• Singanda, bo‘g‘imlar chiqqanda, рауlаг cho‘zilganda birinchi yordam ko‘rsatish
  • Zaharlanganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish




    Download 223,5 Kb.
    bet2/4
    Sana06.02.2024
    Hajmi223,5 Kb.
    #151971
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish

    Zaharlanganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish
    Zaharli kimyoviy moddalar kishi organizmiga nafas olish уo‘llari, teri va og‘iz orqali ta’sir etishi mumkin. Zaharlanishning tashqi belgilari kimyoviy moddalarning zaharlilik xususiyatiga bog‘liq. Кo‘pincha zaharlanishda oshqozon og‘rishi, qayd qilish muskullarini ixtiyorsiz qisqarishi, bosh og‘rig‘i, umumiy kamdarmonlilik, hushidan ketish kаbi holatlar kuzatiladi.
    Zaharlanganda birinchi navbatda zaharli moddalar ta’sirini bartaraf etish, jarohatlangan shaxsni siqib turgan kiyimlarini yechish, toza havoga olib chiqish va shifokorga xabar berish lozim.
    Agar zaharli modda og‘iz orqali oshqozonga tushgan bo‘lsa, kaliy permanganat («margansovka»)ning iliq suvdagi kuchsiz eritmasidan bir necha stakan ichirish va qayd qildirish (2–3 marta) kerak. Yoki 1–2 osh qoshiq suyuq magneziyni bir stakan suvga solib ichirish kerak. Qorinda qattiq og‘riq bo‘lsa isitgich («grеlkа») qo‘yish lozim.
    Agar zaharli modda teriga tushsa, uni yumshoq material bilan artib tozalab, suv bilan yuvib, ichimlik sodasining 2% li eritmasi yordamida ishlov berish kerak.
    Zaharli gazlar, masalan, uglerod oksidi, atsetilen, benzin bug‘i va boshqalar kishi organizmiga nafas olish уo‘llari orqali ta’sir etsa, bosh og‘rig‘i, quloqda shovqin, bosh aylanishi, qayd qilish, ko‘ngil aynishi, nafas olish og‘irlashishi, ko‘z qorachig‘i kengayishi, hushdan ketish hollari yuz berishi mumkin. Bunday vaqtlarda zaharlangan kishini toza havoga olib chiqib, kislorodli yostiqdan kislorod berish kеrak. Nafas olishi sezilmaganda esa sun’iy nafas berish zarur. Zaharlangan shaxsda kuchli уo‘tal kuzatilsa, novshadil spirt hidlatish, ichimlik sodasi qo‘shilgan sut, achchiq shirin choy yoki nafas berish, agar iloji bo‘lsa, ko‘krakka («gоrchichnik») qo‘yish kerak.
    Agar zaharli modda ko‘zga tushsa bir stakan suvga bir choy qoshiq soda solib ko‘zni yuvish lozim.
    Singanda, bo‘g‘imlar chiqqanda, рауlаг cho‘zilganda birinchi yordam ko‘rsatish
    Sinish, chiqish yoki рау cho‘zilishi singan joyning notabiiy holda egilishi, bug‘imning shishishi va og‘riq paydo bo‘lishi orqali bilinadi. Bunday hollarda birinchi navbatda shikastlangan kishiga tinchlik berish va shikastlangan joyga sovuqlik bosish kerak.
    Singan yoki chiqqan qo‘l-oyoqlarga taxtakach faner yoki karton qo‘yib bog‘lash tavsiya etiladi. Taxtakach qo‘yishda uning bir uchi tos suyagidan yuqori bo‘lishi, ikkinchi uchi esa oyoq tovunida bo‘lishi kerak (6.1- chizma).
    Qovurg‘а suyagi singanda yotalganda, nafas olganda va hara- katlanganda og‘riq paydo bo‘ladi. Bunday vaqtda ko‘krak nafas chiqarish vaqtida bint bilan qattiq qilib bog‘lab qo‘yiladi.
    Lat yegan joyga sovuqlik qo‘yib keyin artish, yod surtish yoki is-siq kompress qo‘yish taqiqlanadi. Chunki bular og‘riqni kuchaytiradi. Pay cho‘zilganda ham lat yeganidagidek yordamlar ko‘rsatiladi.


    Download 223,5 Kb.
    1   2   3   4




    Download 223,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zaharlanganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish

    Download 223,5 Kb.