|
Birinchi laboratoriya mashg’ulot тexnika xavfsizligi qoidalari
|
Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 14,67 Kb. | | #106587 |
Bog'liq 1-lab. «Еlektr о‘lchashlar » bо‘yicha laboratoriya mashg‘ulotlarini о‘tkazishda texnika xavfsizligi qoidalari.
BIRINCHI lABORATORIYA MASHG’ULOT
ТEXNIKA XAVFSIZLIGI QOIDALARI
Laboratoriya ishlarini o’tkazishga mo’ljallangan uskunadagi elektr asboblar va qurilmalar ba'zi bir hollarda tok bilan jarohatlanish manbai bo’lishi mumkin. Bizga ma'lumki, insonning tanasi ma'lum darajada elektr o’tkazuvchanlik xususiyatiga ega. Uskuna va qurilmalarning ochiq tok o’tkazuvchan qismlariga inson tanasining a'zolari tegib qolsa, ular zanjir hosil qilib kuchlanish ta'sirida undan tok o’ta boshlaydi. Bu tok ta'siridan odam terisi yoki yurak va nafas yo’llari jarohatlanishi mumkin. Shu sababdan talabalar laboratoriya ishlarini bajarishda har doim quyidagi texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlari kerak:
1. O’lchash sxemalarini yig’ishdan oldin uskunadagi ulagichlar "o’chirilgan" holatda, potensiometr va avtotransformatorlarning surilgichlari chap chegaraviy holatda bo’lishi kerak. Sxemalar faqat energiya manbalari uzib qo’yilgan holda yig’ilishi lozim;
2. Sxemalarni yig’ishda quyidagilarga alohida e'tibor berish kerak: ulab-uzgich, ajratgich va boshqa qurilmalarning barcha ulangan joylari mustahkam va puxta bo’lishi kerak; sxemada tarang tortilgan yoki haddan tashqari uzun, shuningdek muhofaza qilingan joylari ochilib qolgan simlar bo’lmasligi kerak; qismlari mustahkam bo’lmagan o’lchov asboblardan foydalanishga yo’l qo’yilmaydi;
3. Yig’ilgan sxemani o’qituvchi tekshirib ko’rgandan keyin uning nazoratida manbaga ulashga ruxsat etiladi;
4. Manbaga ulangan sxemada ish olib borilayotganda uskunaning izolyasiyalanmagan qismiga tegish qat'iyan man etiladi;
5. Zanjir sxemasiga o’zgarishlar kiritish, uzilib ketgan simlarni qayta ulash va tajribani bajarishdagi boshqa o’zgarishlar faqat zanjir manbadan uzilgan vaqtdagina bajarilishi lozim;
6. Tajriba joyini tashlab ketish va manbaga ulangan sxemani nazoratsiz qoldirish mumkin emas. Tajriba tugaganda, tanaffusga chiqqanda yoki biror sabab bilan ish joyidan ketishga to’g’ri kelib qolganda, laboratoriya uskunasi albatta manbadan uzib qo’yilishi lozim;
7. Boshqa laboratoriya uskunalardagi ulagich, o’chirgich, ajratgich va boshqa asboblarni o’qituvchining ruxsatisiz ishlatish mumkin emas;
8. Laboratoriya uskunalarida ishlay olmaslik sabablari paydo bo’lganda yoki avariya holati yuz berganda, ya'ni asboblardan birining ishdan chiqishi, izolyasiyani kuygan hidi, asboblar, reostatlar va boshqa qurilmalarning shikastlanganligi sezilganda talabalar darhol sxemani manbadan uzishlari va bu holat haqida o’qituvchi yoki laborantga bildirishlari kerak;
9. Kutilmaganda biror kimsani tok urgan taqdirda laboratoriya uskunasini darhol manbadan uzib, elektr tokidan shikastlangan insonga birinchi tez yordam ko’rsatish lozim.
Texnika xavfsizligi haqidagi ko’rsatma bilan tanishtirish vazifasi o’qituvchi zimmasida bo’lib, har bir talaba yuqorida bayon etilgan qoidalarni o’zlashtirganligi haqida maxsus jurnalga imzo qo’yishi kerak.
4. TOPShIRIQ
1. Т exnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishing.
Mustaqil tayyorlanish uchun savollar.
|
| |