Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism.O`qituvchi darsda foydalaniladigan dars jihozlarini tayyorlaydi, “A4” metodini o`tkazishga tayyorgarlik ko`radi.
2.Uy vazifalarini so`rash maqsadida quyidagi “A4”metodidan foydalanish tavsiya etiladi.Ushbu metod uchun savollar o`rtaga tashlanadi.
3.Yangi mavzuning bayoni. 4.Mustaxkamlash.O`quvchilar 3 guruhga bo`linadilar."Uchta to'g'ri,bitta noto'g'ri"metodi va "Xayoting uchun muxim" qiziqarli o'yinidan foydalanildi.
O`tilgan mavzu yuzasidan “A4 ”metoddan foydalaniladi .
A4 metodi
A4 metodida o’quvchilarga A4 formatdagi list guruxlarga beriladi o’quvchilar o’tilgan mavzuni eslarida qolgan ma’lumotni yozib ,orqasida o’tirgan o’quvchiga uzatadi, keyingi o’quvchi xam oldingi o’quvchini yozgan ma’lumotidan boshqa takrorlanmaydigan ma’lumotni yozishi kerak .Bu metod xar bir o’quvchini o’tilgan mavzu yuzasidan chuqur fikrlashga o’rgatadi.
Bu metodning afzalliklari shundan iboratki,o’quvchilar o’tgan galgi darsni takrorlashga majbur bo’lishadi,xotirani mustahkamlaydi, chaqqonlikni oshiradi. Eng asosiysi bu metodda kompuyuter ,svet ,electron doska, kabi anjomlar kerak bo’lmaydi.Bitta oq qog’oz va ruchka bo’lsa bo’lgani.bu metodda o’quvchilar marganesning kimyoviy elementlar davriy jadvaldagi o’rni.Atom tuzilishiga ko’ra tavsiflashdi .Qolaversa,marganes qanday xossaga ega ekanliklari haqida A4 formatdagi listga tezkorlik bilan yozib berishdi.Bu metodda xar bir o’quvchi
chuqur fikrlashga va o’ylashga xarakat qildi va eng birinchi ma'lumotlarni yozib kelgan gurux o'quvchilari rag'batlantirildi.
Mavzu yakunlandi va xulosa qilindi.
Yangi mavzu tushuntiriladi.
Temir xayot uchun zarur elementlardan biri.Qonda temir bo'ladi,qonning rangini belgilaydi. Shuningdek,uning asosiy xossasi kislorodni biriktirish va berishdir.Gemoglabin molekulasining tarkibiy qismi gem-kompleks birikma xam shunday xossaga ega.Eritmalardagi temirni aniqlash uchun kaliy rodanid KSCN ishlatiladi.U FeCl3 eritmasiga qo'shilsa,Fe(SCN)3 birikma xosil bo'lib eritmaqon qizil rangga o'tadi.Temir tutgan minerallar:Qizil temirtosh yoki gematit Fe2O3 va pirit FeS2 .
Temir urish qurollari uchun materialgina bo'lmay,tinchlik davri texnikasi uchun xam zarur metaldir.Olimlarning taxmini ko'ra,yer yadrosi temirdan tashkil topgan.Umuman temir yer yuzida eng ko'p tarqalgan elementlardan biri.Temir(lat.Ferrum)Mendeleyev davriy sistemasi VIII gruppasidagi tartib nomeri 26 atom massasi 55.847 ga teng bo'lgan elementdir.Temir d-metallar oilasiga kiradi.
Temir atomining elektron konfiguratsiyasi.
|