Bitiruv malakaviy ishi mavzu




Download 0,54 Mb.
bet11/13
Sana24.05.2024
Hajmi0,54 Mb.
#252752
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Nizomjon Viruslar va ularning turlari

2.3. Antivirus dasturlar.
Viruslarni aniqlovchi va ulardan himoya qiluvchi dasturlar. Viruslarni aniqlash, ularni yo’qotish va ulardan himoyalanish uchun bir necha xil maxsus dasturlar yaratilgan. Bunday dasturlar antivirus dasturlar deb ataladi. Antivirus dasturlarning quyidagi turlari mavjud.
- detektor dasturlar
- doktor dasturlar
- tekshiruvchi(revieor) dasturlar
- tozalovchi (filtr) dasturlar
- Kasallangan fayllardan vaqtincha foydalanishni ta’minlovchi (vaktsina) dasturlar
Detektor dasturlar kompyuter xotirasidan, fayllardan viruslarni qidiradi va aniqlangan viruslar haqida xabar beradi.
Doktor dasturlari nafaqat virus bilan kasallangan fayllarni topadi, balki ularni davolab dastlabki holatiga qaytaradi. Bunday dasturlarga Aidstest, Doctor Web, Kashperskiy dasturlarini misol qilib keltirish mumkin. YAngi viruslarning tuxtovsiz paydo bo’lib turishini hisobga olib, doktor dasturlarni ham yangi versiyalari bilan almashtirib turish lozim.
Filtr dasturlar kompyuter ishlash jarayonida viruslarga xos bo’lgan shubhali harakatlarni topish uchun ishlatiladi. Bu harakatlar quyidagicha bo’lishi mumkin:
- fayllarning atributlarining o’zgarishi;
- disklarga doimiy adreslarda ma’lumotlarni yozish;
- diskning ishga yuklovchi sektorlariga ma’lumotlarni yozib yuborish.
Tekshiruvchi (revizor) dasturlari eng ishonchli virusdan himoyalanish vositasi bo’lib, kompyuter kasallanmagan holatidagi dasturlar, kataloglar va diskning sistema maydoni holatini xotirada saqlab doimiy ravishda yoki foydalanuvchi ixtiyori bilan kompyuterning joriy va boshlangich holatlarini bir-biri bilan solishtiradi. Bu dasturga ADINF, Kashperskiy dasturini misol qilib keltirish mumkin.
Kompyuterni viruslar bilan kasallanishidan va axborotlarni ishonchli saqlashini ta’minlash uchun quyidagi qoidalarga amal qilish lozim.
- kompyuterni zamonaviy antivirus dasturlar bilan ta’minlash;
- disketalarni ishlatishdan oldin har doim tekshirish;
- qimmatli axborotlarni hap doim arxiv fayl ko’rinishida disketalarda saqlash.


Download 0,54 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 0,54 Mb.