• Windows+chap strelka yoki Windows+o‘ng strelka: oynalarni yopishtirish
  • Ctrl+Esc: Boshlash menyusini ochish
  • F5: Yangilash Ushbu tugma sahifani yangilaydi – File Explorer yoki veb-brauzerdan foydalanganda sahifani yangilash uchun F5 tugmasi bosiladi. Windows+L: Ekranni bloklash
  • Windows+I: Sozlanmalar panelini ochish
  • Bit = Binary Digit (eng kichik) Bit = Bayt




    Download 23,26 Kb.
    bet2/7
    Sana05.12.2023
    Hajmi23,26 Kb.
    #111424
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    1 Bit

    Alt+F4: Ilovani yopish
    Albatta, bu kombinatsiya ko‘pchilikla ma’lum. Ushbu buyruq orqali joriy ilovani yopish mumkin.
    Windows navigatsiya kombinatsiyalari
    Windows+D: Ish stolini ko‘rsatish yoki yashirish
    Ushbu klaviatura kombinatsiyasi barcha ochiq oynalarni minimallashtiradi hamda ekranning bosh sahifasiga olib boradi. Agar siz ish stolingizda bir qator fayllar va yorliqlarni saqlasangiz, Win+D bir necha daqiqada ularga kirish imkonini beradi.
    Windows+chap strelka yoki Windows+o‘ng strelka: oynalarni yopishtirish
    Bu amal ikkita oynani yonma-yon solishtirish imkonini beradi va kompyuter ish stolini tartibli saqlaydi.
    Windows+Tab: Vazifa oynasini ochish
    Alt+Tab kabi bu kombinatsiya ham ilovadan ilovaga o‘tish imkonini beradi, lekin unda ekrandagi barcha ochiq dasturlarning eskizlari ko‘rsatiladi.
    Ctrl+Esc: Boshlash menyusini ochish
    Agar siz Windows tugmachasi bo‘lmagan klaviaturadan foydalansangiz, ushbu kombinatsiya Boshlash menyusini ochadi. Windows tugmasining o‘zi ham xuddi shu vazifani bajaradi.
    Boshqa kombinatsiyalar
    F2: nomni o‘zgartirish
    Faylni belgilang va unga yangi nom berish uchun F2 tugmasini bosing. Bu buyruq matnni boshqa dasturlarda ham tahrirlash imkonini beradi — masalan, Microsoft Excel dasturida F2 tugmasinini bosing va siz kursordagi katak tarkibini tahrirlashingiz mumkin bo‘ladi.
    F5: Yangilash
    Ushbu tugma sahifani yangilaydi – File Explorer yoki veb-brauzerdan foydalanganda sahifani yangilash uchun F5 tugmasi bosiladi.
    Windows+L: Ekranni bloklash
    Ushbu tugmalar bosilganda tizim bloklanadi va uni o‘zingiz qo‘ygan parol bilan ochishingiz mumkin.
    Windows+I: Sozlanmalar panelini ochish
    Tezkorlik bilan sozlanmalar panelini ochmoqchi bo‘lsangiz, ushbu tugmalarni bosing. Windows+A esa harakatlar markazi paneli ochadi. U yerda so‘nggi bildirishnomalarni ko‘rishingiz mumkin.
    Windows+S: Qidirish
    Windows vazifalar panelida Cortana assistentini tekshirish yoki ilovalar va saqlangan fayllarni saralash imkonini beruvchi qulay qidiruv maydoni mavjud. Ushbu klaviatura kombinatsiyasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qidiruv paneliga o‘ting, so‘ngra qidiruv so‘zni kiriting.

    Download 23,26 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 23,26 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bit = Binary Digit (eng kichik) Bit = Bayt

    Download 23,26 Kb.