• AMALIYOTCHI UCHUN ESLATMA
  • Amaliyotchi portfoliosini oʻz vaqtida yuritib, kunlik davomatdan o‘tib borishi shart.
  • Bitiruvchi 3-4-kurslarga Amaliyotchi-talabaning malakaviy pedagogik amaliyot davrida amaliyot dasturida




    Download 37.5 Kb.
    Sana26.05.2023
    Hajmi37.5 Kb.
    #65141
    Bog'liq
    Bitiruvchi 3-4-kurslar MPA hisobot talabi. (2)



    I. Amaliyotchi-talaba tomonidan malakaviy pedagogik amaliyot yakunida OTMga topshiradigan hujjatlar roʻyxati
    (bitiruvchi 3-4-kurslarga)
    1. Amaliyotchi-talabaning malakaviy pedagogik amaliyot davrida amaliyot dasturida belgilangan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha amaliyotda bajarilgan ishlarining jamlanmasida quyidagilar bo‘lishi zarur (dastur boʻyicha):
    - amaliyotga biriktirilgan ta’lim muassasi bilan tanishuv (tahliliy ma’lumot va rasm ilova qilingan holda);
    - amaliyotga biriktirilgan ta’lim muassasi ichki-tartib qoidalari bilan tanishganligi (tahliliy ma’lumot va ichki-tartib qoidalar ilova qilingan holda);
    - malakaviy pedagogik amaliyot kundaligi (to‘ldirilgan holatda);
    - amaliyot davrida kuzatilgan darslarni rasmiylashtirib borilganligi. (Tahlil daftari).
    - malakaviy pedagogik amaliyot davomida o‘quv-me’yoriy hujjatlari tanishganligi (direktor, direktor o‘rinbosarlari, metod birlashma rahbari me’yoriy hujjatlari, mutaxassislik fani rejasi, dars jadvali, jurnali va o‘quvchilarni baholash mezonlari tahlili);
    - amaliyot davomida mutaxassisligi bo‘yicha kamida 8 ta dars o‘tilganligi va o‘tilgan darslar hujjatlari ilova qilinadi;
    - amaliyot davomida 1 ta ochiq dars o‘tganligi (ochiq darsning barcha hujjatlari va foto lavhalari ilova qilinadi);
    - amaliyotda o‘ziga biriktirilgan sinf (guruh) bilan olib borilgan ishlari (Biriktirilgan sinf hujjatlaridan ma’lumotlar ilova qilinadi);
    - sinf rahbari sifatida olib borilgan ishlari.
    - sinfdan tashqari ishlarni tashkil etilishi va oʻtkazilishidagi ishtiroki (fan to‘garaklari, fanga oid turli tadbirlar va h.k);
    - malakaviy pedagogik amaliyot davomida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etilishidagi ishtiroki. (Tadbirlardan bayonnoma va foto lavhalar ilova qilinadi).
    2. Amaliyot o‘tagan ta’lim muassasidan tavsiyanoma.
    3. Amaliyot boʻyicha xulosa va takliflar
    4. Amaliyot yakuni bo‘yicha hisobot tayyorlashi;
    5. Amaliyot bo‘yicha yuqorida belgilangan barcha topshiriqlar ijrosi bo‘yicha Yig‘ma jild (papka) shakllantirishi.
    6. Amaliyot yakunlari bo‘yicha hisobot taqdimotini tayyorlash.

    *Yuqoridagi keltirilgan talablardan tashqari ma’lumotlar ham yig‘ma jildda keltirishi mumkin va hujjatlar har bir talaba kesimida tegishli kafedra a’zolari ishtirokida prezentatsiya shaklida topshiriladi.
    AMALIYOTCHI UCHUN ESLATMA
    Pedagogika oliy oʻquv yurtlari talabalarining malakaviy pedagogik amaliyoti ta’lim-tarbiya jarayonining izchil davomi boʻlib, bakalavriat bosqichida olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash, egallangan bilim, koʻnikma va malakalarni ta’lim muassasalari ta’lim-tarbiya jarayonida qoʻllash imkonini beradi.
    Malakaviy pedagogik amaliyot talabalarning umumpedagogik, metodik va ixtisoslik fanlaridan olgan nazariy bilim, koʻnikma va malakalariga asoslanadi.
    Malakaviy pedagogik amaliyot davomida amaliyotchi-talaba:

    • Ta’lim muassasasi fan oʻqituvchilarining darslarini kuzatishi va tahlil qilishi hamda oʻquv-me’yoriy, ma’naviy-ma’rifiy hujjatlari bilan tanishishi;

    • Tegishli fan boʻyicha taqvim-mavzuiy rejani tuzishi;

    • Mavzular boʻyicha ilmiy va metodik adabiyotlarni oʻrganishi;

    • Mutaxassisligi boʻyicha dars oʻtishi;

    • Oʻquv jarayonini tashkil etishda pedagogik va axborot kommunikatsion hamda internet tizimidan samarali foydalanishi;

    • Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishi va oʻtkazishi;

    • Sinf rahbari sifatida ish olib borishi;

    • Amaliyotchi portfoliosini oʻz vaqtida yuritib, kunlik davomatdan o‘tib borishi shart.

    • Amaliyotchi talabaning faoliyati amaliyot yakunida universitet va qabul qiluvchi muassasa rahbari tomonidan oʻrnatilgan tartibda baholanadi.

    Kundalik daftarni yuritish tartibi:
    a) kundalik daftarda bajariladigan ishlar mazmuni aniq, qisqa, uzviylikda toʻldiriladi, xulosa va takliflar yoziladi;
    b) kundalik daftar universitet va qabul qiluvchi muassasa rahbari tomonidan nazorat qilib boriladi.
    Download 37.5 Kb.




    Download 37.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bitiruvchi 3-4-kurslarga Amaliyotchi-talabaning malakaviy pedagogik amaliyot davrida amaliyot dasturida

    Download 37.5 Kb.