida tezda joyiga chiqib oldi. Olapar yukxonadan sakrab chiqdida hech kimga qaramasdan qir boʻylab yugura ketti. Uzoqdan oppoq itni koʻrgan chopon Xusan umri davomida koʻrmagan va eshitmagan mavjudodni koʻrib toshdek qotib qoldi. Xasan yuk xonadan tushar ekan ust boshi kir yuzlari, qoʻllari Olaparning soʻlaklari bilan xoʻl boʻlib ketgandi. Aka uka quruqqina soʻrashgandan keyin, Xusan darrov qirdagi boʻrilardan noliy ketti yoʻlda ularning izlarini yana koʻrganini, ovozlari tez tez eshitilib turgani hatto uzoqdan oq borini koʻrgani va osmonga oʻq uzub qoshirgani haqida koʻziga qon toʻlib gapirib berdi. Podadahi itlar hatto boʻrini hidi ham sezishmagan, bilsa ham jurʼat qila olmaganliklaridan battar noliy ketti Xusan. Olapar qirni 2 soatlarcha aylanib podachi itlar bilan ham oʻynab chayla oldiga, yaqin bormasdan faqat egasi, Xasan osha yerdami yoqmi qarab qoʻyardi itlar bilan poda oʻrtasiga kirib koʻzdan yoʻqoldi.
Tun..... Osmon yulduzlari bilan koʻzni qamashtiradi. Yoshlik paytlarida otasi ichib kelgan payt daladagi xosil qoʻriqlagani borganini eslab yotgan Turdali, oʻsha payt bitta oʻzi qorongʻudan qoʻrqmaslik uchun yulduzlarga laqab qoʻyib ular bilan gaplashib yotardi. Bugun ham kattakon hovlisida osmonga termulib yotarkan. Eski qadrdon yulduzlari bilan kipriklari bilan gaplashib yotardi. Oxirgi martta qachon shu holda yotganini eslashga urindi, eslay olmadi, Birdan osmonda yulduz uchdi esiga tushdi bir hovuch Olaparni topib olishidan bir kun oldin aynan huddi shunday yulduz uchgani va oʻsha payt kipriklari oʻxirgi martta yulduzlar bilan koʻrishgan edi.
Qir... Havo salqin... Yuzingga tekkan mayin shamol uyqingni olib qochadi. Osmon toʻla yulduz.... Podadagi qoʻylarning kovish qaytarishi va shamolning sekin uvullashi quloqqa alladek eshitiladi. Osmonga termulga aka-uka sekin uyquga ketarka osmonda bitta yulduz uchdi va itlar vovullashib ketti, qaysidir itni bogʻzidan nimadir bogʻgandek chiyillab qoldi. Xusan sapshob turub osmonga 2 3 martta oq uzdi. Oqning yorugʻida Olaparning oppoq banida qizil dogʻlar yaltirab koʻrindi. Qolgan itlarning ovozi ochmasdi. Olpar ogʻzida nimadirni koʻtarib poda ichida yoʻqoldi. Itlar ham tinchib qoldi. Erta sahar qoʻylarni togʻning etagiga haydash kerak ertalab oyoqni koʻmadigan oʻtlar ustidagi shudiringlar koʻzni qamashtiradi. Anashu shudiringlar ichida jonsiz, badanlari burdalanib tashlangan nechta choponlarning qargʻishi urgan boʻri qoniga belanib jonsiz yotardi. Ustida Olapar suyak topgandek hursadchilik bilan dumini likkillatar edi. Xasan hursadligidan baqirib yubordi, ovoziga ukasi shoshib qoldi, shodligidan itni boynida quchub oʻynab ketti lekin qahramonlik koʻrsatgan jonivorning bitta oyogʻi- orqa oyogʻi oqsardi. Borilar doim guruh boʻlib hujumga oʻtganliklari uchun hartarafdan tashlangan koʻrinishadi Olaparni yelkalarida oyoqlaridi shilinga tirnalga yoylar bor edi. Qichqiriq ovoziga yugurib kelgan Xusan itni ahvoli koʻrib 5 yasharlik qoʻyni bogʻziga shartta pichoq tordi dummasini issiqligida Olaparga berdi, bugʻ chiqib turgan qoʻyning goʻshtidan podachi qoʻlgan itlar ham edi . Xasan va Olapar pastda qoladigan boʻlishni, Xusan bitta oʻzi podachi itlari bilan yuqoriga ketti. Chaylada qoʻyning dummasini eritib issiq holida Olaparni jarohatlariga surtar ekan, it bir bir mayus ovoz chiqarib qoʻyardi. Xusan shu ketishda yuqorida 2 kun tunab qoldi va 3 kuni podani pastga qarab yeldirib keldi. Buncha vaqt qirda qolganining sababi qirda bironta bori izini koʻrmaganini akasiga xursandchilik bilan aytib bergan Xusan qirlarimizdan boʻrilar ketibdi, endi ular yoʻq, Olapar ularni dumini tugdi deb akasiga gapirar edi. Yuqorida togʻning etaklarida oʻtgan 3 kun mobaynida 3 kun uxlamadi lekin hech qanaqa borining oyoq izi tugul ovozini ham Xusan payqamadi. Boʻrilar qirni tashlab ketgan boʻlishi mumkin lekin ular judaa qasoskor jonivor va albatta ularni ketishi boʻldimi qaytishi ham boʻladi. Shu oʻtga uch kun Olapar ham oyoqqa turib, hech nimani koʻrmagandek boʻlib ketti. Uning yurishi viqorli edi, yugurishi shamoldan tez edi, uchar edi, bunday savlat oldin bu oʻlkada boʻlmagandi. Qirdan boʻrilarni izini oʻchirgan Boʻriquvarning dovrugʻi yaqin uzoqdagi qirdagi barcha choponlarga tarqaldi. Hamma aka-ukani endi ovchining oʻgʻllari emas Boriquvarlar deb atay boshlashdi. Qaysidir davrada ovchilik va yoki chopnchilik haqida gap ketsa albatta aka-uka boʻri quvarlarning iti, u qochirgan boʻrilarning holi gapning bosh mavzusiga aylanib ketadigan boʻldi.
Dongʻiz yoʻlida kunduzlari, kechalari yurish endi xafsiz boʻlib qoldi. Boʻrilar umuman koʻrinish bermay qoʻydi. Aka-ukalar 15 kundan beri yuqorida koʻchma chayla tikib podani boqib yotishibdi. Olapar ham bexavotir yelib-yugurib podani qoʻrib yuribdi. Quyoshning jaziramasida Xasan qoʻzilarni sunʼiy soyaga yigʻaman deb chodiridan chiqib odatdagidek atrofga durbini bilan qarab uzoq kuzatdi. Koʻzi choponsiz 7, 8ta qoʻyga tushdi, choponi yoʻq ekan bularni deb hayron qolib yaqinlashtirib qaradi, anchadan buyon boʻy koʻrsatmagan qir adirlarning eski egalari oʻz yerlariga qaytib mashvarat oʻtqazishayotgannini koʻrib eti jimirlab ketgan Xasan durbini yigʻishtirib chodiriga yugurib kirib ketti, ukasi bilan podani haydab ketishni ilojini qilishmoqchi boʻldi ammo yoʻq uzoqligi sabab qorongʻugacha yarim yoʻlga ham yeta olishmasdi. Endi bir kecha qanday boʻlmasin ochiq osmon ostida togʻning etagida ikkita chopon 4ta it va bir otar poda bilan boʻrilar toʻdasidan jon saqlash kerak edi. Boʻrilarning odati bor ular hech qachon yolgʻiz hujum qilmaydi, yolgʻiz ovga chiqmaydi. Shu sabab tayyorgarlikni yaxshi koʻrish kerak shom boʻlgach podani bir joyga yigʻishdi. Koʻz oyoqni koʻrmaydigan darajada boʻlganda uchta katta gulxan yoqishmoqchi boʻldi lekin na oʻtin va na kerosin bor edi bu qirlarda. Oshiqcha kiyimlarni oʻrtaga yigʻishib bitta gulhan yoqishdi. Hamma narsa boʻlajak jangga tayyor boʻldi. Qoʻsh otar ham oʻqlanib boʻrilarni poylab turardi. Sunʼiy gulhan ham tezda oʻchdi, aka ukada faqatgina bitta qoʻl fonar qoldi. Fonarning yogʻdusi sekin pasayar ekan uzoqdan boʻrilarning ovozi koʻtarila boshladi. Itlarning ham jagʻi tinmay qoldi, Olapar ham uzuq yuluq hurub qoʻyardi. Fonar oʻchdi koʻzlar tez orada qorongʻuda kunduzgidek koʻra boshladi. Poda ichidagi qoʻylar bamaylixotir kovish qaytarishardi..... Itlarning jagʻi bir soniyaga ham ochmadi. Aka-uka podani qoʻlda qoʻshotar bilan aylanib boʻrilarni koʻrishi bilan oʻq uzushga ahd qilib turishardi. Birdan qariya itining chiyillagan ovozi hamma yoqni tutib ketti. Xasan ovoz tomonga yugurdi, itning jon holdagi qichqirigʻi yanada balandlab borar edi. Xasan jon xolatda yugurib kelib fonarni yoqdi qarasa qatiyaning boshi orqasiga qeshayib boʻynidan qon tizillab otilardi, uning ustida Olapar koʻzida jandigʻi bor qonxoʻrni boʻynida tishlab turar edi.... Shu payt oq ovozi eshitilidi olapar ogʻzidagi oʻljasi bilan oʻsha tomonga yugurdi. Xasan bor ovoz ukaaaaa deb baqirgancha chopdi... Zulmatga ogʻriqli ovoz tarqadi. Xusanning bir qoʻlida miltiq ikkinchi qoʻli esa tirsagidan yoʻq holda yerda yotardi. Hayvonlar toda boʻlib tashlanga koʻrinadi shekilli Xusannning oldida podachilardan bittasi ham pitirchilab yotardi. Akaning jigariga kuyunib baqirgani oqning ovozidan koʻra quloqlarsa uzoq turdi, uka hali hayot edi, bir qoʻlsiz edi, chala jon edi.... Ukaning qoʻlini bogʻlar ekan Xasan tinmay hammasi yaxshi boʻladi, hammasi yaxshi boʻladi ukajon deb baqirar bir vaqtni oʻzida yigʻlar edi. Xusan oʻziga kelganda aka uning uchun battar yillar battar yana hammasi yaxshi boʻladi der edi. Olapar qattiq hurdi. Ikki chopon ham osha tomonga qarab qoldi. Uzoqdan Oppoq Olaparning yugurib ketayotgani koʻrinib turardi, gʻazab, achinish, jigatining hayoti haqidagi jalkash fikrlar bilan aka qoʻshotar bila oʻsha tomon yugurib ketti. Nima qilsa qiladi bitta boʻrini boshini qoʻlda koʻtarib qaytayotgani koʻz oldiga kelib chopib ketdi. Osmonga har 10 qadamda oq uzub oldinga oq sharpaning Olaparning izidan yugurib ketardi. Chamasi 150 daqamdan soʻng yerda yotgan boʻrining chala chon jasadiga qoqildi, hayvonninh peshonasini qoʻshotar opib oldi. U yana oʻrnidan turdi osmonga goh yerga qarab oq sharpani koʻzi ilgʻab ilgʻamay oldinha yugurardi. Yuz qadamalardan keyen ikkita jasad ustida aka tosh qotti, bu shunday his ediki buzoq onasiga tinnay intilib emdim deganda yoʻqotgani kabi, poloponni 21 kun bagʻriga bosib endi dunyoni koʻrdi degandan mushuk olib ketgani kabi bir gʻalati achinish, yurak ezilishidek his vujudi qamrab oldi. Osmonga ketma ket oqlar otar ekan osmon bagʻri teshilib yozning oʻrtasida yomgʻir quydi, qonxoʻrning jonsiz jasadi Olaparning gʻajilgan jussasi tagida yotardi, Olapar uzun uzun yigʻlardi..... Xasan bu soʻzlarni tushundi oʻq ovoziga momoqaldiroq sherik boʻldi.
Tong poda erkin hohlaganicha oʻtlab yuribdi. Tungi oʻqlar ovozini eshitgan boshqa choponlar Boʻriquvarning oldiga saharlab piyoda yugurib kelishibdi. Xusanni yelkalarida olib ketishdi. Xasanni qoʻlidan naqt yarim soat dshganda qoʻshotar olib qoʻyishidi uni ham pastga boshlab ketishdi. Shu tun ikkita podachi it, toʻrtta qonxoʻr va bitta Xasanning jondan yugani "Boʻri quvari" Olapar yoʻqoldi..... Xasan Olaparning bironta zuriyodi qolmadi, bunday jonvorlar faqat bir martta keladi deb koʻnglidan oʻtqazdi.


Download 36.14 Kb.
  1   2




Download 36.14 Kb.