II-BOB Kompyuterga xizmat qiluvchi programmalar




Download 0,54 Mb.
bet9/13
Sana24.05.2024
Hajmi0,54 Mb.
#252752
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Nizomjon Viruslar va ularning turlari

II-BOB Kompyuterga xizmat qiluvchi programmalar
2.1. Arxivga olish dasturlari
. Kompyuterda amaliy dasturlar bilan ishlash jarayonida, faqatgina bu dasturlarni boshqarishni bilish bilan cheklanib qolmaslik lozim. Kompyuterdagi haqiqiy holat va undagi amaliy ishlar foydalanuvchidan yanada chuqurroq bilim talab etadi, ya’ni axborotlarning bir butunligani saqlay bilish, ularni har xil kutilmagan harakatlardan himoya qilish, kompyuterdagi ruy beradigan buzilishlardan saqlash, virus tarqatuvchi dasturlar ta’siridan va foydalanuvchi o’zining yo’l qo’yadigan xatolaridan saqlay bilishi lozim.
Arxivga olish dasturlari. Eng keng tarqalgan servis dasturlardan biri bu fayllarni, fayllar guruhini siqib yozish, qadoqlab yozish yoki arxivga olish uchun mo’ljallangan dasturlardir. Ma’lumotlarni siqish- bu faylda saqlanayotgan axborotlarning qayta tartiblanish jarayoni bo’lib, unda axborotning hajmi kichrayib, saqlanishi uchun diskdan kam joy talab etadi. Arxiv fayl sifatida bir yoki bir necha fayllarni siqilgan ko’rinishda yozish mumkin.
Arxiv fayl - bu maxsus tarzda tashkil etilgan fayl bo’lib, o’zida bir yoki bir necha fayllarning siqilgan variantini hamda ularning qaysi vaqt, sanada yozilganligi va hajmi haqida ma’lumotni saqlaydi.
Axborotlarni siqib yozishdan maqsad ularning diskda ixcham joylashishini axborotlarning kompyuter tarmoqlari orqali uzatilish vaqtini va bahosini kamaytirishni ta’minlaщdir. Bundan tashqari fayllar guruhini bir faylga qadoqlash, arxivlash axborotlarni bir kompyuterdan ikkinchisiga uzatishni, saqlashni engillashtiradi va sarflanadigan vaqtni qisqartiradi. SHu bilan birgalikda ma’lumotlarni har xil ruxsatsiz foydalanishlardan va turli viruslardan himoya qiladi.
Fayllarning siqilish darajasi K koeffitsient bilan xarakterlanadi va vo siqilgan fayl hajmining Vi siqilmoqchi bo’lgan fayl hajmiga nisbatan foizdagi ifodasi orqali aniqlanadi. K= Vo •100%/Vi
Siqilish darajasi siqish uchun ishlatilayotgan dasturga, chiqish metodiga va siqilayotgan fayl turiga bog’liqdir. Arxivga oluvchi yoki siqib yozuvchi dasturlar ishlatayotgan siqish metodlari bilan farqlanadi va o’z-o’zidan siqilish darajasiga ta’sir etadi.
Arxivga olish (upakovka - qadoqlash) - fayllarni siqilgan yoki normal holatda arxiv faylga joylashdir.
Arxivdan chiqarish (raspakovka- qadoqni ochish) - bu arxivga olingan fayllarni boshlangich holatiga qanday bo’lsa shunday arxivdan chiqarish jarayonidir. Arxivdan chiqarishda fayllar yo’l ko’rsatilgan bo’lsa diskga yoki tezkor xotiraga joylashadi.
Fayllarni arxivga oluvchi va undan chiqaruvchi dasturlarni arxivator dasturlar deb ataladi. Hajmi jihatidan katta bo’lgan arxiv fayllarni bir necha disklarga joylashtirish mumkin. Bunday arxivlar ko’p tomli arxivlar deb ataladi. Tom - bu ko’p tomli arxiv fayllarning tashkil etuvchi qismidir.
Arxivator dasturlarning asosiy turlari. Hozirgi kunda ish ulchamlari va vazifalari bilan farqlanuvchi bir necha xil arxivator fayllar mavjud. Ular ichidan eng ko’p ishlatiladigan dasturlar bilan tanishib o’tamiz. ARJ, PKPAK, LHA, ICE, HYPER, ZIP, RAK, EXPAND va Rossiyada yaratilgan AIN, RAR dasturlari.
Odatda fayllarni arxivga olish va undan chiqarish bitta dastur orqali amalga oshiriladi. Lekin ayrim hollarda arxivga olish bir dastur orqali, arxivdan chiqarish esa boshqa bir dastur orqali amalga oshiriladi. Masalan: PKZIP dasturi fayllarni arxivga olsa, PKUNZIP dasturi esa xuddi shu fayllarni arxivdan chiqaradi.
SHunday arxivator fayllar mavjudki, ular yaratgan arxiv fayllar o’zlarini o’zlari arxiv fayldan chiqaradi. Bunday fayllar o’zini o’zi arxivdan chiqaruvchi faylar deb ataladi. O’zini o’zi arxivdan chiqaruvchi fayllar MS DOS sistemasida *.exe kengaytma fayl ko’rinishida saqlanadi. Arxivator dasturlar ichidan EXPAND arxivator dasturi MS DOS va WINDOWS muhitlarida fayllarni arxivga olish va chiqarish uchun ishlatiladi.



Download 0,54 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 0,54 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II-BOB Kompyuterga xizmat qiluvchi programmalar

Download 0,54 Mb.