|
Bitiruv malaka ishi boblari va paragraflari
|
bet | 9/19 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 1,18 Mb. | | #159839 |
Bog'liq 22-GURUH OZODBEKWTX g‘ilofi.
komponentlar joylatirilgan. Eng zamonaviy tizimli platalar quyidagi komponentlardan tashkil topgan:
Ba’zi bir tizimli platalar o‘z tarkibiga plata ichida joylashtirilgan (integratsiyalashgan) audio- va videoadapterlarni, tarmoq va SCSIinterfeysni, AMR (Audio Modem Riser) va CNR (Communications and Networking Riser) razyomlarni oladi.
2-BOB TIZIMLI PLATANI O‘RNATISH USULLARI
2.1. TIZIMLI PLATANI O‘RNATISH
Tizimli plataning standarti (form-faktori) uning o‘lchamini, tashqi qurilmalarni ulash uchun mo‘ljallangan chiqishlarning holati va mahkamlash teshiklarining joylashishini belgilaydi. Plataning aniq modeli va formatiga qarab teshiklar soni 6 tadan 12 tagacha bo‘lishi mumkin. Ularning platadagi holati qat’iy qayd qilingan. 8-rasmda
8-rasm. Tizim platalarining standart mahkamlash nuqtalari.
T izimli plata
Tizimli plataOlti qirrali baland shayba
9-rasm. Platani olti qirrali 10-rasm. Platani plastmassali baland metall shayba yordamida moslama yordamida mahkamlash. mahkamlash.
tizimli plataning uchta standarti uchun mahkamlash nuqtalarining sxematik rejasi ko‘rsatilgan.
Tizimli plata yig‘ish shassisiga uning yuzasidan taxminan 5 mm balandlikda mahkamlanadi. Metall vtulkalar yoki plastmassali moslamalar plata bilan g‘ilof o‘rtasidagi oraliqni ta’minlaydi. Platani unga o‘rnatilayotgan qurilmalarning og‘irligidan vujudga keladigan o‘zgarishni kamaytirish uchun maksimal mumkin bo‘lgan nuqtalarga mahkamlash kerak.
Plata g‘ilofga shassi bilan birga o‘rnatiladi. Agar protsessor elektr ta’minoti bloki yonida joylashgan bo‘lsa, platani qiyalatib kirgizish kerak. Plata kerakli holatni egallagandan keyin ichiga o‘rnatilgan (integratsiyalashgan) quril malar uchun razyomlar g‘ilofning orqa tarafidagi teshiklarga mos keladi. Shun dan keyin shassini vintlar yordamida mahkamlash mumkin.
Tizimli platani mahkamlash uchun olti qirrali baland metall shaybadan (9-rasm) va plastmassali moslamadan foydalaniladi Metall moslamalar asosan tizimli platani kompyuter g‘ilo fining yerga ulanishini ta’minlaydigan B va C nuqtalarda mahkamlash uchun ishlatiladi. Qolgan nuqtalar uchun plastmassali moslamalar ishlatiladi. Agar konstruksiyaning mahk amligini oshirish kerak bo‘lsa, plastmassa moslama va olti qirrali baland metall shaybadan foydalanadilar.
|
| |